|
6 ameliy Maylı ekstraktlar, fitomoylar Efir mayları saqlaǵan fitopreparatlar
|
bet | 1/3 | Sana | 09.12.2023 | Hajmi | 17,15 Kb. | | #114166 |
Bog'liq 6 ameliy
6 ameliy
Maylı ekstraktlar, fitomoylar
Efir mayları saqlaǵan fitopreparatlar (aromaterapiya).
Achchiq bodom xushbuy suvi (Aquae Amygdalarum amararum). Achchiq bodom xushbóy suvi sovuq usulda moysizlantirilgan achchig bodom magizi kunjarasidan olinadi:
Aquae destillatae 20 g Spiritus aethilici 3 g Olish texnologiyasi:
Tayyorlash texnologiyasi: 12 g xom ashyo jips berkitiladigan idishga solinadi, ustiga 20 qism xona haroratidagi suv quyib, aralashtirib, 12 soatga qoldiriladi. Bunda magizdagi emulsin fermenti amigdalin glikozidini benzaldegidsiangidrin va glyukozaga parchalaydi. 12 soatdan keyin massa suv buǵi bilan haydash asbobiga ótkaziladi. Bunda buǵ bilan uchuvchan moddalar ajralib chiqadi va sovutgich orqali ótib, uch qism etil spirti solingan qabul qilish idishida 12 qism bólguncha yiǵiladi.
Ikkinchi idishga yana 3 qism mahsulot xaydab olinadi. Keyin ikkala idishdagi mahsulot tarkibidagi vodorod sianid miqdori aniqlanadi.
Tayyor mahsulotda sianid kislotasi 0/1%, etil spirti 20-22% bólishi kerak.
Xom ashyo sifatida sovuq, usulda yoǵsizlantirilgan achchiq bodom magizi kunjarasi olinishidan maqsad, uning tarkibida emulsii fermenti bólib, u xom ashyo tarkibidagi amigdalinning benzaldegidsiangidrin va glyukozaga parchalanishini ta‟minlaydi. Xom ashyo issiq usulda yeǵsizlantirilganda esa bu ferment parchalanib ketadi. Yiǵish idishidagi etil spirti benzaldegidsiangidrin va erkin vodorod sianidni gidrolizdan saqlaydi.
Issiq usulda yoǵsizlantirilgan achchiq bodom magizidan ham preparat tayyorlash mumkin. Buniig uchun issiq usul bilan olingan kunjaradan 2 qism olib, unga 1 qism sovuq usulda olingani qóshiladi va yuqoridagidek tayyorlanadi.
Achchiq bodom xushbóy suvi órniga taflon ósimligi bargidan olingan taflon suvi (Aqua Laurocerasi) ishlatiladi. Xuddi shu maqsadda danakli mevalar (shaftoli, olcha va xokazolar) magizidan ham foydalanish mumkin. Bu usulda sanoat miqyosida olib, mamlakat ehtiyojini qondirish katta kiyinchiliklar tuǵdiradi. 99,9% suvdan iborat bólgan mahsulotni uzoq masofalarga tashish maqsadga muvofiq emas. Undan tashqari tayyorlash jarayonida haydash asbobidagi sovutgichdan tóplagichga ótish joylari kumush bilan qoplangan bólishi kerak, aks holda erkin vodorod sianid xisobiga noxushliklar (asbob qismlarining yemirilish) róy beradi.
Achchiq bodom suvining uning konsentratidan tayyorlash maqbulroqdir. Achchiq bodom efir moyining 95% li spirtdagi eritmasi (1,6% vodorod sianiddan iborat) dorixona sharoitida 45% li etil spirti bilan 1:16 nisbatda suyultirib ishlatiladi. Bu rangsiz, deyarli tiniq, achchiq bodom hidi kelib turadigan, biroz nordon reaksiyaga (metiloranj bóyicha) ega bólgan suyuqlikdir. Tarkibida vodorod sianid miqdori 0,09-0,11% bólib, shu jumladan erkin holdagisi 0,02% dan ortiq bólmasligi kerak.
Ehtiyotlik bilan «B» róyxatidagi oǵzi yaxshi berkitilgan shisha idishlarda, salqin joyda saqlanadi. Ogriq qoldiruvchi va asabni tinchlantiruvchi dori sifatida ishlatiladi. Preparatni saqlash shartiga rioya qilinmasa yoki kórsatilgan muddatini ótagan bólsa, benzaldegidsiangidrin gidrolizga uchrashi mumkin. Hosil bólgan benzaldegid oksidlanib, polimerlanishi natijasida benzoin xosil qilishi mumkin. Bunda suyuqlik loyqalanib, yot hid paydo bóladi va benzoin kristall holida chókmaga tushishi mumkin.
Efir moylarini suvda eritib tayyorlanadigan xushbо‘y suvlar. Efir moylarini suvda eritish dispergirlash, emulsiya hosil qilish va G. A. Vaysman usullari orqali amalga oshiriladi. Kuchli hidga ega bólgan efir moylari (atir gul, pomerans moyi) dan 1:4000, qolganlaridan esa 1:1000 nisbatda tayyorlanadi.
|
| |