Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги наманган давлат университети




Download 56,07 Kb.
Sana07.04.2020
Hajmi56,07 Kb.
#10210

ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ

ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ
НАМАНГАН ДАВЛАТ УНИВЕРСИТЕТИ







“Тасдиклайман”







Укув ишлари буйича проректор







____________ Д.Дехканов







“____” __________2019-йил



ЕНГИЛ АТЛЕТИКА НАЗАРИЯСИ ВА МЕТОДИКАСИ
FANI BO‘YICHA

ISHCHI  O‘QUV DASTURI

2019-2020 o‘quv yili kunduzgi ta’lim shakli, 2-kurslari uchun



Билим соҳаси:

100000 – гуманитар соха

Таълим соҳаси:

140000 – педагогика

Бакалавр йўналиши:

5112000 – Жисмоний маданият


НАМАНГАН – 2019

Fanning ishchi o‘quv dasturi NamDU Kengashining 2019 yil __ _________dagi __ son majlis bayoni bilan tasdiqlangan muvaqqat dasturiga muvofiq ishlab chiqildi.




Tuzuvchilar:


Назимов А

Turayev V.B



-

-


Jismoniy tarbiya va sport fanlarini o‘qitish kafedrasi катта o‘qituvchisi.

Jismoniy tarbiya va sport fanlarini o‘qitish kafedrasi stajyor o‘qituvchisi.


Fanning ishchi o‘quv dasturi Jismoniy tarbiya va sport fanlarini o‘qitish kafedrasining 2019 yil “__” __________dagi “__”-son yig‘ilishida muhokamadan o‘tgan va fakultet kengashida ko’rib chiqish uchun tavsiya etilgan.


Kafedra mudiri: A.Xojimirzayev


Fanning ishchi o‘quv dasturi Boshlang‘ich ta’lim va Jismoniy madaniyat fakultetining 2019 yil __ __________dagi __-sonli kengashida ko‘rib chiqilgan va foydalanishga tavsiya etilgan.

Fakultet kengashi raisi: I.Xolmirzayev
Kelishildi:

O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i: Z.Muminov




1. Kirish

Ushbu ishchi dastur jismoniy tarbiya darslarida yengil atletika kelib chiqish tarixi, rivojlanish bosqichlari, turkumlari, tasnifi, yengil atletik mashqlarning taxlili, ularni tashkil qilish va o’tkazish metodlari hamda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish masalalarini qamraydi.



1.1. Fanning maqsadi va vazifalari.

Fanni o’qitishdan maqsad: talabalarda yengil atletika fani bo’yicha milliy sportchilarimiz, ular bajarib kelayotgan sport turini tiklash, bolalarni vatanparvarlik ruxida tarbiyalash, hayotning turli jabhalarida yengil atletika vositalaridan samarali foydalanib o’qitish va barkamol avlodni tarbiyalashga mos bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirishdir. Yengil atletikaning rivojlanish tarixi xaqida ma’lumot berish, talabalarni yengil atletika texnikasi va taktikasi bilan tanishtirish, ularni yengil atletika bo’yicha musobaqalar o’tkazishda xakamlik qilishga oid amaliy ko’nikma va malakalar bilan qurollantirishdan iborat.

Fanning vazifasi: Maqsadga erishish quyidagi vazifalarni hal etishni ko’zda tutadi.

Talabalarda yengil atletika va uni o’qitish metodikasi fanini o’tkazish bo’lajak mutaxasislarga yengil atletika mashg’ulotlarini tashkil qilish, mashqlarni taxlil qilish, yengil atletik mashqlarni bolalarning yoshiga mos holda tanlash, jismoniy sifatlarni rivojlantirish va yengil atletika mashg’ulotini o’tkazishga o’rgatishdan iborat. SHuningdek;

- talabalarni yengil atletika va uni o’qitish metodikasi fanining maqsad va vazifalari bilan tanishtirish.

- yengil atletikada qo’llanadigan turli usullar bilan amaliy tanishtirish.

- xakamlik qilish malakalarini shakllantirish.

- musobaqalar o’tkazish usullarini va nizomlarini tuzishga o’rgatish.

1.2. Fanni o’zlashtirishga qo’yiladigan talablar.

«Engil atletika va uni o’qitish metodikasi» o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:

- Yengil atletikaning qisqacha tarixi, turkumlari, davrlari, pedagogik axamiyati.

- Yengil atletika tushunchasini aniqlash.

- Yengil atletika tasnifi (klassifikastiyasi).

- Yengil atletikani taxlil qilish.

- Yengil atletikani tashkil qilish va o’tkazish bilimlarga ega bo’lish kerak.

Ko’nikma – talabalar yengil atletika fanidan o’yinlarin tashkil qilish va o’tkazish jismoniy mashqlar hatti harakatlarini bajarishni amalga oshirish ko’nikmasiga ega bo’lishi kerak.

Malaka – yengil atletikani tashkil qilish va o’tkazish: tayyorgarlik ko’rish. Mashqlarni tanlash va tashkil etish. Mashg’ulot jarayoniga raxbarlik qilish. Yengil atletikada yuklamani boshqarish. Mashg’ulotni yakunlash va uni natijalarini aniqlash hamda avtomatizim shakliga keltirish malakasiga ega bo’lishi kerak.

1.3. Fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligi.

Engil atletika va uni o’qitish metodikasi fani asosiy maxsus fan hisoblanib 4-6 semestrlarda o’qitiladi. Dasturni amalga oshirish o’quv rejasida rejalashtirilgan umumiy psixologiya, umumiy pedagogika, o’qituvchi nutq madaniyati, jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi, sport tibbiyoti-DJM va JT gigienasi, jismoniy mashqlar fiziologiyasi va biomexanikasi, gimnastika va uni o’qitish metodikasi, sport va harakatli o’yinlar va uni o’qitish metodikasi, jismoniy madaniyat tarixi va boshqarish, suzish va uni o’qitish metodikasi, sport psixologiyasi kabi fanlardan etarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlikni talab etadi.



1.4. Fanning jismoniy tarbiya va sport sohasidagi o’rni

Jismoniy tarbiya va sport jahon siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri, yengil atletika esa Olimpiya o’yinlari dasturidagi eng ko’p shoda medallar uchun kurash olib boriladigan butun jahonda ommaviy sport turi hisoblanadi. Turli xalqaro musobaqalarda O’zbekiston yengil atletikachilari shoxsupada yuqori o’rinlarni davlatimizni xorijiy mamlakatlarda shon-shuxratini yanada oshirilmoqda.

Yengil atletika sport turi barcha ta'lim muassasalarining jismoniy tarbiya dasturiga aloxida bo’lim sifatida kiritilgan. Shug’ullanuvchilarning jinsi, yoshi, jismoniy, organik darajasi, irsiy imkoniyatlari va funktsional xolatlarini inobatga olgan holda mashg’ulotlarni rejalashtirish, o’tkazish va yuklamalarni me'yoriy kelayotgan davlatimiz vorislari yosh avlodni sog’ligini mustahkamlab yuqori sport natijalariga erishishiga zamin yaratish uchun respublikamiz ish sport tashkilotlarida mavjud bo’lgan yengil atletika bo’limlariga yuqori malakali murabbiylar kerak bo’ladi. Shuning uchun "Yengil atletika" faniga alohida talablar q’yiladi.

1.5. Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar

Talabalarning "Yengil atletika" fanini o’zlashtirishlari uchun o’qitishning ilg’or va zamonaviy usullaridan foydalanish, zamonaviy axborot va innovatsion pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muxum ahamiyatga egadir. Fanni uzlashtirishda darslik o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma'ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, vertual stendlardan foydalaniladi.



Shaxsga yo`naltirilgan ta'lim. bu ta'lim o`z mohiyatiga ko`ra ta'lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to`laqonli rivojlanishlarini ko`zda tutadi. Bu esa ta'limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma'lum bir ta'lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog`liq o`qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshilishini nazarda tutadi.

Tizimli yondoshuv. Ta'lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o`zida mujassam etmog`i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo`g`inlarini o`zaro bog`langanligi, yaxlitligi.

Faoliyatga yo`naltirilgan yondoshuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta'lim oluvchining faoliyatni faollashtirish va intensivlashtirish, o`quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo`naltirilgan ta'limni ifodalaydi.

Dialogik yondoshuv. Bu yondoshguv o`quv munosabatlarini yaratishga zaruriyatingi bildiradi. Uning natijasida shaxsning o`z-o`zini faollashtirishi va o`z-o`zini ko`rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.

Hamkorlikdagi ta'limni tashkil etish. Demokratik, tenglik, ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchi faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e'tiborni qaratish zarurligini bildiradi.

Muammoli ta'lim. ta'lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta'lim oluvchi faoliyatini faollashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni ob'eektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini dialektik mushohadani shakllantirih va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo`llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta'minlanadi.

Axborot taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo`llash-yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini o`quv jarayoniga qo`llash.

O`qitishning usulari va texnikasi. Ma'ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash), muammoli ta'lim, keys-stadi, pinbord, amaliy ishlar.

O`qitishning tashkil etish shakllari: dialog, muloqot hamkorlik va o`zaro o`rganishga asoslangan frontal, kollektiv va guruh..

O`qitishning vositalari: o`qitishning an'anaviy shakllari (darslik, ma'ruza matni bilan bir qatorda – kompyuter va axborot texnologiyalari.

Kommunikatsiya usullari: tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan bevosita o`zaro munosabatlar.

Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blits-so`rov. Oraliq- va joriy va yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o`qitish diagnostikasi.

Boshqarish usullari va vositalari: o`quv mashg`uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologiya karta ko`rinishidagi o`quv mashg`ulotlarini rejalashtirish, qo`yilgan maqsadga erishishda o`qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg`ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati.

Monitorng va baholash: o`quv mashg`ulotida ham butun kurs davomida ham o`qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test topshiriqlari yoki yozma ish variantlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi.

«Yengil atletika» fanini o`qitish jarayonida kompyuter texnologiyasidan va Internet tarmog`idagi rasmiy ko`rsatkichlardan foydalaniladi, tarqatma materiallar tayyorlanadi, test tizimi hamda tayanch so`z va iboralar asosida oraliq va yakuniy nazoratlar o`tkaziladi.



2. Asosiy qism.




Mashg’ulot turi

Jami soat

Semestrlarga ajratilgan soat

4-semestr

1

Nazariy (ma’ruza)

12

12

2

Amaliy

76

76

3

Seminar

14

14

4

Mustaqil ta’lim

30

90

5

Kurs ishi (loyihasi)

-

-




Jami

132

132


2.1. Nazariy mashg’ulotlarning mavzulari va ularga ajratilgan soat.





Mashg’ulot mavzulari

Ajratilgan soat




4-semestr




1


Engil atletikani mashg’ulotlarida qo’llaniladigan metodlarni o’rgatish

Ta’lim muassasalarida Engil atletika mashg’uotlarini tashkil qilish va o’tkazish



4


2

Engil atletika sport turi bo’yicha inshootlarni jihozlash va ularni ishlatish.

4

3

Engil atletika sport turi bo’yicha musobaqalarni tashkil qilish va o’tkazish, musobaqalardagi hujjatlar va hakamlik ishlari

4




Jami

12


2.2. Семинар mashg’ulotlarning mavzulari va ularga ajratilgan soat.





Mashg’ulot mavzulari

Ajratilgan soat




4-semestr




1


Engil atletikani mashg’ulotlarida qo’llaniladigan metodlarni o’rgatish

Ta’lim muassasalarida Engil atletika mashg’uotlarini tashkil qilish va o’tkazish



4


2

Engil atletika sport turi bo’yicha inshootlarni jihozlash va ularni ishlatish.

4

3

Engil atletika sport turi bo’yicha musobaqalarni tashkil qilish va o’tkazish, musobaqalardagi hujjatlar va hakamlik ishlari

4

4

Engil atletika sport turi bo’yicha musobaqalardagi hujjatlar va hakamlik ishlari

2




Jami

14

2.3. Amaliy mashg’ulotlarning mavzulari va ularga ajratilgan soat.




Mashg’ulot mavzulari

ajratilgan soat




4-semestr




1

Yugurish va URM (umum rivojlantiruvchi mashqlar)

6

2

Sportcha yurish texnikasi

6

3

Start va startdan kiyingi tezlanish texnikasi

6

4

Qisqa masofaga yugurish

6

5

200-400 metrga yugurish texnikasini takomillashtirish

6

6

Sakrash mashqlari

6

7

O’rgatish va takomillashtirish metodlari

6

8

Hakamlik qoidalari

6

9

Uloqtirish mashqlari

8

10

Umumiy jismoniy tayyorgarlik

6

11

Kross tayyorgarligi

8

12

Estafetali yugurish

6




Jami

76


3. Kurs ishi (loyihasi) tarkibi va ularga qo’yiladigan talablar.
Mazkur fan bo’yicha kurs ishlari ta’lim yo’nalishining o’quv ishchi rejasida rejalashtirilgan bo’lib, 3 bosqich 5 semestrda talabalar tomonidan bajariladi.
3.1. Kurs ishlarini bajarilishiga qo’yilgan talablar.
1. Kurs ishini yozish uchun kamida 10-12 ta adabiyotlarni ko’rib va o’rganib chiqish lozim. Kurs ishining mazmuni zamonaviy talablarga javob berishi va tadqiqot ishlar yo’nalishida bo’lishi kerak. Talablar o’z tanlagan Mavzular bo’yicha adabiyotlarni mustaqil tanlashi zarur.

2. O’z kurs ishi, tadqiqot materiallari yetakchi o’qituvchilarning ballarini umumlashtirishni (pedagogik amaliyat davrida to’plangan materiallar) yoziladigan kurs ishlari o’z ichiga qamrab olishlari kerak.

3. Jismoniy rivojlanish va jismoniy tayyorgarlik darajasini tavsifida yoshi, jinsi taxminan bir xil bo’lishi kerak. Sinovda ishtirok etuvchilarni soni 20 tadan kam bo’lmasligi kerak. Tadqiqotda ishtirok etuvchilar unga jiddiy va ijobiy qarab yordam berishlari lozim. Tadqiqot o’tkazishda ishtrokchilar yoshi, tayyorgarligi va sharoitlar bir xil bo’lishi kerak.

4. O’quvchilarni xayotiy faoliyati har xil bo’lgani uchun, ularni jismoniy rivojlanishini va jismoniy tayyorgarligini taxminan har doim kun davomida bir xil vaqtda olish kerak. Ularning kiyimlari ham, ya'ni sport formada bo’lishi lozim. Mashqlarni bajarish usullari ham bir xil bo’lishi lozim jismoniy rivojlanish va tayyorgarlik materiallarini olish vaqtining oralig’i bir oydan oshmasligi kerak.

5. Jismoniy tarbiya darsini tavsiflovchi o’qituvchining tajribasini yoki maktab bo’yicha olib boriladigan o’rganish o’lchamlari 20 ta dan kam bo’lmasligi kerak, shunda olingan materiallarni umumlashtirish ishonarli bo’ladi.

6. Kurs ishlari kompyutorga (pechat qilingan) kiritilgan bo’lishi kerak yoki chiroyli, tushunarli qilib varaqning bir tamoniga yozilgan holda bo’lishi ham mumkin. Kurs ishining xajmi 25-30 bet, qo’l yozmada 35-40 betdan iborat.

7. Kurs ishini pechat chop etishda standart varaqlardan (210-300 mm) foydalanib o’ng tomondan 1 sm, chap tomondan 3 sm, yuqoridan 2 sm, pastdan 2 sm dan bo’sh joy qoldiriladi.

8. Kurs ishi yozilishida quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak: har bir bo’lim raqamlari yunon shifrda yoziladi; qo’llanadigan atamalar aniq bo’lishi kerak; kam uchraydigan atamalarga izox berish lozim; kurs ishining mazmuni qo’llanilayotgan atamalarga va to’zulishiga mos bo’lishi kerak.

9. Adabiyotlardan foydalanib mualliflar fikrini yozilishida hurmat- izzat bilan qarab qovus ichida familyasi, ismi, sharifi yozilib, so’ng kitobni chop etilgan yili, shaxri, nashriyoti ko’rsatiladi. Prezident I.A. Karimov mashhur omillar va so’zlari (sitata) yozilishida hamma vergul, vergul-nuqta, nuqtalar aniq yozilishi kerak.

10. Kurs ishida keltirilgan rasmlar bo’yoq bilan chizilgan bo’lishi kerak, rasmlar ketma-ketligi raqamlar orqali belgilanadi.

11. Kurs ishi foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati bilan yakunlanadi. Albatta ko’rsatilgan ro’yxatdagi adabiyotlar kurs ishining mazmunida o’rin egallagan bo’lishi kerak. Foydalanmagan adabiyotlar: kitoblar, maqolalar va boshqalar adabiyotlar ro’yxatiga kiritilishi mumkin emas.

12. Kurs ishining bezatilishi: Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika Universiteti, kafedra nomi, kurs ishining mavzusi, muallifning ismi, sharifi, familiyasi, ta’lim yo’nalishi, ilmiy rahbarning familiyasi ismi, sharifi, ilmiy daraja. Varaqani oxirida kurs ishini bajargan yili bo’lishi kerak.


4. Mustaqil ta’limning topshiriqlari bo’yicha tavsiyalar.

Mustaqil ta’lim mavzusi talabalar mustaqil o’rganadigan ma’ruza, amaliy (seminar yoki lobaratoriya) mavzularidan iborat bo’ladi. Mustaqil ta’lim talabalarning nazariy bilimlarini mustaxkamlashga, mavzularni tushunish qobiliyatini maksimal darajada rivojlanishga, umumiy dunyo qarashini kengaytirishga yordam beradi. Mustaqil ta’lim jarayonida talaba mustaqil ishlarni o’qituvchi ko’rsatmasiga binoan bajaradilar (referat tayyorlash, konspektlar tayyorlash, mavzu yuzasidan bukletlar, al’bomlar tayyorlash, maketlar chizish va uni tayyorlash internet materiallarini mustaqil tayyorlab kelish)


4.1 Мустакил иш мавзулари

  • Engil atletikani rivojlanishi tarixi.

  • Engil atletika turlari.

  • Sportcha yurish , yugurish texnika asoslari.

  • Yugurib kelib uzunlikka sakrash texnika asoslari.

  • Yugurish va URM (umum rivojlantiruvchi mashqlar).

  • Cportcha yurish texnikasi.

  • Umumiy jismoniy tayyorgarlik.

  • Yengil atletika turlari.

  • Shug’ullantirish va o’rgatish asoslari o’rgatish uslublari, darsni o’qitish va

takomillashtirish metodlari, hakamlik qoidalari.

  • Uloqtirish texnikasini urgatish uslubyoti.

Xakamlik qoidalari.
5. Fanni o’qitish jarayonini tashkil etish va o’tkazish bo’yicha tavsiyalar.
Fanni o’qitishdagi yangi texnologiyalar yengil atletika va uni o’qitish metodikasi fani kursida plakatlardan, tarqatma materiallardan, har hil jadvallardan, ko’rgazmali qurollardan hamda yangi pedagogik texnologiya metodlaridan Fanni o’qitishdagi yangi texnologiyalar “Klaster”, “Bumerang”, “Elpig’ich”, “Agarda men” metodlaridan, foydalaniladi. Talabalarning mustaqil ishlar, hisoblash-chizma ishlaridan va masalalar yechish texnologiyalari olib boriladi.
6. Didaktik vositalar.
1. Jihozlar va uskunalar, moslamalar: yengil atletika turlari bo’yicha stadion maketlari, sport turlari bo’yicha maydon va stadion chizmalari, turli xil yengil atletika mashq elementlari aks ettirilgan plakatlar, elektron doska –Hitachi, LCD monitor, elektron ko’rsatkich.

2. Video audio uskunalar: video, audiomagnitofon, ovoz kuchaytirgich.

3. Kompьyuter va mulьtimediali vositalar: kompьyuter, Dell tipidagi proektor, DVD- diskovod, Web- kamera, video – ko’z (glazok).
8. «Yengil atlatika» fanidan talabalar bilimini reyting asosida baxolash mezoni

«Ye ngil atletika» fani bo`yicha reyting jadvallari, nazorat turi, shakli, soni hamda har bir nazoratga ajratilgan maksimal ball, shuningdek, joriy va oraliq nazoratlarining saralash ballari haqidagi ma'lumotlar fan bo`yicha birinchi mashg`ulotda talabalarga e'lon qilinadi.

Fan bo`yicha talabalarning bilim saviyasi va o`zlashtirish darajasining Davlat ta'lim standartlariga muvofiqligini ta'minlash uchun quyidagi nazorat turlari o`tkaziladi:


  • joriy nazorat (JN) - talabaning fan mavzulari bo`yicha bilim va amaliy ko`nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Joriy nazorat fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda amaliy mashg`ulotlarda og`zaki so`rov, test o`tkazish, suhbat, nazorat ishi, kollekvium, uy vazifalarini tekshirish vash u kabi boshqa shakllarda o`tkazilishi mumkin;

  • oraliq nazorat (ON) – semestr davomida o`quv dasturining tegishli (fanlarning bir necha mavzularini o`z iichga olgan) bo`limi tugallangandan keyin talabaning nazariy bilim va amaliy ko`nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq nazorat bir semestrda ikki marta o`tkaziladi va shakli (yozma, og`zaki, test va hokazo) o`quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi;

  • yakuniy nazorat (YaN) –semestr yakunida muayyan fan bo`yicha nazariy bilim va amaliy ko`nikmalarna talabalar tomonidan o`zlashtirish darajasini baholash usuli. Yakuniy nazorat asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangant (Yozma ish) shaklida o`tkaziladi.

ON o`tkazish jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokida muntazam ravishda o`rganib boriladi va uni o`tkazish tartiblari buzilgan hollarda, ON natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda ON qayta o`tkaziladi.

Oliy ta'lim muassasasi rahbarining buyrug`i bilan ichki nazorat va menitoring bo`limi rahbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida YaNni o`tkazish jarayoni muntazam ravishda o`rganib boriladi va uni o`tkazish tartiblari buzilgan hollarda, YaN natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda YaN qayta o`tkaziladi.

Talabaning bilim saviyasi, ko`nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi asosida talabaning fan bo`yicha o`zlashtirish darajasi ballar orqali ifodalanadi.

«Yengil atletika» fani bo`yicha talabalarning semestr davomidagi o`zlashtirish ko`rsatkichi 100 ballik tizimda baholanadi.

Ushbu 100 ball baholash turlari bo`yicha quyidagicha taqsimlanadi:

YaN-30 ball, qolgan 70 ball esa JN-40 ball va ON-30 ball qilib taqsimlanadi.


Ball

Baho

Talabalarning bilim darajasi

86-100

A'lo

Xulosa va qaror qabul qilish. Ijodiy fikrlay olish. Mustaqil mushohada yurita olish. Olgan bilimlarini amalda qo`llay olish. Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish. Tasavvurgga ega bo`lish.

71-85

Yaxshi

Mustaqil mushohada qilish. Olgan bilimlarini amalda qo`llay olish. Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish. Tasavvurgga ega bo`lish.

55-70

Qoniqarli

Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish. Tasavvurga ega bo`lish.

0-54

Qoniqarsiz

Aniq tasavvurga ega bo`lmaslik, bilmaslik.




  • Fan bo`yicha saralash bali 55 ballni tashkil etadi. Talabaning saralash balidan past bo`gan o`zlashtirishi reyting daftarchasida qayd etilmaydi.

  • Talabalarning o`quv fani bo`yicha mustaqil ishi joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar jarayonida tegishli topshiriqlarni bajarishi va unga ajratilgan ballardan kelib chiqqan holda baholanadi.

  • Talabaning fan bo`yicha reytingi quyidagicha aniqlanadi: R = V●O’ ,

100

bu yerda: B-semestrda fanga ajratilgan umumiy o`quv yuklamasi (soatlarda); O`-fan bo`yicha o`zlashtirish darajasi (ballarda).



  • Fan bo`yicha joriy va oraliq nazoratlarga ajratilgan umumiy ballning 55 foizi saralash ball hisoblanib, ushbu foizdan kam ball to`plagan talaba yakuniy nazoratga kiritilmaydi.

  • Joriy JN va oraliq ON turlari bo`yicha 55 ball va undan yuqori ballni to`plagan talaba fanni o`zlashtirgan deb hisoblanib va ushbu fan bo`yicha yakuniy nazoratga kirmasligiga yo`l qo`yiladi.

  • Talabaning semestr davomida fan bo`yicha to`plagan umumiy bali har bir nazorat turidan belgilangan qoidalarga muvofiq to`plagan ballari yig`indisiga teng.

  • ON va YaN turlari kalendar tematik rejaga muvofiq dekanat tomonidan tuzilgan reyting nazorat jadvallari asosida o`tkaziladi. YaN semestrning oxirgi 2 haftasi mobaynida o`tkaziladi.

  • JN va ON nazoratlarda saralash balidan kam ball to`plagan va uzrli sabablarga ko`ra nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun, navbatdagi shu nazorat turigacha, so`nggi joriy va oraliq nazoratlar uchun esa yakuniy nazoratgacha bo`lgan muddat beriladi.

  • Talabaning semestrda JN va ON turlari bo`yicha to`plagan ballari ushbu nazorat turlari umumiy balining 55 foizidan kam bo`lsa yoki semestr yakuniy joriy, oraliq va yakuniy nazorat turlari bo`yicha to`plagan ballari yig`indisi 55 balldan kam bo`lsa, u akademik qarzdor deb hisoblanadi.

  • Talaba nazorat natijalaridan norozi bo`lsa, fan bo`yicha nazorat turi natijalariga e'lon qilingan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida fakultet dekaniga ariza bilan murojaat etishi mumkin. Bunday holda fakultet dekanining taqdimnomasiga ko`ra rektor buyrug`i bilan 3 (uch) a'zodan kam bo`lmagan tarkibda apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.

  • Apellyatsiya kmissiyasi talabalarning arizalarini ko`rib chiqib, shu kunning o`zida xulosasini bildiradi.

  • Baholashning o`rnatilgan talablar asosida belgilangan muddatlarda o`tkazilishi hamda rasmiylashtirilishi fakultet dekani, kafedra mudiri, o`quv-uslubiy boshqarma hamda ichki nazorat va monitoring bo`limi tomonidan nazorat qilinadi.


Talabalar ON dan to’playdigan ballarining mezonlari




Ko’rsatkichlar

Oraliq nazorat ballari

Maks

1-ON

1

Darslarga qatnashganlik darajasi. Ma'ruza darslaridagi faolligi, konspekt daftarlarini yuritilishi va to’liqligi

10

10

2

Talabalar mustaqil ta'lim topshiriqlarini o`z vaqtida sifatli bajarishi va o`zlashtirish

5

5

3

Yozma nazorat ishi va boshqa nazorat turlari bo’yicha

15

15




Jami ON ballari

30

0-30


Talabalar JN dan to’playdigan ballarining mezonlari



Ko’rsatkichlar

Joriy nazorat ballari

Maks

1-JN

2-JN

3-JN

1

Darslarga qatnashganlik va o’zlashtirish darajasi. Amaliy, seminar va laboratoriya mashg’ulotlaridagi faolligi, amaliy, seminar va laboratoriya daftarlarini yuritilishi va xolati

15

0-5

0-5

0-5

2

Talabalar mustaqil ta'lim topshiriqlarini o`z vaqtida sifatli bajarishi va o`zlashtirish

5

-

0-3

0-2

3

Og’zaki savol-javoblar, kollokvium va boshqa nazorat turlari bo’yicha

20

0-5

0-7

0-8




Jami JN ballari

40

0-10

0-15

0-15

Mustaqil ta'lim topshiriqlarini o’z vaqtida sifatli bajarilishi. Mavzular bo’yicha uy vazifalarini bajarilish va o’zlashtirish darajasi. TMI hajmi va sifatiga qarab 2,5 dan 5 ballgacha berilishi mumkin (topshiriqlar to`liq va sifatli, ijodiy tarzda bajarilgan –4,5- 5 ball, sifatli va me`yor talablari darajasida –3,75- 4,25 ball, o`rta darajada –2,75 –3,5 ball).


Talabalar YaN dan to’playdigan ballarining mezonlari

Yakuniy nazorat “Yozma ish” usulida belgilangan bo’lib, quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi.






Ko’rsatkichlar

Yakuniy nazorat ballari

Maks

O’zgarish oralig’i

1

Fan bo’yicha yozma ish nazorati o’tkazish

30

3x10=30




Jami YaN ballari

30

0-30


Yakuniy nazoratda “Yozma ish” natijalarini baxolash mezoni

Yakuniy nazorat “Yozma ish” usulida amalga oshirilganda, har bir nazariy savolga javob bo’ladi, talaba to’g’ri javobni yozishi kerak. Nazariy savollar fan bo’yicha barcha mavzularni o’z ichiga qamrab olgan. Talaba yozma ishdan maksimal har bir savol 10 ball hisoblanib umumiy 30 ball to’plashi mumkin.


9. O’quv-uslubiy adabiyotlar va elektron ta’lim resurslari ro’yxati
9. 1. Asosiy darsliklar va o’quv qo’llanmalar

1. Inozemsteva L.A. Yengil atletika va uni o’qitish metodikasi O’quv qo’llanma TDPU 2008 y Elektron versiya

2. Maxkamdjanov K.M. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi T, 2008 y. Elektron versiya.

3. Inozemsteva L.A. Legkaya atletika i metodika prepodavaniya: Ma’ruza matin. Toshkent, 2001 g.

4. Inozemsteva L.A. Nurmatov F. Legkaya atletika i metodika prepodavaniya: Ma’ruza matin. Toshkent, 2001 g.

5. Normurodov A.N. Yengil atletika O’quv qo’llanma Toshkent 2002y

6. Niyozov I Yengil atletika O’quv qo’llanma O’z.Dav JTI 2005y
9.2. Qo’shimcha adabiyotlar

1. Smirnova L.S., Usmanov X.A, Azizov S. V., Tojimirzaev G.S. “Sportivno – pedagogicheskoe sovershenstvovanie po legkoy atletike”, (metodicheskaya razrabotka). Namangan, 1991 g.

2. Sinyakina O.F. “Trenirovka v bege na 400 metrov s barьerami” (Metodicheskoe ukazanie). Toshkent, 2005 g.

3. Tulenova X.B., Malinina N.N., Inozemsteva L.A., “Umumrivojlantiruvchi mashqlarni (URM) o’rgatish metodikasi”. o’quv qo’llanma Toshkent, 2005 g.


9.3. Elektron ta’lim resurslari

  1. www. tdpu. uz

  2. www. pedagog. uz

  3. www. Ziyonet. uz

  4. www. edu. uz

  5. tdpu INTRANET. uz

Download 56,07 Kb.




Download 56,07 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги наманган давлат университети

Download 56,07 Kb.