|
Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Наманган вилояти ўрта махсус, касб-ҳунар таълими бошқармаси
|
bet | 7/28 | Sana | 11.02.2024 | Hajmi | 3,57 Mb. | | #154570 |
Bog'liq Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги НамFloppy Disk Access Control (R/W)
Floppy Disk Access Control (R/W) funksiyasi “BIOS Features SETUP” menyusida bo‘lishi va disketaga o‘qish/yozish imkoniyatini aniqlab berishi mumkin. «Read only» kabi opsiyani qo‘shish axborotni ruxsatsiz undan nusxa ko‘chirishdan himoya qiladi. Ba’zi BIOS lar parametrlarining belgilari sifatida oddiy “Enabled” va “Disabled” parametrlarga ega bo‘ladi. Bu parametrlar axborotni disketaga yozishga imkon beradi, aks holda esa disketani faqat o‘qish mumkin bo‘ladi.
Xatolar haqida quydagi xabarlar paydo bo‘lishi mumkin:
Floppy CNTRLR ERROR OR NO CNTRLR PRESENT
Egiluvchan disklar nazoratchi (kontrollyori)ni initsiallashtirish imkoni yo‘q. «BIOS Setup»da ko‘rsatilgan bo‘yicha nazoratni o‘rnatilishi va disk yurituvchining parametrlarini tekshirish lozim.
FLOPPY DISK (s) fail
Nazoratchini, floppy–disk yurituvchini o‘zini topish yoki initsiallash mumkin emas.
Bunday holda bundan oldingi amallarning to‘g‘ri bajarilganini tekshirib ko‘rish lozim.
O‘rnatish to‘g‘ri amalga oshirilganida disk yurituvchi o‘z vazifalarini aniq belgilab olishi kerak.
4.7-rasm.
Agarda siz CD-ROM va disketa disk yurituvchilarini to‘gri o‘rnatsangiz, ularni ikkalasi ham “Мой компьютер” katalogida aks etadi.
4- bobga doir nazorat savollari.
1. Disk vа diskеtalаrning fаrqi nimаlаrdаn ibоrаt?
2. Diskovodlаr nimа uchun kеrаk?
3. Diskovodlаrning qаndаy turlаri mаvjud?
4.Floppy va CD-ROM nimаni аnglаtаdi?
5. Diskovodlаrni o’rnаtish uchun nimаlаr qilish kеrаk?
5. Qattiq disk(IDE)ni o‘rnatish
5.1. Qattiq diskni o‘rnatish
Kompyuterga qattiq diskni o‘rnatish uchun quyidagi ishlarni bajarish kerak:
to‘plovchi (накопитель)ni sozlash;
nazoratchi (kontrollyor)ni yoki interfeys uskunasini sozlash;
to‘plovchini kompyuterning korpusiga o‘rnatish;
tizimni to‘liq sozlash;
diskni mantiqan taqsimlash;
yuqori darajadagi formatlashni bajarish.
Qattiq diskni o‘rnatishga kirishishdan avval kompyuter to‘plovchisining, nazoratchisining yoki BIOS tizimli asosiy adapterlarining va boshqa uskunalarining hujjatlarini o‘rganib chiqish lozim. Kompyuterga nimadir xarid qilinganida, undan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma, uskunaning tavsifnomasi bor-yo‘qligini tekshirib ko‘rish kerak. Odatda, ko‘pchilik ehtiyot qismlar va uskunalar uchun ularga ilova qilinadigan yo‘riqnoma va tavsifnomalarning o‘zi yetarli bo‘ladi. Lekin kompyuterga professional xizmat ko‘rsatish uchun kompyuterning hamma tarkibiy qismlariga tegishli hujjatlarga to‘liq ega bo‘lish kerak. Hujjatlar to‘liq bo‘lmagan hollarda ishlab chiqaruvchi firmaga bevosita murojaat qilib, unga mahsulotning to‘liq texnik tavsifnomasini buyurtma qilish zarur.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Наманган вилояти ўрта махсус, касб-ҳунар таълими бошқармаси
|