• URGANCH 2023 – yil 5.4 a- shakl MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI ma’lumotnoma
  • Attestatsiya ishi tartib raqami _______________ I. TAQDIMNOMA
  • II. TAQDIM ETILAYOTGAN SHAXS HAQIDA ASOSIY MA’LUMOTLAR
  • Ўзбeкистон рeспубликаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги




    Download 168,5 Kb.
    bet1/4
    Sana11.12.2023
    Hajmi168,5 Kb.
    #116179
      1   2   3   4
    Bog'liq
    5.4 а шакл Авезов Н.11


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKЕNT
    AXBOROT TЕXNOLOGIYALARI UNIVЕRSITЕTI
    URGANCH FILIALI


    AVEZOV NODIRBEK EGAMBERGONOVICHning
    dotsent” ilmiy unvoni uchun taqdim etgan
    ATTESTATSIYA ISHI


    H U J J A T L A R I

    URGANCH 2023 – yil

    5.4 a- shakl


    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
    ma’lumotnoma
    AVEZOV NODIRBEK EGAMBERGONOVICHga
    02.00.17 - Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari ixtisosligi bo‘yicha “dotsent” ilmiy unvonini berish haqida.


    Attestatsiya ishi tartib raqami _______________
    I. TAQDIMNOMA
    Texnika fanlari nomzodi Avezov Nodirbek Egambergonovich Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali “Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasbiy ta’lim” fakulteti dekani (2019 yil Buyruq № 158и), 2020 yil 22 dekabrdan TATU UF Kompyuter injiniringi fakulteti maʼnaviy va maʼrifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda (Buyruq № 204и 22.12.2020 y.).
    Shuningdek, 2022 yil 16 sentyabrdan hozirgi kungacha “Raqamli ta’lim texnologiyalari” kafedrasida 0.25 stavka dotsent lavozimida (buyruq №106P 16.09.2022), 2023 yil 05 sentyabrdan “Raqamli ta’lim texnologiyalari” kafedrasida 0.5 stavka dotsent lavozimida (buyruq №72P, 04.09.2023) faoliyat yuritib kelmoqda.
    Taqdimnoma 2023-yil 2-dekabrda ochiq ovoz berish yo‘li bilan ko‘rib chiqilganida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialining 23 nafardan iborat Kengashi a’zolaridan 20 kishi “yoqlab” ovoz berishdi, qarshilar va betaraflar-yo‘q (2023-yil 2-dekabrdagi 3-sonli majlisning bayonnomasi).
    II. TAQDIM ETILAYOTGAN SHAXS HAQIDA ASOSIY MA’LUMOTLAR
    1. Avezov Nodirbek Egambergonovich, 1977 yilda tug‘ilgan, millati - o‘zbek.
    2. Ma’lumoti oliy. 1999 - yilda Toshkent Kimyo texnologiya institutini “Oziq ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasi fakultetini imtiyozli diplom bilan tugatgan. Diplom bo‘yicha mutaxassisligi - muhandis-texnolog. 2022-yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo institutining aspiranturasini tugatgan.
    3. 2004 – yildan - texnika fanlari nomzodi. Toshkent kimyo - texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Д 067.24.03 raqamli Ilmiy kengashda “Интенсификация процесса экстрагирования хлопкового масла с использованием низкокипящих углеводородов” mavzusida 02.00.17 - Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari ixtisosligi bo‘yicha bajarilgan dissertasiyasini 2003-yil 25-oktyabr kuni himoya qilgan (diplom 01 № 008185 2004 yil 24-iyunda 106/1-sonli bayonnomasi).
    4. Umumiy ish staji - 29 yil, ilmiy-pedagogik ish staji - 23 yil, OTM da - 12 yil, TATU UF da - 4 yil.

    1994 - 1999 yy. -

    Toshkent kimyo - texnologiya instituti talabasi

    1999 - 2002 yy. -

    O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Umumiy va noorganik kimyo instituti aspiranti

    2002 - 2004 yy. -

    O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Umumiy va noorganik kimyo instituti ilmiy xodimi

    2004 - 2010 yy. -

    O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi huzuridagi “O‘zbekekspertiza” OAJ “Mahsulotlarni kelib chiqishini sertifikatlashtirish” bo‘limi yetakchi mutaxassisi

    2010 - 2012 yy. -

    O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi huzuridagi “O‘zbekekspertiza” OAJ “Mahsulotlarni kelib chiqishini sertifikatlashtirish” bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari

    2012 - 2012 yy. -

    Toshkent davlat texnika universiteti qoshidagi Oliy injenerlik pedagogika instituti katta o‘qituvchisi

    2012 - 2013 yy. -

    Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi direktori vazifasini bajaruvchi

    2013 - 2013 yy. -

    O‘zbekiston Respublikasi Davlat Bojxona Qo‘mitasi Oliy Harbiy Bojxona instituti “Tovarlarni sinflash va sertifikatlash” kafedrasi katta o‘qituvchisi

    2013 - 2014 yy. -
    2014 - 2016 yy. -

    2016 - 2019 yy. -


    2019 - 2020 yy. -

    2020 y. - h.v.



    Toshkent davlat texnika universitetining Elektronika va avtomatika fakulteti dekan o‘rinbosari
    Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi direktori
    Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi dekani
    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali “Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasbiy ta’lim” fakulteti dekani
    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali “Kompyuter injiniringi” fakulteti maʼnaviy va maʼrifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari

    1. N. Avezovga 2019-2020 o‘quv yilida o‘rindoshlik asosida 409,5 soat o‘quv yuklamasi yuklatilgan. 5350101-Telekommunikatsiya texnologiyalari, 5330500 - Kompyuter injiniringi, 5330600 - Dasturiy injiniring, 5350400 - Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb taʼlimi, 5330330 - Axborot xavfsizligi yo‘nalishlarida 2-bosqich o‘zbek guruhlarida bakalavriat yo‘nalishlariga “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish fanidan maʼruza mashg‘uloti - 1*30=30 soat va amaliy mashg‘ulotlar - 3*30=90soat, o‘zlashtirish nazorati - 39 soat jami 159 soat olib borgan.

    N. Avezovga 2021-2022 o‘quv yilida o‘rindoshlik asosida 251,5 soat o‘quv yuklamasi yuklatilgan. 5350101-Telekommunikatsiya texnologiyalari, 5330500 - Kompyuter injiniringi, 5330600 - Dasturiy injiniring, 5350400 - Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb taʼlimi, 5330330 - Axborot xavfsizligi yo‘nalishlarida 3-bosqich o‘zbek guruhlarida bakalavriat yo‘nalishlariga “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish fanidan maʼruza mashg‘uloti - 1*30=30 soat va amaliy mashg‘ulotlar - 3*30=90soat, o‘zlashtirish nazorati - 35,5 soat jami 155,5, sirtqi ta‘lim yo‘nalishi talabalariga “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish fanidan maʼruza mashg‘uloti - 2*6=12 soat va amaliy mashg‘ulotlar - 4*6=24soat, o‘zlashtirish nazorati-60 soat jami 96 soat olib borgan.
    N. Avezovga 2022-2023 o‘quv yilida o‘rindoshlik asosida 237,5 soat o‘quv yuklamasi yuklatilgan. 5350101-Telekommunikatsiya texnologiyalari, 5330500 - Kompyuter injiniringi, 5330600 - Dasturiy injiniring, 5350400 - Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb taʼlimi, 5330330 - Axborot xavfsizligi yo‘nalishlarida 3-bosqich o‘zbek guruhlarida bakalavriat yo‘nalishlariga “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish fanidan maʼruza mashg‘uloti - 2*30=60 soat va amaliy mashg‘ulotlar - 4*30=120soat, o‘zlashtirish nazorati – 57,5 soat jami 237,5 soat olib borgan.
    U o‘quv mashg‘ulotlarini zamonaviy o‘qitish usullaridan, yangi pedagogik (“Klaster”, “BBB”, “Insert”, “Venn diagrammasi”, “Аqliy hujum”, “Blits-so‘rov”, “Baliq skeleti”, SWOT tahlil, Case study) va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan hamda multimedia ta‘lim resurslaridan unumli foydalanib olib boradi.
    Avezov Nodirbek Egambergonovich “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish fanidan o‘quv-uslubiy majmualarni yangi talablar asosida yaratgan va filial АRMiga muntazam taqdim etib borgan hamda TАTU Urganch filialining masofaviy taʼlim tizimi moodle platformasiga joylashtirgan.
    Avezov N. 2019-2023 yillarda TATU Urganch filialida faoliyat olib borib, o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy ishlarni yanada takomillashtirishga munosib hissasini qo‘shib kelmoqda.
    6. N. Avezovning talabalarning magistrlik dissertatsiyasi (3 ta) hamda 10 dan ortiq bitiruv ishiga rahbarlik qilgan.

    1. tayyorlagan magistr-shogirdlari haqida:

    t/r

    Familiyasi, ismi, otasining ismi

    Dissertatsiya mavzusi va mutaxassislik shifri va nomi

    Himoya qilgan vaqti, qaysi oliy ta’lim muassasasi

    1

    Jabbarov Azamat Ravshanbek o‘g‘li

    Xorazm sharoitida kunjut donini saqlashning maqbul sharoitlari va qayta ishlash zamonaviy texnologiyalari (5A 321001 - Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi mutaxassisligi)

    2019 yil, URDU

    2

    Madraximova Muazzam Kenja qizi

    Xorazm sharoitida donni saqlashning qulay sharoitlari va qayta ishlashning zamonaviy texnologiyalari (5A 321001 - Oziq-ovqat mahsulotlari-ni ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi mutaxassisligi)

    2019 yil, URDU

    3

    Adamov Anvar Nurullayevich

    Paxta yog‘ini kimyoviy va elektrofizik usullar bilan tozalash texnologiyasini ilmiy va amaliy asoslash (5A 321001 - Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi mutaxassisligi)

    1. , URDU

    b)tayyorlagan bakalavr-shogirdlari haqida:





    t/r

    Familiyasi, ismi, otasining ismi

    Bitiruv ishining mavzusi va mutaxassislik shifri va nomi

    Himoya qilgan vaqti, qaysi oliy ta’lim muassasasi

    1

    Primbetova Salima Kenjebay qizi

    Temperaturani o‘lchashda optik usullarni qo‘llash
    (5310900-“Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti”)

    2022 yil, QQDU

    2

    Axmetova Lachin Qadambayevna

    Fizik-kimyoviy kattaliklarni o‘lchash vositalarini kalibrlashda noaniqlikni baholash (5310900-“Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti”)

    2022 yil, QQDU

    3

    Boltaboyev Abror Alisher o‘g‘li

    Bosim o‘lchash asboblarini qiyoslash va kalibrlash ishlarini o‘rganish (5310900-“Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti”)

    2022 yil, QQDU

    7.Avezov N.E. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialining 2022-2023 yillarga mo‘ljallangan 2022-yil 30-maydagi 233-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “AL-42101210” - sonli “Smart city, sensor infrostructure monitoring system” mavzusidagi amaliy loyihaning muvaqqat ilmiy jamoasi tarkibida jamoatchilik asosida faoliyat ko‘rsatgan.


    Hozirgi kunda 2023-2026 yillarga mo‘ljallangan Avezov N.E. Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektorining 2023-yil 5-yanvardagi 04-U-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan AL-593201250 “Mo‘tadil haroratda presslash va ekstraktsiyalash orqali kungaboqar moyi va oqsilini birgalikda ishlab chiqarishning kalit (asosiy) texnologiyasi” nomli O‘zbekiston-Xitoy hamkorligi doirasidagi ilmiy loyihaning Jamoatchilik asosida ishlaydigan ilmiy guruhi tarkibida faoliyat olib bormoqda.
    8. N.E. Avezov ilmiy ish jarayonida qator tadqiqotchi va olimlarning ilmiy-tadqiqot ishlariga bir qancha taqrizlar bergan. Jumladan:
    - Navoiy davlat pedagogika instituti mustaqil tadqiqotchisi Isroilova Lola Sunnatovnaning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) ixtisosligi bo‘yicha “Umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarining kompetentsiyalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirish (8-sinf informatika va axborot texnologiyalari fani misolida)” mavzusidagi falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya va avtoreferatiga;
    - Murodova Zarina Rashidovnaning 13.00.02 “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Informatika)” ixtisosligidan “Axborot texnologiyalar ta’limida intellektual salohiyatni shakllantirish va aniqlash metodikasi (umumiy o‘rta ta’lim muassasalari misolida)” mavzusida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi va avtoreferatiga;
    - Buxoro muhandislik - texnologiya instituti doktoranti Muradova Firuza Rashidovnaning “Oliy ta’lim muassasalarida talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishda virtual laborato-riyalardan foydalanish metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi 13.00.02 - “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” (informatika) ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi avtoreferatiga;
    - Urganch davlat universiteti tayanch doktoranti Samandarov Abrorbek Islomboyevichning “Tut mevasi sharbati va kontsentrati olish, cho‘kmani dekantatsiyalash va sharbatni bug‘latish jarayonlarini modellashtirish va optimallashtirish” nomli 02.00.17 - Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishiga taqrizlar bergan.
    - 05.18.06 - “Yog‘lar, efir moylari va parfyumeriya kosmetika mahsulotlari texnologiyasi” ixtisosligi bo‘yicha Sagdullayeva Dilafruz Saidakbarovnaning “Интенсификация процесса гидратация хлопкового масла с использованием свч-излучения” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiya ishiga rasmiy opponent bo‘lgan.
    Avezov Nodirbek Egambergonovich 2022-2023 o‘quv yilida Urganch davlat universiteti Kimyovoy texnologiyalar fakultetining kunduzgi bo‘lim “Yengil sanoat texnologiyalari va jixozlari” ta’lim yo‘nalishini bitkazuvchi talabalarning mutaxassislik fanlaridan Davlat attestatsiyasi komissiyasi a’zosi (buyruq 63-Sh§7 - sonli 2023- yil 22- may).
    9. Avezov N. hozirda TATU Urganch filiali maʼnaviy-maʼrifiy ishlarida va talabalarga “Odob-axloq qoidalari” ni o‘rgatishda faollik ko‘rsatib kelmoqda. Jamoat tashkilotlari, mahalla va taʼlim muassasalarida maʼnaviy-maʼrifiy targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib bormoqda. Bundan tashqari, talabalarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil qilish bo‘yicha ham qator tadbirlarni tashkil qilishda faol ishtirok etmoqda.
    Avezov N.E. maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda, o‘quv-tarbiyaviy ishlarda faol qatnashib kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining madaniyat, sanʼat, adabiyot, fanimiz taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk allomalarimiz va siymolarimizning tavallud sanalarini nishonlash yuzasidan chiqqan qarorlar ijrosini taʼminlashda faol ishtirok etib kelmoqda. Xorazm viloyati miqyosida o‘tkazilgan targ‘ibot-tashviqot ishlarida, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda, “Talabalar turar joyi”dagi kafedra kunlari va adabiy tadbirlarda muntazam ishtirok qilib kelmoqda. Yuqori tashkilotlarning buyruq va ko‘rsatmalari hamda Nizomiga asosan professor-o‘qituvchilari bilan birgalikda “Mustaqillik bayrami” va mamlakatimizda yilning muhim sanalari munosabati bilan tumanlardagi mahallalar va tashkilotlar hamda muassasalarda o‘tkazilgan tadbirlarda faol qatnashib kelmoqda.
    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filiali jamoasida har yili o‘tkazilayotgan sotsiologik so‘rovlar maʼlumotlariga binoan Avezov Nodirbek Egambergonovichning yuqori pedagogik mahoratga ega, tajribali, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini mukammal darajada o‘zlashtirgan pedagog ekanligi talabalar tomonidan eʼtirof etilgan.
    Avezov N. viloyat korxona tashkilotlarida o‘tkaziladigan tadbirlarda faol qatnashib kelmoqda. Xorazm viloyati kasb-hunar kollejlari va maktablarda o‘quvchi va talabalarga, mahallalarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoevning Oliy majlisga yo‘llagan Murojatnomasi maʼruzasi mazmun mohiyatini aholi qatlamlari orasida targ‘iboti bo‘yicha tadbirlarda faol ishtirok qilib kelmoqda.
    2020 yilda “Yangi O‘zbekiston-yangicha dunyoqarash” shiori ostidagi “2021 yil:Yangi marralar,yakdil qadamlar” mavzusidagi targ‘ibot tadbirida faol ishtiroki uchun, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka “mahallabay” usulda yetkazishni tashkil etish tadbirlarida faol qatnashganligi uchun targ‘ibot guruhi rahbari, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori S.N.Babaxodjayev tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
    2022-2023 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda O‘zbekiston Respublikasi referendumi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovlarida faol ishtirok etib, Xorazm viloyati saylov uchastkalari raislari va a’zolarini saylov bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishda hududiy trener vazifasida faoliyat yuritib, ularni o‘qitib, jonbozlik ko‘rsatdi.

    Quyida bu haqdagi ma’lumotlar keltiriladi:




    Download 168,5 Kb.
      1   2   3   4




    Download 168,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ўзбeкистон рeспубликаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги

    Download 168,5 Kb.