Geroprotektorlar
|
odam organizmining muddatdan oldin qarishini sekinlashtiruvchi vositalar
|
Adaptogenlar
|
odam organizmining salbiy tashqi muhit omillariga qarshi nisbatan chidamlilik holatini rivojga keltiruvchi moddalar
|
Tenzidlar
|
Organizmga dori moddalarni so‘rilish jarayonini tezlashtiruvchi yordamchi moddalar
|
Tushuntirish matni
Geriatriya yoshidagi kasallarga maxsus dori turlarini yaratishdagi muammolar.Rivojlangan mamlakatlar axolisida keksalarning sonini o‘sishi xozirgi kunning asosiy ijtimoiy-tibbiy muammolardan biri. Adabiyotlarda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra o‘rtacha hisobda xar yuzta ishlayotgan odamlarga 30-ta nafaqaho‘r (geriatriya yoshidagi odamlar) to‘g‘ri keladi.
Shu bilan birga shu jarayon qarilik kasalliklaridan ( YU-Q-T , rak, qand diabeti, immun tizimining susayishi) o‘lim darajasini yuqori bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Shuning uchun OON tomonidan “XX1 asrda qarish muammolariga oid ilmiy tadqiqiotlar dasturi” ishlab chiqilgan. Shu dasturning ustun konsepsiyasi bu sog‘lom qarish konsepsiyasi. Shunga asosan dasturda muddatdan oldin qarishning profilaktikasiga qaratilgan chora tadbirlar va vositalar ishlab chiqish dolzarb yo‘nalish qilib belgilangan.
Shundan kelib chiqqqan xolda qariyalarning davolanishiga va farmakoterapiyasiga tegishli savollar katta axamiyatga ega va dolzarb hisoblanadi.
“Gerontologiya bu fan bo‘lib, odam organizmining qarish mexanizmni va qariyalarda kasalliklarni rivojlanishini o‘rganadigan fan. ’’Gerontologiyaning” asosiy masalalardan biri bu odam umrini uzaytirish jarayonlarini o‘rganish.
"Geriatriya" bu tibbiyotning bir soxasi bo‘lib, qariyalarni davolash va profilaktikasini o‘rganadigan fan. Uning asosiy vazifalaridan biri bu odam umrini uzaytirishga qaratilgan dori vositalar izlab topish va ularni to‘g‘ri qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar berishi.
Qarish (keksayish) – ob’ektiv va sub’ektiv biologik qonuniyatlarga asoslangan organizmni hayot kechirishining so‘nggi bosqichini ifodalovchi biologik jarayon bo‘lib, bunda yosh ulag‘ayishi bilan organizmda asta-sekin moslashish imkoniyatlari kamayib, o‘lish ehtimoli ortadi. Keksayish va qarish davrini kelishi shartli ravishda belgilanib, hayot kechirish davrini ortishi bilan ushbu vaqt suriladi. Bugungi kunda keksalik davri – 60-74 yoshni va qariyalik davri - 75-90 yoshni tashkil etmoqda.
Ayrim xorij adabiyotlarda geriatrik yoshi 65 yoshdan boshlanishi xaqida ma’lumotlar keltirilgan4
Keksayish ham fiziologik normal yoki muddatidan oldin sodir bo‘lishi mumkin. Fiziologik keksayishda organizmning fiziologik sistemalaridagi o‘zgarish nisbatan bir me’yorda kechadi, inson umrining oxirigacha jismoniy va aqliy faollikni saqlab qoladi va atrof muhitdagi o‘zgarishlarga qiziqadi – yashashga qiziqishi so‘ngmaydi. Muddatidan oldin qarish esa organizmda oldin o‘tkazilgan kasalliklar, yashash muhitining salbiy ta’siri, zararli odatlar va modda almashinuvni tartibga soluvchi tizimlarni zo‘riqishi, shikastlanishi va muddatidan oldin kasallanishiga bog‘liq bo‘ladi.
Organizmning biologik yoshi taqvimiy yoshga mos kelishi yoki kelmasligi mumkin. Shu sababli qariyalarda turli kasalliklarni oldini olish va davolash uchun, shuningdek ularni ratsional mehnat qilishi va hayot kechirishini to‘g‘ri tashkil etish uchun keksalarni biologik yoshini to‘g‘ri belgilashg muhim.
Organizmni qarish natijasida tanada muxim o‘ziga xos biokimyoviy, fiziologik, anatomik (tizim, a’zo, to‘qimalarda) va psixosomatik o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. bilan bog‘liq. Biroq qarish bu tabiiy biologoik jarayon bo‘lib, ushbu jarayonni kasallik bilan bog‘lash noto‘g‘ri! Shu sabalbli qariyalarda turli patalogik holatlarni oldini olish va davolash uchun ularning organizmida sodiyr bo‘ladigan asosiy o‘zgarishlarni hisobga olish kerak:
Maxsus geriatric dorilarni yaratish zarurligi chambarchas organizmni qarish
natijasida tanada muxim o‘ziga xos biokimyoviy, fiziologik, anatomik va psixosomatik o‘zgarishlar sodir bo‘lishi bilan bog‘liq ( tizim , a’zo, to‘qimalarda). Oshqozon-ichak shiralarining ishlab chiqarilishi susayadi. Ayniqsa, oshqozondagi kislota muhiti o‘zgaradi, bu esa dorilarning erish tezligiga (tabletkalarda, kapsulalarda) ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, o‘rtacha 30% ga so‘rilish tezligi kamayadi va 58% so‘rilish jarayonining samaradorligi pasayadi. Ayniqsa, salitsilatlarning, barbituratlarning, antibiotiklarni, sulfanilamidlarning so‘rilishi susayadi va oqibatda dorilarning ta’sir ko‘rsatish vaqti cho‘ziladi xamda maxalliy salbiy ta’siri oshadi.
O‘rtacha 20% gacha xayotiy muhim bo‘lgan tana a’zolarining vazni (jigar, yurak) kamayadi. Lekin bunga qaramasdan yog‘larning miqdori o‘rtacha 10-20% ko‘payadi. Shu o‘zgarishlar dorilarning oddiy dozalarda berilganida qondagi belgilangan miqdoridan yuqori bo‘lgan konsentratsiyasini hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin, oqibatda dorilarning salbiy ta’siri oshadi.
2. Tanada tarqalgan suv miqdori o‘rtacha 10-15% kamayadi, ayniqsa 75 yoshdan keyin esa bu son 18-20% gacha bo‘ladi. Undan tashqari xujayralarining tarkibidagi suv miqdori ancha kamayadi. Shu o‘zgarishlar dori moddaning organizmda to‘la tarshqalishiga yo‘l qo‘ymaydi, ayniksa suvda eruvchan preparatlarning farmakokinetikasi o‘zgarishi mumkin.
Dorilarning metabolizmida qatnashadigan ferment sistemalarining faoliyati ancha susayadi, ayniqsa jigarda dorilarni enzimatik parchalanish reaksiyalar tezligi sekinlashadi. Bu esa iste’mol qilingan dorilarning va ularning parchalangan maxsulotlarini (metabolitlarini) organizmda to‘planishiga olib kelishi mumkin, natijada dorilarning salbiy ta’sirlarini kuchayishi kuzatiladi.
Qariyalar yoshida buyrak faoliyati o‘zgaradi (o‘rtacha hisobda buyrakda qon aylanish darajasi 50% va azot chiqarish qobiliyati 3 marta kamayadi). Bu esadorilarniorganizmdanchiqibketishvadorilarnikumulyasiyasigasababbo‘ladi.
6. Sulakishlabchiqarishvachaynabmaydalashkobiliyatisusayadi
7.Qonaylanishtezligivaqontomirlarningo‘tkazuvchanligikamayadi. Natijada dori moddalarni IOS dan so‘rilishi ancha susayadi, ularni tanada tarqalishini o‘zgartiradi. Shuni hisobiga ularning qonda yuqori konsentratsiyasi namoyon bo‘lishi va salbiy toksik ta’siri oshishi kuzatiladi.
Qon zardobidagi albumin fraksiyasining tarkibida o‘zgarishlar ro‘y beradi.Oqibatda dori moddalarni oqsillar bilan bog‘lanish darajasi pasayadi va dorilarni tanada transportlash jarayoni o‘zgaradi. Buning natijasida terapevtik dozalarda qabul kilingan preparatlarning qonda uzoq vaqt davomida yuqori konsentratsiyasi kuzatiladi.
9. Shu bilan birgalikda qariyalarning vegetativ asab sistemasining faoliyati susayadi, oqibatda ko‘p xollarda moslanish ( adaptatsiya) jarayonlari o‘zgaradi.
10. Qariyalarda asosiy xayotiy muhim vitaminlar, mikroelementlarning etishmovchiligi kuzatiladi ( so‘rilish jarayonlari o‘zgarishi oqibatida).
11. Qariyalarda qatiq jismlarni (shu jumlada tabletkalar,kapsulalar, drajelar) yutishda muammo bo‘lishi mumkinligini hisobga olish ( disfagiya xolatlari uchraganligi uchun). Shu bilan birga suyuq dorilarni qabul qilishda xam qiynchiliklar mavjud; qariyalarda qo‘l titrashlar xolatlari tez-tez uchrab turganligi uchun 5
Demak, qariyalar organizmida sodir bo‘gan o‘zgarishlar dorilarning farmakokinetikasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin (so‘rilish, tarqalish, biotransformatsiya va chiqib ketish jarayonlarida) va shunga bog‘liq dorilarni salbiy reaksiyalarini oshishi.
Agar o‘rta yoshdagi odamlarda dorilarning salbiy ta’siri 10,2% bo‘lsa, o‘rtacha hisobda 75-80 yoshdagi kasallarda bu son 20,3%ga etishi mumkin.90 yoshdan so‘ng bu ko‘rsatkich 24% ni tashkil etishi kuzatiladi.Ayrim paytlarda dorilarning paradoksal (ya’ni teskari kutilmagan ta’siri bo‘lishi mumkin) Masalan, ma’lumotlar bo‘yicha papaverin gidroxlorid qariyalarda qon bosimini oshishiga olib kelishi mumkin, shuning uchun geriatriya yoshiga etgan kasallarga maxsus geriatrik dorilar yaratilishi dolzarb muammo deb xisoblanadi.
Shuning uchun akademik Chebotaryov tomonidan geriatriya amaliyotida farmakoterapiyaga qo‘yiladigan asosiy talab bu-ehtiyotkorlik degan va quyidagi asosiy tamoyillarga rioya qilish kerakligini ta’kidlagan:
yangidorilarni extiyotkorlik bilan berish,chunki salbiy reaksiya darajasi yuqori
bemorga beriladigan dorilarning sonini imkon darajasida chegaralangan bo‘lishi, chunki ularning bir biri bilan o‘zaro ta’sirlashuvi oqibatida salbiy reaksiyalarning sodir bo‘lishi geriatriya yoshidagi bemorlarda yuqori bo‘ladi
ishlatiladigan dori turlari qulay bo‘lishi lozim va ta’sir etuvchi moddalarning qariyalar organizmiga salbiy reaksiyalarini pasaytirishga qaratilgan bo‘lishi kerakgeriatriya amaliyotida dorilarning dozasiga alohida e’tibor beriladi.Klinik sinovlarning natijalari shuni ko‘rsatadiki,geriatrik bemorlarning organizmi ayrim dori moddalarga markaziy asab tizimiga ta’sir etuvchi(uxlatuvchilar,morfin,bromidlar,neyroleptiklar,yurak glikozidlari) dori vositalariga sezgirligi yuqori bo‘ladi.Ularning dozasini tanlashda shuni hisobga olish kerak. DF ko‘rsatmasi bunga 60 yoshdan keyin MNS ga ta’sir etuvchi moddalarning 1/2 qismini,kuchli va zaharli ta’sirga ega moddalarning esa 2/3 qismini berishni tavsiya etadi. Shifokorlar tomonidan yo‘l qo‘yiladigan xatoliklar aynan geriatrik yoshdagi bemorlarni davolashda kuzatiladi.Chop etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Buyuk Britaniyada geriatrik yoshdagi bemorlarni davolashda shifokorlar tomonidan buyuriladigan dorilarning 1/3 qismi maqsadga muvofiq emas.Rossiyada 5070% gacha beriladigan dorilar bemorlarning xolatiga mos emas.Asosiy xatoliklar quyidagi xollatlarda kelib chiqishi mumkin:
dorilarni asossiz buyurilishi(zarurat yo‘qligida)dozalarining adekvat emasligi,organizmda solir bo‘lgan o‘zgarishlarni hisobga olmagan holdapolipragmaziya,ya’ni bir vaqtning o‘zida bir nechta dorining buyurilishidavolash kursi davomiyligining to‘g‘ri tanlanmasligi
Shular ko‘p xollarda dorivor terapiyaning salbiy reaksiyalari sonining oshib ketishiga sabab bo‘ladi. Shuni hisobga olgan holda,geriatriyaning dolzarb masalalaridan biri aniqlandi. Bu dori preparatlarini klinik sinovlar etapida qariyalar guruhini ham hisobga olishdir. Zaruriy bo‘lgan bolalar yoki homilador ayollarga tegishli ma’lumot qariyalar uchun ham keltirilishi lozim.
Rossiyada SSV Farmakologik komitetida maxsus gerontologik komissiya tuzilgan.
Geroprotektorlarning gerontologiyadagi o‘rni
Geriatriyaning asosiy vazifalaridan biri bu-odam organizmining muddatdan oldin qarishini sekinlashtirish masalalarini o‘rganishdir.Asosiy e’tibor shu jarayonni sekinlashtiruvchi vositalarni izlab topish va ularni o‘rganishga qaratilgan.Ushbu vositalar “geroprotektorlar”deb atalib”qarilikdan himoya qiluvchi” degan ma’noni anglatadi.
Hozirda 20 ga yaqin moddalarning hayvonlar umrini uzaytirishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi tasdiqlangan.Qarish jarayonini sekinlashtirishga qaratilgan dorilar haqida gapirishdan oldin qarish mexanizmi haqida ma’lumotga ega bo‘lish lozim.Turli qarish nazariyalari mavjud bo‘lib, geroprotektorlarining ta’sir mexanizmi ham shularga bog‘liq holda turlicha bo‘ladi.
Immunologik qarish nazariyasi.Bunga asosan qariyalardagi immunitet disfunksiyasi organizmni turli infeksiyalarga chidamliligini pasaytiradi va turli autoimmun kasalliklarning va rakning rivojlanishiga moyillik yaratadi.Shunga ko‘ra turli immunomodulyatorlarni geroprotektorlar sifatida qo‘llash maqsadga muvofiqligi ko‘rsatildi. Masalan quyidagi immunostimulyatorlarga levomizol,bestadin tajribalarda (sichqonlarda) umr davomiyligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi va shu bilan birga rak to‘qimalarni rivojlanishi va paydo bo‘lishini susaytiruvchi ta’sirga ega ekanligi aniqlanadi.
Erkin radikallar nazariyasi .Bu nazariyaga ko‘ra turli oksidlanish jarayonlari oqibatida organizmda paydo bo‘ladigan erkin radikallar makromolekulalarga (nuklein kislotalar,oqsillar) shikast etkazib,ularning degradatsiyasi va qarishiga olib keladi.Bunga qarshi maxsus guruh moddalar-antioksidantlar qo‘llash maqsadga muvofiqligi ko‘rsatildi.Klinik sinovlarda(sichqon,kalamush va boshqa hayvonlar) va bemorlarda qator o‘rganilgan antioksidantlar-dan: katalaza, vit.E(tokoferol), vit.S, melotoninlardan faqatgina vitamin E va C larning organizmga antioksidant ta’siri kuchli ekanligi tasdiqlangan.Ular erkin radikallarni bog‘lash qobiliyatiga ega ekanligi isbotlangan.
Immunologik qarish nazariyasi.Bunga asosan qariyalardagi immunitet disfunksiyasi organizmni turli infeksiyalarga chidamliligini pasaytiradi va turli autoimmun kasalliklarning va rakning rivojlanishiga moyillik yaratadi.SHunga ko‘ra turli immunomodulyatorlarni geroprotektorlar sifatida qo‘llash maqsadga muvofiqligi ko‘rsatildi.Masalan quyidagi immunostimulyatorlarga levomizol,bestadin tajribalarda (sichqonlarda) umr davomiyligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi va shu bilan birga rak to‘qimalarni rivojlanishi va paydo bo‘lishini susaytiruvchi ta’sirga ega ekanligi aniqlanadi.
Enterosorbentlar
Tajribalarda (kalamushlarda) aniq olingan natijalarga ko‘ra umr davomiyligiga em bilan beriladigan uglerodli enterosorbentlar ijobiy ta’sir ko‘rsatishi tasdiqlangan.Akvalen ko‘mir sorbentini, xususan,og‘ir metallar tuzlari,kanserogen politsiklik aromatik uglevodorodlar,nitrozabirikmalarni bog‘lovchi samarali vosita bo‘lib,sichqonlarda olib borilgan tajribalarda shishlarni paydo bo‘lishini oldin olish
va umr davomiyligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish hususiyatiga ega ekanligi tasdiqlangan.Shuning uchun ularni ham hozirgi paytda geroprotektor va antikanserogen vosita sifatida o‘rganish maqsadga muvofiq.
Adaptogenlar
Adaptogenlar-buodam organizmining salbiy tashqi muhit omillariga qarshi nisbatan chidamlilik holatini rivojga keltiruvchi moddalarxisoblanadi.Keng o‘rganilgan adaptogenlarga jenshen va eleuterakokka preparatlarini keltirish mumkin.Bu moddalar adaptogen xossaga ega bo‘lib,hujayraning genetik apparatini himoyalash va faollashtirish,neyroendokrin tizimga ijobiy ta’sir ko‘rsatish qobiliyatiga ega.Shuni hisobiga ularni geroprotektorlar sifatida qo‘llash maqsadga muvofiqligi o‘rganildi.
Boshqa preparatlar
Ruminiyalik tadqiqotchilar tomonidan prokain (gerovital) preparati geroprotektor sifatida taklif etilgan.
Demak,geroprotektorlarining asosiy ahamiyati-ularining antioksidant,antigipoksik ta’siriga bog‘liq.Undan tashqari ular himoya kuchlarini,to‘qimalarni qayta tiklanishi,oziqlanish faoliyatini oshiradi. Adaptotsion va deztoksikatsion jarayonlarni tartibga soladi.
Qariyalar farmakoterapiyasining o‘ziga xosligi.
Yuqorida aytilgandek, geriatrik bemorlarning farmakoterapiyasiga alohida e’tibor berilishi va dorilarning so‘rilish jarayonida o‘zgarishlarni hisobga olish lozim (ayniqsa peroral usul bilan iste’mol qilinadigan dorilar uchun). So‘rilish jarayonining darajasi va tezligi nisbatan ancha past bo‘lganligi uchun dorilarning oshqozon-ichak shilliq pardalariga maxalliy salbiy ta’siri (yallig‘lanishlar, yaralar) nisbatan yuqori bo‘ladi. Ikkinchidan, uzoq vaqt oshqozon-ichak yo‘llarida qolib ketganligi sababli ularning gidrolitik parchalanish darajasi xam nisbatan ko‘p bo‘ladi va farmakoterapevtik ta’sirini kamayishiga sabab bo‘ladi.Ya’ni o‘ziga xos tarfi geriatrik dorilar tarkibiga albatta so‘rilish jarayonini tezlashtiruvchi yordamchi moddalar qo‘shish tavsiya etiladi(tenzidlar).Tenzidlar sifatida har xil SFM lar ishlatiladi:tvinlar,letsitin,emulgator T-2,natriy lauril sulfat,dimeksid va h.k. Shuning uchun geriatriya amaliyotida ayrim preparatlarni ishlatilishi cheklangan bo‘ladi yoki umuman ishlatilmaydi. Undan tashqari organizmga kerak bo‘lgan xar-xil biofaol moddalar etarli darajada organizmga so‘rilmaydi va geriatrik yoshdagi kasallarda ko‘pincha shu moddalarning organizmda etishmovchiligi kuzatiladi. Shularni xisobga olgan xolda geriatrik dorilarni yaratishda albatta shu muammolarga e’tibor berilishi lozim.
Undan tashqari geriatrik dorilarni yaratishda aloxida e’tibor yordamchi moddani tanlashga beriladi. Qo‘shiladigan yordamchi moddalarning vazifasi dori turining texnologik xususiyatini ta’minlash birga ta’sir etuvchi moddaning qarigan organizmga salbiy ta’siri kamayishiga yoki bu ta’sirni oldini olishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
Misol: Geriatriya amaliyotida taklif etilgan va makro va mikroelementlar saqlaydigan (K , Sa , Si , Mp , Zp , So ) tabletkalar tarkibida yordamchi moddalar sifatida quruq kazein va dekstran tanlangan. Bu erda tanlangan yordamchi moddaning vazifasi shu makro va mikroelemantlarni oshqozon shilliq pardalarini saqlash va so‘rilish jarayonini tezlashtirish. Dekstran YUMB va uning eritmasi qovushqoq bo‘lib, oshqozon shilliq pardalarini metallarning maxalliy yallig‘lantiruvchi ta’sirini kamaytiradi. Kazein esa metallar bilan kazeinatlar xosil qilib, ularni so‘rilishini tezlashtiriladi. Natijada umumiy salbiy ta’siri bo‘lmaydi va dorilarning terapevtik ta’siri yuqori bo‘ladi. Geriatrik kasallarga mo‘ljallangan seduksenning in’eksion eritmasini tarkibiga Poloksamer-188 yordamchi modda qo‘shiladi, uning vazifasi seduksenni eritmalarda kristalizatsiyasini oldini olib , trombozlarni sodir bo‘lishiga to‘siq bo‘lishi.
Yuqoridagilardan tashqari geriatriya amaliyotida dorilarni salbiy ta’siri oldini olish yoki kamaytirish maqsadida ularni iste’mol qilishiga e’tibor beriladi.
Masalan: tabletkalarni maydalab suvda eritib ichish yoki ayrim preparatlarni (maxalliy yallig‘lantiruvchi ta’sirga ega bo‘lgan) ASK, butadion steroidlar sut bilan birga iste’mol qilish.
Undan tashqari qariyalar organizmida vitamin, aminokislota miqdori ko‘pincha etarli darajada bo‘lmaganligi sababli geriatriya dorilarni biologik faol moddalar bilan boyitish maqsadga muvofiq deb xisoblanadi.
Geriatriya amaliyotida qo‘llaniladigan dori vositalar uchta guruxga bo‘linadi:
I gurux A-geroprotektorlar
II gurux B-asosiy kasalni davolash uchun beriladigan dorilar
III gurux V-bu guruxga geriatriyada ishlatilishi cheklangan preparatlarni buy oshdagi kasallarga ko‘pincha salbiy ta’sir ko‘rsatadigan dorilar.
I gurux A-geroprotektorlar qarishning profilaktikasiga mo‘ljallangan dorilar: biologic faol moddalar ular organizmining himoya kuchlarini oshiradigan modda almashinuvini yaxshilaydigan.
Geroprotektorlarga vitamin preparatlar (kvadevit, undevit,tokoferolatsetat, vitamin A, dekamevit) aminokislotalar (metionin) va boshqa biofaolmoddalar (jenshen nastoykasi, eleuterokokk ekstrakti, askorbin kislotasi, retinol, retobolil).
II Gurux B-vrach ko‘rsatmasiga binoan kasalni davolash uchun kerak bo‘lgan dorilar
III Gurux V-maxsus gurux. Bu guruxga geriatriya amaliyotida ishlatilishi cheklangan yoki umuman ishlatib bo‘lmaydigan dorilar kiritilgan.Qariyalar organizmiga yuqori darajada salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lganligi uchun ularni ayrim yoshga etgandan keyin berish maqsadga muvofiq emas.Masalan, 50 yoshdan keyin: ammifurin, margumish preparatlarini 60 yoshdan keyin: psoberan, teturam;75 yoshdan keyin: apomorfin, kortikosteroidlar, kofein, morfin, kuprenil berish mumkin emas.
M. Beers mezonini kuyidagi kategoriyalarga tasniflash mumkin:
1. 65 yoshdan katta bo‘lgan bemorlarga berilishi taqiqlangan preparatlar;
2. Dozasi, berish tartibi va muddati bilan oddiy preparatlardan farqli cheklangan preparatlar.
M. Beers mezoni 2003 yilda qayta ko‘rib chiqilgan va undan eskirgan dori prepartlari chiqirilgan va yangilari qo‘shimcha tarzda kiritilgan (1 va 2-jadvallar).
1-jadval
|