Ko‘z uchun eritmalar
Bu gurux yuvish uchun eritmalar, namlash uchun eritmalar, KT va oftalmologik in’eksion preparatlardan tashkil topgan.KT ularning qatorida eng keng qo‘llaniladigani, oddiysi hisoblanadi va suvli yoki moyli eritma yoki yuqori dispers suspenziyalardan iborat.
KT talablar:sterillik; iIzotonik bulishi; mexanik qo‘shimchalardan tozalanganligi; turg‘unligi; dozani aniqligi; yallig‘lantiruvchi ta’siri bo‘lmasligi.
Kerak bo‘lsa qo‘shimcha talablarga xam javob berishi:
- ta’siri uzaytirilganligi;
izogidrik bo‘lishi.
Ko‘z tomchilarining sterilligini ta’minlash
Ko‘z suyuqligi tarkibidagi lizotsim fermenti kon’yuktivaga tushgan mikroorganizmlarni parchalash ( lizis xisobiga) qobiliyatiga ega.
Patologik xolatlarda lizotsimning miqdori pasayishi kuzatiladi va ko‘z shilliq qavatlari mikroorganizmlardan etarli ximoyalangan bo‘lmaydi.
Sterilligiga erishish uchun: in’eksion eritmalarga o‘xshash aseptik sharoit va sterillash jarayonini MX keltirilgan tartibda o‘tkazish bilan ta’minlanadi. Turg‘unlashtirilgan ko‘z tomchilari albatta sterilizatsiya qilish shart: avtoklavda 1200C-8daq., 1000C-30daq.
Sterillash rejimini tanlash DM tabitiga bog‘liq bo‘ladi ( ayniqsa xaroratga chidamliligi). Shundan kelib chiqib KT uchta guruxga tasniflash mumkin:
1 gurux: Stabilizatorsiz sterillanadigan ( bosim ostida 120 C- 8-12daq.): atropin sulfat, borat kislotasi, dikain, pilokarpin g/x, riboflavina, sulfapiridazin natriy, furatsilin va boshq.
2 gurux: stabilizatorlar bilan birga sterillanadigan, masalan sulfatsil natriy.
3 gurux: termolabil moddalarni saqlovchi: antibiotiklar, kollargol,rezorsin va boshq. Bunday KT tayyorlashda membranali filtratsiya usullarini qo‘llash maqsadga muvofiq.
Xozirda membranali sterillash usulini KTni sterillash uchun ishlatish maqsadga muvofiq bo‘lishi tasdiqlangan ( masalan “Vladipor” filtri atsetat sellyulozadan). Bu usulni qo‘llash ikkita bosqichni ( filtratsiya va sterilizatsiya) birlashishi, ishning unumdorligini oshirish va shu bilan birga KT sifatini oshirishga imkoniyat beradi. Bundan tashqari bu usul bilan KTdagi termolabil moddalarni sterillash mumkin.
Ko‘z tomchilarni flakonlarni ochilgandan so‘ng ularga konservantlar xam qo‘shiladi. Ular mikroorganizmlarni ko‘payishiga to‘sqinlik qiladilar. Lekin vrach bilan kelishgan xolda qo‘shish mumkin.
Konservant sifatida: 0,5 % xlorbutanolgidrat, 0,005 % mertiolat, 0,01% benzalkoniy xlorid, 0,18% nipagin bilan 0,9% nipazol aralashmasi, 0,01 % dodetsildimetilbenzilammoniya xlorid, sorbin kislotasi 0,05-0,1% va boshqalar ishlatiladi. Ko‘pincha 2% borat kislotasi yoki 0,1% levomitsetin va ularning aralashmasi xam ishlatiladi.
KTni qo‘llash davomida sterilligini va mikroblar bilan ifloslanishini oldini olish muammosini echimi faqat konservantlarni qo‘shish bilan emas, balki ularni mo‘‘tadil jixozlanishini tanlash bilan ta’minlanadi. Bunda jixoz turi ko‘z tomchilarini qo‘llash mobaynida mikroblar bilan ifloslanishini oldini olish lozim, ya’ni bemor pipetkani ishlatmasligi kerak. SHu talabga javob beruvchi zamonaviy jixozlar:
Shisha tomizg‘ichlar (Tyubik tomizg‘ichlar polimerdan yasalgan (PE).
Ko‘z tomchilarni turg‘unligini ta’minlanishi
Ko‘z tomchilarni tayyorlash jarayonida sterilizatsiyalash va keyingi saqlash natijasida ularning tarkibidagi moddalar parchalanib xar xil o‘zgarishlar namoyon bo‘lishi mumkin. Buning sababi gidroliz, oksidlovchi va qaytaruvchi xusu-siyatlar va boshqa omillar ta’sir ko‘rsatishidir. SHu sababdan ko‘z tomchilariga muxitning rNni to‘g‘rilovchi moddalar, antioksidantlar ko‘shiladi.
Turg‘unlikni taminlovchi moddani tanlash oson bo‘lishi uchun dorivor moddalarni 3 guruxga bo‘lish mumkin:
1. Alkaloid tuzlari va sintetik azot asoslari; bu guruxga mansub moddalarga 1,9-2% borat kislotasi va bufer eritmalar /fosfatli,boratli/ qo‘shish mumkin.
2. ishqoriy sharoitda turg‘un bo‘lgan moddalarga:kuchli asos va kuchsiz kislota tuzlari: (natriy norsulfazol va boshqalar), natriy gidrokarbonat, natriy tetraborat va ishqoriy bufer eritmalarni qo‘shish tavsiya etiladi.
3. Oson oksidlanuvchi moddalar /askorbin kislotasi, sulfatsil natriy/. Bu guruxga antioksidantlar:metabisulfit, sulfit, tiosulfit natriy, trilon B va boshqalar qo‘shiladi
Bufer eritmalar /fosfatli,boratli/
1. Borat bufer eritmasi: H3BO3 – 1,84%
Natriy tetraborat – 0,14%
Levomitsetin – 0,2%
pH = 6,8
2. Fosfat bufer eritmasi: 70ml 0,8% suvsiz NaH2 PO4 + 0,5%NaCl + 30ml 0,95%li NaH2 PO4 eritmasi pN=6,5
Fizikaviy turg‘unlashtirish usullari xam qo‘llaniladi (suvni qaynatish).
Yuqorida ko‘rsatilgan stabilizator va bufer erituvchilar ko‘z tomchilariga tegishli MTX ko‘rsatmasiga asosan qo‘shiladi ( O‘zR SSV ning 195 Buyruq,2 ilova).
Mexanik iflosliklardan toza bo‘lishini ta’minlash:
Filtrlash yo‘li bilan (in’eksion dori turlariga o‘xshash) amalga oshiriladi. Buning uchun shisha filtrlari (№3,4) qog‘oz yoki membranali filtrlar qo‘llaniladi.
|