Tushuntirish matni
Bolalar amaliyotida qo‘llaniladigan dorilarni korrigirlashda zamonaviy yondashuv
UJSST (VOZ) ma’lumotiga ko‘ra xozirda pediatriya etarli maxsus bolalar uchun mo‘ljallangan dorilar bilan ta’minlanmagan. 75% bolalar kasalliklari uchun maxsus pediatrik dori turlari ishlab chiqilmagan. Undan tashqari dorilarni bolalar amaliyotida xavfsiz qo‘llash bo‘yicha ma’lumotlar etarli emas. Yangi preparatlarni bolalar amaliyotida qo‘llash bo‘yicha klinik sinovlar to‘g‘risida ma’lumotlar etarli darajada emas. Sh.u. shifokorlar tomonidan, ko‘p xolatlarda, bolalarga kattalarga mo‘ljallangan dorilarni qo‘llash keng tarqalgan. Lekin bu kata xavf tug‘diradi, ayniqsa yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda.
UJSST ma’lumotiga ko‘ra yosh bolalarga buyuriladigan dori preparatlarning 45%-statsionarda va 10-20% ambulatoriyada maxsus shu yoshga mo‘ljallanmagan. Sh.u. bolalarni kattalarga mo‘ljallangan preparatlar bilan faqatgina dozasini kamaytirish yo‘li bilan davolash asosiy qoida bo‘lib qolgan.Ammo bu yo‘l xato, chunki dorining faqat dozasini kamaytirib berish turli patologiyalarga, ayrim xollarda o‘lim xolatiga sabab bo‘ladi.Sh.u. bolalarga mo‘ljallangan maxsus dorilarni yaratish- dolzarb muammo va shu muammoni echilishiga etarli e’tibor berilmaydi. Xozirda respublikamizda shu masala chetdan keltirilgan bolalar uchun mo‘ljallangan dorilar ( siroplar, granulalar va sh .o‘) bilan qisman echiladi.
Dorilarni noxush organoleptik xossalarini bartaraf etishning texnologik usullari
Bolalarga mo‘ljallangan peroral, ayniqsa suyuq dori turlarida, dorilarni salbiy organoleptik xocsalari ko‘proq seziladi. SHuning uchun bolalar uchun peroral dori turlarini yaratishda shu muhim masalaga e’tibor berilish lozim. Pediatriya amaliyotida dorining ta’mi, xidi, rangi katta ahamiyatga ega. Yоsh bolalarning noxush ta’mga sezgirligi yuqori bo‘ladi, chunki ularning tilidagi ta’m retseptorlari nisbatan kengroq tarqalgan. Bolalarga yokimsiz dorini majburan ichirish ko‘p xolatlarda dorining terapevtik samaradorligini kamaytirish mumkin ( salbiy psixologik reaksiya). Demak, bolalarga mo‘ljallangan peroral dorilarni yaratishda asosiy e’tibor dorilarni noxush organoleptik xususiyatlarini niqoblashga qaratilgan
bo‘lishi kerak va pediatriya amaliyotida ko‘llaniladigan dori turlarini o‘ziga xos bir tarafi hisoblanadi. 2
Dorilarning ta’mi ularning kimyoviy tuzilishiga va tarkibidagi faol guruxlarga bog‘liq.
|