Keksa yoshdagilar va qariyalarga berilishi man etilgan va cheklangan dori preparatlari
1. Diagnoz va klinik holatidan qat’iy nazar berilishi ta’qiqlangan preparatlar
|
Preparat nomi (ta’qiqlanishiga asos)
|
Amitriptilin (va xlordiazepoksid, perfenazin bilan kombinatsiyalari) - aniq namoyon bo‘luvchi antixolinergik va sedativ ta’sir
|
Ta’siri uzaytirilgan benzodiazepinlar: xlordiazepoksid (va amitriptilin, klidi-niy bilan kombinatsiyalari), diazepam, kvazepam, galazepam, klorazepat - organizmda uzoq muddat saqlanishi, yaqqol namoyon bo‘ladtgan sedativ ta’siri va yiqilish va suyak sinidirish havfini ortishi
|
Amfetamin va anoreksik vositalari - moyillik,gipertenziya, stenokardiya vamiokardinfarkti
|
Qisqa muddat ta’sir ko‘rsatuvchi benzodiazepinlar: lorazepam (>3 mg), oksaze-pam (>60 mg), alprazolam (>2 mg), temazepam (>15 mg), triazolam (>0,125 mg) - dozaga nisbatan moyillik paydo bo‘lishi
|
Tiklopidin -terapevtik samaradorligi past va zaharli
|
Tirilgan
|
Metildopa
|
Barbituratlar
|
Indometatsin
|
Simetidin
|
Naproksen, piroksikam
|
Pentazozin
|
Ketorolak
|
Dizopiramid
|
Oshqozon-ichak spazmolitikpreparatlar (giossiamin, beladonna alkaloidlari)
|
Qisqa muddat ta’sir etuvchi dipiridamol
|
Metiltestosteron
|
Qisqa muddat ta’sir etuvchi nifedipinlar
|
Nitrofurantoin
|
Amiodaron
|
Etakrinkislotasi
|
Dozaga korreksiya kiritish va berish muddatini aniq belgilash kerak bo‘lgan preparatlar
|
Rezerpin
|
Digoksin
|
2. Ma’lum klinik holatlarda berilishi ta’qiqlangan preparatlar
|
Dizopiramidvanatriysaqlovchipreparatlar
|
Aspirin (> 325 mg), dipiridamol, tiklopidin, klopidogrel va b. (koksiblar bundan istisno)
|
Tritsiklikantidepressantlar
|
Ta’siri uzaytirilgan benzodiazepinlar, β-adrenoblokatorlar (propranolol)
|
Barbituratlar, antixolinergik, antispazmatik vositalar, mushakrelaksantlari
|
Geriatriya amaliyotida ishlatiladigan dori turlari
Geriatriya amaliyotida xar xil dori turlari ishlatiladi: peroral qattiq tabletka, draje, kapsula, suyuq dori turlari, rektal, in’eksion, aerozol, transdermal.
Peroral dori turlaridan asosan, qattiq dori turlari: tabletka, kapsula, draje va suyuq dorilardan suvli ajratmalar, tomchilar ishlatiladi.
Lekin so‘rilish samaradorligi pasayishini xisobga olgan xolda, ayrim paytlarda peroral beriladigan dorilarning terapevtik ta’siri kerakli darajada bo‘lmasligi mumkin. Undan tashqari oshqozon shilliq pardalariga dori moddaning maxalliy salbiy ta’siri namoyon bo‘lishi mumkin.
Shuning uchun qariyalarning farmakoterapiyasini mo‘‘tadilligini ta’minlash uchun xozirgi paytda dorilarni rektal usul bilan berish qulay deb xisoblanadi. Geriatriya amaliyotida ishlatiladigan dorilarni (shamchalarni xam shu jumladan) tarkibiga so‘rilish jarayonini tezlatuvchi moddalar kiritilishi (PAV) tenzidlar geriatriyada qo‘llanilgan.
Misol: geriatriyada qo‘llaniladigan insulin shamchalarining tarkibiga 5% PAV-polioksil 30-oleat kiritilgan. U so‘rilish jarayonini tezlatuvchi yoki fenobarbital, benzilpenitsillin shamchalariga 5% natriy lauril sulfat qo‘shiladi. Tenzidlar sifatida shamchalarda T-2, letsitin, tvin-80 qo‘shish tavsiya etiladi.
Aerozol (A) ayniqsa o‘pkaning o‘tkir va xronik kasalliklarida antibiotiklar va boshqa antibakterial preparatlar, yurak kasalliklarida-yurak glikozidlari bilan davolashda keng qo‘llaniladi.
Geriatriya amaliyotida ishlatiladigan dori turlarining qariyotgan organizmga faol moddani yumshoq ta’sir ko‘rsatishiga va terapiyaning xavfsizligini ta’minlashiga aloxida e’tibor beriladi. Ya’ni salbiy ta’siri minimal darajada bo‘lishi lozim. Shuni xisobga olgan xolda geriatriya amaliyotida xar xil ta’siri uzaytirilgan dori turlarini sublingval va transdermal yo‘llari bilan kiritish maqsadga muvofiq. Oxirgi paytlarda rivoj topgan transdermal yo‘li bilan ta’sir etuvchi modda bilan organizmning ta’minlovchi zamonaviy TTSlar ishlatiladi. Ularning quyidagi afzallik tomonlari geriatriyada qulay keladi:
a) Ta’siri uzaytirilganligi;
b) Dorimoddatanadantashqarijoylashganbo‘ladi;
c) IOS ga salbiyta’sirko‘rsatmaydi;
d) Dorimoddalarbirtekis (birme’yorda) tanagaso‘riladi.
d)Dorimoddalarfermentlar ta’siriga uchramaydi.
Oxirgiyillarda "Okusert-20", Nitroderm, Minitran, Nitrodur,Deponit, Nitroglitserin saqlovchi TTS lar keng qo‘llaniladi.
Dorilarni sublingval (tilostiga) yo‘li bilan yuborish ancha ijobiy taraflariga ega:
1. fermentlarning ta’siri bo‘lmaydi
2. yallig‘lanish xam yo‘q
3. nisbatan tez ta’sir ko‘rsatadi
Sublingval tabletka shaklida (metiltestesteron) yoki xar xil polimer pardalar (PP) shaklida bo‘lishi mumkin,oddiy yoki ta’siri uzaytirilgan.
Geriatriya yoshida yurak kasalliklari (stenokardiya) nisbatan keng tarqalganligini xisobga olgan xolda nitroglitserin preparatlarini saqlovchi sublingval polimerpardali ishlab chiqarilgan (ta’siri uzaytirilgan) trinitrolong, izosorbilong 6-7 soat mobaynida ta’sir ko‘rsatadi.Ular og‘iz shilliq pardalaridan so‘rilib umumiy ta’sir ko‘rsatadi va davolash hamda profilaktika uchun qo‘llaniladi.
Bu PP o‘lchamlari 4x9x0,15 mm bo‘lib, polimer sintetik YUMB eritmalaridan (MS, PVP, PAA, PVS) olinadi.
60 yoshdan oshgan bemorlarga 50% extempore retseptlardan tomchilar tashkil etadi. Ulardan 90% ko‘z tomchilariga tegishli.Shuning uchun ta’siri uzaytirilgan ko‘z tomchilarini qo‘llash maqsadga muvofiq.
Teri orqali 300-800 m og‘irlikka ega bo‘lgan moddalarni kiritishning afzallik tomonlari sublingval usuli o‘xshash bo‘ladi. Teri orqali so‘rilishini ta’minlash uchun umumiy ta’sir ko‘rsatuvchi surtmalar mo‘ljallangan.
Surtmalar teriga surtilganda dorilarning umumiy ta’sirini ta’minlaydi. Masalan, nitroglitserin 2% surtmasi yurak atrofiterisiga surtiladi.(30sm 2) nitroglitserin so‘rilibo‘ziningta’sirini ko‘rsatadi.
|