Mavzuni o‘zlashtirishini tekshirish
Test nazorat savollari
Infuzion eritmalar nima?
a. 10 ml gacha bo‘lgan sterillangan eritma b. 20 ml gacha bo‘lgan sterillangan eritma
c. suvsiz erituvchilarda tayyorlangan eritmalar d. 100ml va undan ortiq parenteral yuboriladigan steril eritmalar
2.Qaysi in’eksiya eritmalari izogidrik bo‘lishlari shart
a. hammasi b.barcha infuzion eritmalar
c. agar retsept yoki MHlarda ko‘rsatilgan bo‘lsa
d. vena qon tomiriga yuboriladigan eritmalar
3.Infuzion eritmalarga qo‘yilgan zamonaviy talablar
a. apirogen, steril
b. apirogen, steril, mexanik iflosliklardan holi bo‘lishi, izotonik
c.steril, apirogen, mexanik iflosliklardan toza, izotonik, turg‘un, izoionik, izogidrik, izoplastik, izoosmolyar
d.Izoosmolyar, steril, apirogen, turg‘un
4. Infuzion eritmalar tarkibiga kaliy, natriy, kalsiy va magniy ionlari nima uchun ko‘shiladi?
a) izotonik bo‘lishi uchun b. izogidrik bo‘lishi uchun
c. izoionik bo‘lishi uchun d. izoosmolyar bo‘lishi uchun
5. Natriy xlorid eritmasining qovushqoqligini qon qovushqoqligi bilan bir hil qilish uchun nima qo‘shiladi?
a) yuqori molekulyar birikmalar b. glyukoza
c. kaliy, natriy, kalsiy va magniy ionlari d. dekstran;
6. “Osmolyarlik”nita’riflang?
a. eritmaning osmotik bosimiga aloqador makro va mikro ionlarning kinetik faol zarrachalarining konsentratsiyasini yig‘indisi;
b. eritmaning izogidrik holatini belgilaydigan vodorod va gidroksil ionla ryig‘indisi;
c. eritmaning izoionik holatini ta’minlaydigan ionlar (natriy, kaliy, kalsiy va magniy) yig‘indisi;
d. eritmaning qovushqoqligini ta’minlaydiganYUMB konsentratsiyasi;
7. Qon zardobining osmolyarligi nechaga teng?
a. 285+5mosm/l b. 295+5mosm/l
c. 300+5mosm/l d. 275+5mosm/l
8. Osmolyar konsentratsiya qaysi asbobda o‘lchanadi?
a. aylanuvchi kajava asbobida b. viskozimetr asbobida
c. osmometr asbobida d.areometrda
|