|
Rasm1. Oftalmologik terapevtik sistema Okusert
|
bet | 67/117 | Sana | 23.07.2021 | Hajmi | 13,81 Mb. | | #15896 |
Rasm1. Oftalmologik terapevtik sistema Okusert11
a - dori moddani ajralib chiqish tezligini nazorat qiluvchi polimer
membrana; б - dori moddani saqlovchi qatlam; в – polimer membrana;
d – sistemani ko‘z shilliq qavatlariga o‘rnatish uchun adgeziv qatlam.
Rasm 2. Okusert oftalmologik terapevtik sistemaning qo`llanilishi
Gidrofil kontakt linzalar
Xozirga vaqtda gidrofil kontakt linzalar (GKL) eng rivojlanuvchi KO‘ hisoblanadi.GKL -35 dan 80 % suv saqlovchi sistemalar. Ularning afzalligi- ular ko‘zning refraksion kamchiliklarini korreksiya qilish xamda ko‘rish o‘tkirligini (kobiliyatini) yaxshilash ( uluchshayut ostrotu zreniya) xususiyatga ega. Ularni tayyorlash uchun kross-bog‘langan gidrofil polimerlar qo‘llaniladi. Kross-polimerlarda uzun polimer sepochkalari orasida ichki bog‘lamlar ( mostiki ili kross-linii) mavjud bo‘lganligi uchun bundan kross-liniyali sistemalar erimaydi, ammo suvni absorbsiya qilish xususiyatiga ega.
Jelatina asosida kosacha shaklida tayyorlangan va dori moddalar saqlagan linzalar yaratilgan. Ularning afzalligi, ta’siri uzaytirilganligi.
Oftalmologiyada qo‘llaniladigan DT etib o‘tish mumkin- lamellalar va mininslar.
Lameli- bir martalik kam ishlatiladigan DSH bo‘lib kon’yuktival xaltachaga o‘rnatiladi. Asosan jelatinali oval disklar (diametri 3mm atrofida) ko‘rinishida bo‘ladi va tarkibiga turli DM lar, jelatina asosida tarqalgan xolda, kiritilgan.
Minimslar- bir marta qo‘llash uchun mo‘ljallangan oftalmologik DSH. Ko‘rinishi bo‘yicha –kichik hajmli (4-12 tomchi) polimer materiallardan yasalgan idishcha ( yomkost). Korxona sharoitida tayyorlanadi.
|
| |