• “Loyixa”
  • Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги




    Download 13,81 Mb.
    bet20/117
    Sana23.07.2021
    Hajmi13,81 Mb.
    #15896
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   117
    1-jadval

    Organoleptik tahlil o‘tkazish uchun standart eritmalarning ta’mini ta’riflash




    Asosiy ta’m

    Harf bilan ifodalash

    Ta’m kuchi

    Son indeksi

    Ta’mni ifodalovchi moddalar

    Modda konsentrat-siyasi

    %


    Achchiq

    A

    Achchiq emas

    Nim achchiq

    Achchiq

    Juda achchiq



    1

    2

    3



    4

    Tozalangan suv

    Xinin eritmasi

    -“-

    -“-


    -

    0,0002


    0,0025

    0,015


    Nordon

    N

    Nordon emas

    Nim nordon

    Nordon

    Juda nordon



    1

    2

    3



    4

    Tozalangan suv

    Limon kislotasi

    -“-

    -“-


    -

    0,02


    0,5

    2,0


    Sho‘r

    Sh

    Sho‘r emas

    Nim sho‘r

    Sho‘r

    Juda sho‘r



    1

    2

    3



    4

    Tozalangan suv

    Natriy xlorid

    -“-

    -“-


    -

    0,1


    2,0

    4,0


    Shirin

    O

    Shirin emas

    Nim shirin

    Shirin

    Juda shirin



    1

    2

    3



    4

    Tozalangan suv

    Qand

    -“-


    -“-

    -

    0,38


    15,0

    30,0


    2-jadval


    Bolalarga mo‘ljallangan turli dori vositalarni ta’mini ta’riflash

    Nomi

    Dori shakli

    Xarf va son indekslari

    T’am formulasi

    Umumiy ta’mi

    A

    N

    SH

    O

    Vikalin

    Tabletka

    4

    -

    -

    -

    A4

    O‘ta achchiq

    Aloe temir bilan

    Sirop

    2

    3

    -

    3

    N3O3A2

    Nordon-shirin, nim-achchiq

    Kaliy atsetat

    Eritma

    -

    2

    -

    3

    O3N2

    Shirin, nim- nordon

    Paratsetamol

    Granulalar

    -

    2

    -

    3

    O3N2

    Shirin, nim- nordon

    Kalmagin

    Granulalar

    -

    -

    -

    3

    O3

    Shirin

    Xozirgi paytda farmatsevtika sanoatida keng qo‘llaniladigan korri- gentlar vakillari qurib chiqamiz. Ular Evropa mamlakatlarida, AQSH, Yaponiyada ishlatishga ruxsat etilgan:3

     Farmatsevtika sanoatida qo‘llaniladigan ta’m va  hidni yaxshilovchi korrigentlar 

    Sharbatlar:

    Sharbatlar suyuq dori shaklini korrigirlashda eng universal bo‘lishi bilan pediatriyada amaliyotida ham keng qo‘llaniladi.

    Biofarmatsevtik izlanishlar natijalari sharbatlarni korrigirlovchi moddalar sifatida qo‘llanilishi maqsadga muvofiqligini tasdiqlagan.

    Bromidlar, xloridlar, sulfatlar va boshqa preparat-larning yoqimsiz mazasini korrigirlashda olchali va qoraqat-dan tayyorlangan (sharbatlar) kiyomlar juda yuqori korri-girlash kuchiga ega ekanligini aniqlandi.



    Hozirgi paytda keng qo‘llaniladigan sharbatlar

    Apelsin, olcha, kakao, limon, malina, qand, chuchukmiya ildizi, qora smorodina, gulhayri. Sharbatlar kand,, organik kislotalar, mevali efirlar saqlaganligi uchun kuchli korrigirlovchi xususiyatga ega bo‘lib, ko‘pincha dorilarni achchiq mazasini niqoblash uchun tavsiya etiladi.CHunki 73%bolalar shirin mazali dorilarni xush ko‘radi.Lekin ayrim preparatlarning turg‘unligiga va so‘rilishiga sharbatlarning salbiy ta’siri haqida ma’lumotlar bor. SHuni hisobga olgan holda korrigentlarni dori turiga qo‘shilishi albatta, biofarmatsevtik nuqtai nazardan asoslanishi shart.



    Efir moylari:

    Arpabodiyon, apelsin, bergamot, chinnigul, geran, kardamon, koriandr, lavanda, limon, yalpiz, rozmarina, pushti, timyan, ukrop,evkalipt


    Mevali essensiyalar:

    Limon, olcha, nok



    Nastoykalar:

    Apelsin (xushbuy), vanil, kardamon

      Eritmalar, xushbo‘y suvlar, shiralar:

    Sorbit eritmasi, qalampir yalpiz suvi, koritsa suvi, pomerans suvi, pushti suv, fenxel suvi, olcha, malina shirasi, sitruslar shirasi



    Spirtlar:

    Murakkab apelsin, benzaldegid, lavanda, limon, qalampir, yalpiz

      Ekstraklar:

    Chuchukmiya ildizi, suyuq timyan, suyuq eriodiktion

      Eliksirlar:

    Hushbo‘y izoalkogol, toluan balzami, murakkab benzaldegid



    Shilimshiqlar (quyuqlashtiruvchilar):

    Agar, natriy alginat, pektin,agaroid

    Qovushqoqlikni oshirish yo‘li bilan dorilarni mazasini yaxshilash YUMB makromolekulalarini dori moddani bevosita ta’m retseptorlarini kontaktini oldini oladi.

    Tabiiy korrigentlar


    1. Saxaroza

    Aniqlangan 73% bolalar shirin t’amni yoq`tiradi. Ko‘p yillar davomida dorilarni asosiy korrigenti sifatida saxaroza qo‘llanilib kelgan,ayrim sabablarga ko‘ra (arzon,topilishi oson).Lekin shirinlashtiruvchi potensiali pastligi uchun saxarozani dorilarga ko‘p miqdorda kiritilishi zarurligi tug‘iladi.

    Masalan,dimedrolni achchiq mazasini niqoblash uchun saxarozaning nisbati 1:50/1:100 bo‘lishi kerak.Undan tashqari ayrim xolatlarda ,dorini so‘rilishini va faolligini salbiy ta’siri namoyon bo‘lishi aniqlangan.Qand diabeti bilan kasallangan bemorlarga tavsiya etilmaydi.

    Shuning uchun,boshqa qandlar va sintetik shirinlashtiruvchilar (jadval №2)qo‘llaniladi.Masalan,Saxarin-300-500 marta kuchli

    Glitsin -1.5 marta kuchli

    Aspartam-100-300 marta

    Glitsirrizin -50-100 marta

    Glyukoza va fruktoza qiyomi 12-16 marta

    Boshqa qandlardan:

    Vanil, glyukoza, , dekstrin, ksilit, mannit, laktoza (sut qandi), sorbit, fruktoza, maltoza, levuloza, asal

    Sintetik korrigentlar:

    Anetol, aspartam, benzaldegid, glitsin, vanilin, natriy glutamat, dulsin, mentol, metilsalitsilat, saxarin, natriy saxarinat, kalsiy saxarinat, timol, natriy siklamat, kalsiy siklamat, etilatsetat, etilvanilin, limon kislotasi, glitserin



    1. Korrigentlarni bolalarga mo‘ljallangan dorilarda qo‘llash asoslari

    Pediatriya amaliyotida korrigentlarni ishlatilish bo‘yicha kuyidagi tavsiyalar keltirilgan:

    1. dorilarni achchiq mazasini niqoblash uchun:

    a) olcha , limon, qand, malina sharbatlari;

    b) apelsin , yalpiz va arpabodiyon efir moylari;

    c) tabiiy moddalar - asal;

    Rang korrigentlari

    Korrigentlarni ta’mini,hidini va rangini yaxshilash maqsadida qo‘shiladi.Rang bolalar amaliyotida katta psixologik axamiyatga ega.Tajribalar asosida aniqlangan:

    7-12 yoshli bolalarga,ko‘pincha eng yoqimli ranglar: qizil, havorang, binafsharang.

    Yaxshi ijobiy ta’surot qoldiradigan ranglar:ko‘k,pushti,zarg‘aldoq ranglar.

    Lekin rangsiz,qora ranglar ularda salbiy reaksiya chaqiradi.Shuning uchun dorilar rangiga ham e’tibor berish lozim.

    Rangni yaxshilovchi korrigentlar dori turlariga xar xil, bolalarga yoqimli, rang berish uchun mo‘ljallangan.Ular tabiati bo‘yicha 2 ta guruhga bo‘linadi:

    1.Tabiiy moddalar:antotsianlar,xlorofill,karotinoidlar.

    2.Sintetik moddalar:turli hil eruvchan (laklar),va erimaydigan (pigmentlar).



    Keng qo‘llaniladigan korrigentlar:

    Amarant, Ruberozum, Tartrazin,Karmin, Shafran, Indigo,Karotin



    Boshqa yordamchi moddalarni qo‘llanilishi

    Asosiy talab –ularni iloji boricha tabiiylarni qo‘llanilishi, miqdori mu’tadil bo‘lishi, DM farmakologik ta’sirini va turg‘unligini pasaytirmasligi lozim. Ulardan: stabilizatorlar va konservantlarni keltirish mumkin.



    Konservantlar

    Ularning miqdori chegaralangan bo‘lishi kerak, ayniqsa 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda.Keng qo‘llaniladi sorbin kislotasi ( nisbatan bezararligi uchun).

    Etil spirti zaruriyat bo`lsa 20%gacha va faqat 15 yoshdan oshgan bolalarda tavsiya etiladi (chunki yosh bolalarda aldegiddegidrogenaza(spirtmetabolizmiga javobgar) fermenti yo‘q. Yana qo‘llanilishi mumkin:

    natriy benzoat, benzoy kislotasi.



    Korrigirlangan bolalar uchun yaratilgan dorilar nomenklaturasi

    Siroplar (qiyomlar) eng qulay peroral bolalarga mo‘ljallangan dori turidir.

    Bolalar uchun mo‘ljallangan siroplar-bu turli dori moddalar aramatizatorlar qo‘shilgan saxarozaning konsentrlangan eritmalari.


    1.Piperazin adipinat siropi:

    Piperazin adipinat 5,0

    Limon kislotasi 2,0

    Qand qiyomi 72,9

    Natriy benzoat 0,1

    Suv 20 ml


    Bu tiniq,och sariq rangli,nordon-shirin ta’mli,hidsiz suyuqlik.Bolalarda enterobiozda qo‘llaniladi.

    1.Gematin siropi

    Tarkib:


    Siankobalamin 0,041

    Askorbin kislotasi20,0

    Temir glyukonat 17,0

    Aromatizator va natryi sitrat kerakli miqdorda

    Sorbitol eritmasi 1 l gacha

    Texnologiya:temir glyukonatni sorbit eritmasida eritiladi.So‘ng eritmani uy haroratigacha sovutib sianokobolamin va aromatizator qo‘shiladi.Eritma natriy sitrat qo‘shish yo‘li bilan pH 4 gacha olib boriladi.Filtrlanadi,standartlanadi.

    2.Temir sulfat siropi

    Tarkib:


    Temir sulfat 135,0

    Limon kislotasi 12,0

    Sorbit eritmasi 350 ml

    Glitserin 50 ml

    Natriy benzoat 1, 1

    Aromatizator kerakli miqdorda

    Suv 1 l gacha

    Texnologiya:temir sulfat va natriy benzoat 400 ml suvda eritiladi va glitserin,sorbit eritmasi,limon kislotasi eritmasi bilan (50 ml suvda eritilgan) aralashtiriladi. So‘ng unga aromatizator qo‘shiladi va suv 1000 ml gacha qo‘shiladi.

    Eliksirlar

    Eliksirlar-faol moddalar,ko‘p atomli spirtlar saqlovchi,shirinlashtirilgan va hushbo‘ylantirilgan suv-spirtli sistemalar. Asosan eliksirlarda mo‘tadil saxaroza yoki sorbit konsentratsiyasi 40% ni tashkil etadi.Erituvchi sifatida ularning tarkibiga 20-30% etil spirti qo‘shilishi mumkin.Solyubillovyai modda (kam eruvchan moddalarni eruvchanligini oshirish) sifatida tvin-80 qo‘llaniladi.

    Fenobarbital eliksiri:

    Tarkib:


    Fenobarbital 4, 0

    Apelsin moyi 0,25

    Amarant eritmasi 10ml

    Etil spirti 200ml

    Glitserin 100ml

    Qand qiyomi 600ml

    Suv 000ml gacha

    Texnologiya: fenobarbital spirtda eritiladi,so‘ng ketma ketlikda glitserin,apelsin moyi,shakar qiyomi va amarant eritmasi qo‘shiladi.Eritma aralashtiriladi va qolgan suv qo‘shiladi,filtrlanadi.

    Granulalar

    Granulalar--bolalar amaliyotida keng qo‘llaniladigan dori turidir.

    Hozirgi vaqtda granulalangan poroshoklar keng ishlatiladi.Shu dori turi o‘ziga xos ijobiy taraflarga ega:

    -suv va organik erituvchilarni saqlamaydi,shuning hisobiga ularda deyarli mikrobiologik va fizik –kimyoviy jarayonlar kuzatilmaydi;

    -ishlatishdan oldin eritishga mo‘ljallangan bo‘lganligi uchun turli yordamchi moddalarni qo‘shish zaruriyati bo‘lmaydi,bu esa texnologik jarayonni osonlashtiradi;

    -ko‘p xollarda himoyalovchi jixoz (qopqoqlar) imkoniyati.

    Granulalar ekstempore turli bolalar uchun mo‘ljallangan dorilarni yaratishga asos bo‘ladi (sirop,suspenziya).



    Etazol-natriy granulalari:

    Tarkib:


    Etazol-natriy 0,2 qism

    Qand 5,745 q

    Ruberozum 0,01 q

    Natriy xlorid 0,03 q

    Malina essensiyasi 0,015 q
    Pushti rangli granulalar o‘ziga xos xidli,flakonlarda 60;120; yoki 240 g dan qadoqlangan holda chiqariladi.

    Texnologiya:tayyorlangan dori modda va to‘ldiruvchilar aralashmasi malina essensiyani saqlovchi bo‘yalgan qand qiyomi bilan namlanadi. Nam massa 3 mm li elak orqali granulyasiya qilinadi. va 40 o C da quritiladi.

    Qo‘llanilishi:dizenteriya,sistitlarda,pnevmoniya.

    Qo‘llash tartibi:flakonga qadoqlangan granulalar yangi qaynatilgan suv ( 30-40 o C) va belgisigacha quyiladi ( 100 ml gacha).


    Nazorat savollari**

    1. Bolalarga mo‘ljallangan dorilar tasnifi va ularga qo‘yilgan asosiy talablar

    2. Bolalarga mo‘ljallangan dorilarni korrigirlashning asosiy yo‘na-

    lishlari


    3.Bolalarga mo‘ljallangan dorilarni texnologik usullar yordamida

    korrigirlashga asosiy yondashish

    4. Bolalarga mo‘ljallangan dorilarni yaratishda qo‘llaniladigan

    korrigentlarga qo‘yilgan asosiy talablar, tasnifi

    5.Korrigentlarni asosiy vakillarining ta’rifi

    6. Korrigirlash asoslari. Dorilarni ta’mini aniqlash usullarini ta’rifi, tasnifi

    7. Harf va son indekslari bo‘yicha ta’mni baholash usuli

    8. Korrigentlarni bolalarga mo‘ljallangan dorilarda qo‘llash asoslari


    ** Nazorat savollarimuxokamasi zamonaviy pedagogik texnologiyalarning “Loyixa” uslubida olib boriladi.

    Bajarish uchun amaliy topshiriqlar
    I. Bolalarga mo‘ljallangan dorilar kolleksiyasi, annotatsiyalari va tarqatma materiallar bilan tanishish va ular asosida pediatrik korrigirlangan dorilarga misollar keltirish.


    Download 13,81 Mb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   117




    Download 13,81 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги

    Download 13,81 Mb.