Ko‘z tomchilarni texnologiyasini takomillashtirish va sifatini oshirish yo‘llaridan biri:
- keng konsentratlarni qo‘llash;
- keng uchraydigan ko‘z tomchilarni retsepturasini taxlil qilib ularni standartlash va dorixonada oldindan tayyorlash;
- ko‘z tomchilarni texnologiyasida zamonaviy membranali filtrlash usullarini keng qo‘llash. Bu usulda atsetat sellyulozadan tayyorlangan “Vladipor” membranali filtrlarni ishlatish tavsiya etiladi (DF XI t.2). Shu filtrlarni afzallik tomonlari - ular mikroblardan xam eritmalarni tozalash xususiyatga ega, sh.u. membranali filtr orqali o‘tkazilgan ko‘z tomchilari steril xisoblanadi. Bu usulni qo‘llashda ko‘z tomchilarni sifati va texnologik jarayonning samaradorligi oshadi;
- Ko‘z tomchilarni sifatini oshirish yo‘llaridan biri - bu maxsus polimerli jixozlarni qo‘llash.
Polimerli materiallardan tayyorlangan idishlarni afzalligi – ko‘z tomchilarni qo‘llashda pipetkalarni ishlatish zaruriyati bo‘lmaydi. Bu esa ko‘z tomchilarni mikroblar bilan ifloslanishini oldini oladi va saqlash muddatini uzaytiradi. Ayniqsa, tyubik – tomizgichlarni (1-2ml xajmli) qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Oxirgi yillarda ko‘z tomchilarni sifatini oshirishda ayrim komponentlarni alohida saqlanishini ta’minlashga e’tibor berilmoqda. Masalan “Senkatalin” va “Vitayodurol” ko‘z tomchilariga o‘xshash.
|