• -Gidrolizin
  • 2. Oziqlantiruvchi parenteral emulsiyalar
  • Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги




    Download 13,81 Mb.
    bet46/117
    Sana23.07.2021
    Hajmi13,81 Mb.
    #15896
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   117
    1. Oqsil manbalari

    Bu turdagi IE oqsillar almashinuviga oson kirishadi va oqsillar etishmovchilik xolatlarida (operatsiyalar, ichak-oshqozon patologiyalari, intoksikatsiyalar va tabiiy ovqatlanishga imkon bo‘lmasa) etarli oziqa bo‘ladi. Ularning asosiy vakillari:



    -Gidrolizin- yirik mollarning qon oqsillarini kislotali gidroliz yo‘li bilan olingan va glyukoza ( 1,6-2,2 %) qo‘shilgan preparat

    -Aminopeptid- yirik mollarning qon oqsillarini fermentativ gidroliz yo‘li bilan olingan preparat.

    -Kazein gidrolizati- sut oqsillarini kislotali gidroliz yo‘li bilan olingan preparat.

    - Infuzamin- aminokislotalarni manbai bo‘lib, odam qonining oqsillarini chuqur gidroliziz yo‘li bilan olinadi va tarkibiga sintetik aminokislotalar qo‘shiladi

    2. Oziqlantiruvchi parenteral emulsiyalar

    Parenteral oziqlantiruvchi emulsiyalar bu neytral yog‘larni suvli muxitdagi yuqori dispers geterogen sistemalar.

    Ular muhim axamiyatga ega organizm uchun: ular modda almashinuv jarayonlarida qatnashadilar va boy energiya manbasi hisoblanadi (ya’ni yuqori darajada kaloriyali).

    Ular asosan o‘simlik moylar, apirogen suv, emulgator, izotonik xolatiga keltiruvchi, antioksidantlar (moyli fazani oksidlanishini oldini olish uchun)lardan tashkil topgan bo‘ladi.

    Oziqlantirish uchun: masalan 1 g yog‘ 9 -10 kkal ta’minlaydi, demak 500 ml emul’siya – 1 sutkagacha bemorni energiya bilan ta’minlash mumkin.

    Bunday EI da muhim ko‘rsatkichlar hisobga olinish zarur:

    yuqori disperslik, yani tomchi 0,8-1 mkm dan katta emas;

    yuqori turg‘unlik.

    Zarrachalarning kerakli katta – kichikligini ta’minlash uchun mexanik va ultratovush dispergirlash usullari ishlatiladi.

    Bunda emulsiyani tayyorlash uchun ko‘pincha o‘simlik moylari asosan, soya, paxta, kungaboqar, kunjut ishlatiladi.

    Yuqori turg‘unlikni ta’minlash maqsadida emulgatorlar sifatida fosfolipidlar qo‘llaniladi. Ular tuxum sarig‘idan ( letsitin), yirik molning bosh miyasida (fosfatidilxolin, fosfatidiletanolamin, fosfatidilserin)dan olinadi.

    Sterilizatsiyasi ultrafiltratsiya usulida membranali filtrlar orqali amalga oshiriladi.

    Keng qo‘llaniladiganlardan:

    Intralipid (SHveysariya)– 10 % soya moyining emulsiyasi + 2,5 % glitserin va 1,2 % letsitin

    Lipofundin (Finlandiya) –15 % paxta moyining emulsiyasi + 4 % glyukoza

    Lipidin 1 – 10 % kungaboqar moyi emulsiyasi, fosfatidilxolin bilan turg‘unlashtirilgan.

    Lipidin 2 – 20 % kungaboqar moyi emulsiyasi, fosfatidilxolin bilan turg‘unlashtirilgan.

    4. Venolipid (YAponiya).




    Download 13,81 Mb.
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   117




    Download 13,81 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги

    Download 13,81 Mb.