O‘qitish maqsadi: ko’z dori turlarini texnologiyasini takomillashtirishga oid nazariy va amaliy savollarni o1zlashtirish
Tayanch atama va iboralar:
ko‘z o‘rnatmalari (KO‘)- kon’yuktival xatachaga o‘rnatish uchun mo‘ljallangan steril qattiq yoki yumshoq preparatla, ko’z dorivor pardalar, intraokulayr dorivor pardalar, tеrаpеvtik оftalmologik sistemalar, gidrofil kontakt linzalar, ko‘z uchun sepmalar
Tushuntirish matni
Ko‘z dori turlarini zamonaviy tasnifi, qo‘yilgan talablar
Ko‘z dori turlari (KDT) boshqa dori turlari (DT) qatorida aloxida o‘rinni egallaydi - bu ularni, birinchidan, qo‘llash spetsifikasi, ikkinchidan ko‘zning tuzilishi, funksiyasi, o‘ta nozikligi, DM so‘rilish mexanizmi, ularni tarqalishi va ko‘zning to‘qima va suqliklari bilan uzaro ta’siriga va x.q.
Taniqli oftalmolog akad. Filatov V.P. etgan:” Odamning ko‘zlari- sezish a’zolar eng muximligi bilan ajralib turadi. Odam tashqi olam haqidagi informatsiyani -ma’lumotning 90 % ni ko‘rish a’zosi qabul qilar ekan.
Ko‘z shilliq qavatlari boshqa shilliq qavatlardan eng sezuvchan va nozikligi bilan ajralib turadi va tashqi omillarga- mexanik iflosliklar, osmotik bosim, rN bilan ko‘z suyuqligidan farqlanadigan eritmalar, mikroorganizmlar juda xam sezgir. Shuni hisobga olgan xolda ko‘z uchun yaratiladigan DT talablar yuqori bo‘lishi tabiiy.Amaliyotda ko‘z kasalliklarni davolash uchun DM turli dori shakllaridaqo‘llanilish mumkin. Xozirda etakchi mamlakatlarninng farmakopeyalarida keltirilgan ta’rif bo‘yicha KDT bu- ko‘z kon’yuktivasiga yoki ko‘z soqqasiga ( olmasiga) yoki kon’yuktival xaltachaga qo‘llanadigan steril suyuqliklar, yumshoq va qattiq preparatlar.
Zamonaviy tasnif KDT ga:
-ko‘z tomchilari (KT);
-yuvish uchun eritmalar, namlash uchun eritmalar;
-ko‘z spreylari;
-ko‘z uchun yumshoq DT;
- ko‘z uchun qattiq DT;
- ko‘z uchun o‘rnatmalari;
- oftalmologik in’eksiyalar.
|