• 1. Avezov N.
  • IV. KASBIY FAOLIYATINI BAHOLASH MA’LUMOTLARI
  • Rais O‘.K.Matyokubov Kengash kotibasi Z.S.Rajabova Kadrlar bo‘limi boshlig‘i M.S.Bekchanova 2023-yil 6 - dekabr
  • Kutlimuratov Z.K., Turdiboev Y.Y., Avezov N.E., Achilova S.S




    Download 168,5 Kb.
    bet4/4
    Sana11.12.2023
    Hajmi168,5 Kb.
    #116179
    1   2   3   4
    Bog'liq
    5.4 а шакл Авезов Н.11
    MTA Majmua(2021), 1, 4-Karno kartadan foydalanib mantiqiy ifodalarni minimallash, Kalendar reja algoritm, Ishchi dastur(Dasturlash I) 24.11.2021, 1 -amaliyot, 4-Lab, Yurtimiz mustaqillikga erishishidan oldin milliy urf odat, 7-8-mavzuDT larni sertifikatlashtirish, Axborotlarni izlash va ajratib olish fanidan mustaqil ish Mavzu, Abdulla Oripov O\'zbekiston (qasida), 2 lab Yarashov Diyorbek, TATU NF Hemis axborot tizimi, Algo 1-299, prezentatsiya

    17. Kutlimuratov Z.K., Turdiboev Y.Y., Avezov N.E., Achilova S.S.


    Development of the optimal regime of irrigated land, IOP Conference
    Series: Earth and Environmental Science, 2023/6/1, №1.-P.1206, (10/2).
    Uslubiy ishlari:
    Avezov Nodirbek Egambergonovich maʼruza o‘qitayotgan barcha fanlardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi talablari asosida o‘quv-uslubiy majmua, o‘quv qo‘llanmalarni yaratib, chop qilingan holda va elektron shaklda TATU Urganch filiali Axborot-resurs markazining “O‘quv adabiyotlari fondi”ga topshirgan.
    2017 yilda” Tinchlik-oliy neʼmat” nomli uslubiy qo‘llanma nashr qildirgan.
    2022 yilda OO‘MTV grifi asosida (Ruxsatnoma № 233-0926) “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” fanidan o‘quv qo‘llanma I-qism hamda respublika va xorijiy jurnallarda maqolalar nashr qildirgan.
    2023 yilda OO‘MTV grifi asosida (Ruxsatnoma № 557462) “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” fanidan o‘quv qo‘llanma II-qism hamda respublika va xorijiy jurnallarda maqolalar nashr qildirgan.
    1.Avezov N. Tinchlik - oliy ne’mat. Uslubiy qo‘llanma. Toshkent – 2017.
    -60 b. (60/60).
    2.Avezov N. Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish fanidan o‘quv qo‘llanma. O‘quv qo‘llanma I-qism. “Xorazm yoshlari” nashriyot matbaa uyi Urganch – 2022. –148 b. (148/148).
    3.Avezov N. Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish fanidan o‘quv qo‘llanma. O‘quv qo‘llanma II-qism. “Durdona” nashriyoti Buxoro – 2023. – 140 b. (140/140).
    Dissertatsiya himoyasidan keyin 30 dan ortiq ilmiy ishlari chop etilgan.
    So‘nggi 3 yilda ta ish e’lon qilingan. Shulardan 12 tasi ilmiy maqola.
    IV. KASBIY FAOLIYATINI BAHOLASH MA’LUMOTLARI
    N. Avezov o‘zining 29 yillik ilmiy-pedagogik faoliyati davomida, asosan, “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish”, “O‘simlik moylari ishlab chiqarish texnologiyasining maxsus boblari”, “Yog‘-moy mahsulotlari ishlab chiqarishda ilmiy tadqiqot asoslari, texnologik jihozlar montaji va taʼmirlash”, “Yog‘larni qayta ishlash texnologiyasi”, “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” fanlari bo‘yicha yuqori ilmiy-nazariy va uslubiy darajada maʼruzalar o‘qib, amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazib kelmoqda. Talabalar bilimini test sinovi va reyting sinovi asosida o‘qitish va baholashni o‘quv jarayonida qo‘llashda faol qatnashmoqda.
    N. Avezov maʼruza o‘qitadigan fanlarda turli xil o‘qitish usullaridan (“Klaster”, “Venn diagrammasi”, “BBB”, “Insert”, “Aqliy hujum”, “Taqdimot”, “Keys-stadi”, “Blits-so‘rov”, “Raqamlar”, “Namoyish” va boshqa) hamda elektron doska, proyektorlardan keng foydalanadi.
    N. Avezov yuqorida ko‘rsatilgan o‘quv, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalaridan TATU Urganch filiali va Urganch davlat universitetining o‘quv jarayonida, o‘rta umumtaʼlim va o‘rta maxsus taʼlim muassasalari o‘qituvchilari qo‘llamoqdalar.
    Shuningdek, Avezov Nodirbek Egambergonovich TATU Urganch filiali tomonidan 2023-yil 25-sentabrda “Kompyuter injiniringi” yo‘nalishi 3-kurs 914-20 guruh talabalariga “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” fanidan “Oʻlchаshlаrning sifаt mеzоnlаri. Mеtrоlоgiyaning aksiоmаlаri” mavzusida o‘tkazilgan ochiq amaliy mashg‘ulot darsi uning uslubiy va ilmiy tayyorgarligi yuqori darajada ekanligini ko‘rsatdi va tashqi ekspertlar tomonidan yuqori baholangan.
    Avezov Nodirbek Egambergonovich pedagog sifatida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi talablari asosida har yili o‘ziga taqsimlangan fanlar doirasida ochiq dars mashg‘ulotlarini o‘tkazib kelmoqda. O‘zi ham seminarlarda ma’ruzalari bilan ishtirok qiladi va ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanish uchun kafedra o‘qituvchilariga yaqindan yordam beradi.
    2020 yilning noyabr dekabr oylarida Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi Bosh ilmiy metodik markazida “Taʼlim tizimi menejmenti” kurslarini muvaffaqiyatli tamomlab, malakasini oshirib yuqori ballar bilan sertifikat olgan. (Sertifikat nomer MA №028763 28.12.2020 yil).
    Avezov N.E. har bir ishga masʼuliyat va tashabbuskorlik bilan yondashadi. U yuksak maʼnaviyatli, shijoatli ilmiy izlanuvchi va mohir pedagog sifatida yosh mutaxassislarni tayyorlashda o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda. U o‘ziga yuklatilgan har bir topshiriqni masʼuliyat bilan bajaradi.
    Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali jamoasi, xodimlar kasaba uyushmasi Avezov Nodirbek Egambergonovichni 02.00.17 - Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari ixtisosligi bo‘yicha “dotsent” ilmiy unvonini berishga tavsiya etadi.


    Rais O‘.K.Matyokubov


    Kengash kotibasi Z.S.Rajabova


    Kadrlar bo‘limi boshlig‘i M.S.Bekchanova
    2023-yil 6 - dekabr


    Download 168,5 Kb.
    1   2   3   4




    Download 168,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kutlimuratov Z.K., Turdiboev Y.Y., Avezov N.E., Achilova S.S

    Download 168,5 Kb.