|
Ta’m
Kimyoviy xossalari
|
bet | 15/117 | Sana | 23.07.2021 | Hajmi | 13,81 Mb. | | #15896 |
Bolalarga mo‘ljallangan peroral dorilarni yaratishda asosiy e’tibor dori moddalarning noxush organoleptik xususiyatini niqoblashga qaratilgan bo‘ladi.
Korrigirlash –bu dorini ta’mini,hidini,tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishga qaratilgan usuldir.Korrigirlashni bir necha yo‘nalish bo‘yicha amalga oshirish mumkin.
1. Kimyoviy usullar. Bu usullarning mohiyati har xil reaksiyalar yordamida dori moddaning kompleks tuzlarini hosil qilib uning organoleptik xossalarini niqoblash. CHunki moddaning noxush ta’miga ayrim bir guruhlar sabab bo‘ladi va ularni berkitish uchun stearatlar va tannatlar kabi kompleks moddalar olinadi. Levomitsetin stearat preparati bunga misol bo‘lishi mumkin.
2.Fiziologik usullar. Bu usulning mohiyati ta’m retseptorlarini sezgirligini pasaytiradigan moddalarni qo‘shishga asoslangan. Qo‘pincha shu maqsadda anestezin, mentol kabi moddalar qo‘shish mumkin. Lekin bu usulni keng qo‘llanilishiga uning fiziologik tarafdan indifferent emasligi imkoniyat bermaydi
|
| |