Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги




Download 13,81 Mb.
bet56/117
Sana23.07.2021
Hajmi13,81 Mb.
#15896
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   117
Izogidrik xolati

Ko‘z tomchilarga shifokor ko‘rsatmasiga binoan izogidrik bo‘lishi talabi qo‘yiladi. Izogidrik, demak tomchilar ko‘z suyuqligining pH yaqin bo‘lishi kerak, ya’ni pH-5,0-8,5- oralig‘ida. Bunga erishish uchun bufer eritmalar qo‘shiladi (borat va fosfat eritmalari). Ko‘pincha 4,5-9,0 intervallarida bo‘lishi mo‘ta’dil. Chegaradan oshsa og‘riq, achitish xolatlari kuzatiladi.

Ko‘z tomchilarining ta’sir kuchini uzaytirish

KTning kamchiligi, ularni ta’sir vaqti qisqa bo‘lishi. SHunda ularni qayta, qayta tomizish qator salbiy ta’sir ko‘rsatish mumkin, masalan lizotsimni yuvilishiga va uning oqibatida infeksiyaga yo‘l ochilishi.

KT dagi dori moddalarni ta’sirini uzaytirish maqsadida vrach bilan kelishgan xolda prolongatorlar kiritiladi. Ular quyidagi talablarga javob berishi kerak:

Prolongatorlar sifatida YUMB qo‘llash maqsadga muvofiq.Ularning eritmalari qovushqoqligini oshirish xususiyatiga ega, ko‘z suyuqligining qovushqoqligiga yaqin 5-15 SPZ bo‘lgan eritmalar xosil qiladi.

Asosan shu maqsadda:

-natriy karboksimetilsellyuloza 0,5-2%;



  • metilsellyuloza 0,5-1%;

  • polivinil spirt 1-2%

  • poliakrilamid 1-2 %

  • polivinilpirrolidon;

  • kollagen 0,5%

  • mikrob polisaxaridi-aubazidan 0,1-0,3%;

  • poliglyukin qo‘shish mumkin.

KTga ta’sirni uzaytiruvchi moddalar qo‘shishda oldindan xozirlangan eritmalari tayyorlab qo‘yib, zarur paytda ishlatiladi. Ta’sirni uzaytiruvchi lar esa erituvchining yarim qismida eritiladi.

KT ta’sirini uzaytirish suvsiz erituvchilarni qo‘llash yo‘li bilan xam erishish mumkin. Xozirda maxalliy anestetiklar ( dikain, novokain) KT ta’sirini uzaytirish PEG-400 erituvchisini ishlatish bilan ta’minlanadi.

Misollar: Pilokarpin suvli KT ni ta’siri maksimum 2 soat, sh.u, kuniga 6 marta preparatni qo‘lash zarur. YUMB qo‘shilgan pilokarpin KT ( natriy KMS 2%) kuniga faqat 3 marta tomizishga mo‘ljallangan.


Download 13,81 Mb.
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   117




Download 13,81 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги

Download 13,81 Mb.