2.1. Dorilarni ta’mini aniqlash usullari
Kichik (minimal) konsentratsiyalar usuli: Bu usul bo‘yicha preparatning 10 ta konsentratsiyasi oldingisiga ko‘ra 1:1,5 nisbatda tayyorlanadi va korrigirlovchi modda bilan suv muhitida ta’mi o‘rganiladi. Eritmalarning ta’midagi farq korrigirlovchi moddaning niqoblash qiymatini belgilaydi. Qanchalik farq katta bo‘lsa, shuncha korrigirlovchi moddaning potensiali yuqori deb hisoblanadi.
Sonli indekslarni aniqlash usuli:Dori moddaning asosiy ta’mi ballarda belgilanadi - 0 dan 5 gacha. Yuqori indeks ko‘rsatkichi muhitning niqoblash kuchini ifodalaydi.
Korrigirlovchi moddalarni organoleptik usulda baholash (prof. A.I.Tensova taklif etgan usul):Bu usul tajriba o‘tkazilayotganda sezish va his etish kuchini farqlash qobiliyatiga asoslangan. Organoleptik baholash bir guruh ko‘ngillik shaxslarda (20 ta odam) 5 ballik sistema bo‘yicha o‘rtacha arifmetik qiymatni aniqlash bo‘yicha olib boriladi. Bunda qanchalik son ko‘rsatkichi yuqori bo‘lsa, shunchalik korrigirlovchi moddaning ta’siri yuqori deb hisoblanadi.
A.I.Egorov tomonidan taklif etilgan harf va son indekslari bo‘yicha ta’mni baholash usuli. Ta’mni to‘g‘ri va ob’ektiv ravishda niqoblash maqsadida “ta’m formulasi” tushunchasi taklif etilgan. Preparatning asosiy organoleptik ta’m ko‘rsatkichlari harf va son indekslari bilan baholanadi va “ta’m xaritasi” tuziladi, bu esa tajriba nihoyasida dori vositaning umumiy ta’m formulasini aniqlashga imkon beradi.
Bunda ta’mni xis qilish shartli quyidagi harflar bilan ifodalanadi:
O-shirin
N-nordon
A-achchiq
Sh-sho‘r
Lekin moddalarning ta’mi 4ta ta’m elementlaridan boyroq bo‘lganligi uchun,ko‘pincha shu elementlarning majmuasi bilan ifodalanadi.
Asosiy ta’mni to‘ldiruvchi qo‘shimcha ta’m (privkus)hisobga olinadi.va dorini umumiy baholashda quyidagi terminlar qo‘llanilishi mumkin:
NO-nordon-shirin
ASh-achchiq-sho‘r va shunga o‘xshash.Bunda 1-chi xarf asosiy ta’m ustunligini ifodalaydi.
Ammo murakkab ta’mlarga faqat harflar bilan ifodalash etarli bo‘lmaydi,chunki ayrim bir ta’mning o‘tkirligi his darajasi har hil bo‘lishi mumkin.Minimal konsentratsiyalar faqat kam sezilarli ta’m hissiyotlarini chaqirishi mumkin.Katta dozalarda esa yaqqol sezilar ta’m hissiyotga sababchi bo‘ladi.
Masalan,shirin ta’m-kam sezilarli yoki (pritornыy) o‘ta shirin va bolaga yoqmaslik.
Shuning uchun ta’mni o‘tkirligi kuchini ifodalash uchun yana son ko‘rsatkichlari ham qo‘llaniladi (indekslar).Ular asosiy ta’mni ifodalovchi raqamdan so‘ng keltiriladi.
Masalan: Achchiq bo‘lmagan
Sho‘r bo‘lmagan
Nordon bo‘lmagan larda indeks =1 bu suvga mos keladi
Indeks-2 ga esa nim achchiq
Nim sho‘r
Nim nordon
Nim shirin to‘g‘ri keladi.
Bu esa minimal konsentratsiya to‘g‘ri keladi va engil sezilarli ta’mga mos bo‘ladi.
Buni quyidagi etalonlar bilan solishtirish mumkin:
A2-0,0002% suvli eritma xinin g/x
N2- 0,02 limon kislota suvli eritmasi
Sh2-natriy xlor 0,1% suvli eritmasi
O2-saxarozaning 0,38% eritmasi
3-indeks bilan achchiq,nordon,sho‘r,shirin ta’m to‘g‘ri keladi (ifodalanadi) ya’ni odam odatda o‘rgangan me’yordagi ta’mlar.Bu ta’mlar odatda salbiy emotsiyalarni chaqirmaydi.
4-indeks bilan esa o‘ta kuchli ta’m effekti ifodalanadi.Bularga juda achchiq,juda shirin,juda sho‘r,juda nordon ta’mlar kiradi.Ular esa odamda salbiy (noxush) hissiyotlarni chaqiradi.
Yuqoridagi ma’lumotlarga asoslanib bolalar uchun mo‘ljallangan dorilarni korrigirlash masalasiga to‘g‘ri ilmiy yondashuv bo‘ladi.Misollar 1-2 jadvallarda keltirilgan.
|