-Eruvchan oftalmologik o‘rnatmalar:
-ko‘z dorivor plyonkalari (KDP);
-intraokulyar dorivor pardalar;
- Erimaydigan oftalmologik o‘rnatmalar:
-terapevtik oftalmologik sistemalar;
-gidrofil kontakt linzalar
Eruvchan oftalmologik o‘rnatmalar -ko‘z dorivor plyonkalari (KDP)
Ko‘zga ishlatiladigan pardalar-Membranulaophtalmisa. Bu gurux o‘rnatmalari eng o‘rganilgan va birinchi yaratilgan. Ularning o‘ziga xosligi-butunlay erib ketishi ko‘z suyuqligida va ularni ko‘zdan olib tashlash zaruriyati bo‘lmaydi. Ular tabiiy polimerlar ( kollagen) yoki sintetik va yarimsintetik polimerlarda tayyorlanadi. So‘ngi paytda ko‘zni davolash uchun ishlatiladigan dori - darmonlar soxasida ko‘z pardalarining taklif etilishi bugungi kunda bir yutuq bo‘lib qoldi. Ko‘z shilliq pardalariga yopishtirilib, uzluksiz dorivor moddalarni etkazib turadi. Ko‘z pardalari – bu cho‘ziq gardish shaklidagi plastinkalar bo‘lib kattaligi 9,0x4,5x0,35 mmga teng va o‘rtacha og‘irligi 0,015g.
Ko‘z tomchilariga qaraganda ko‘z pardalarning afzallik tomonlari: dorivor moddalarning aniq dozalarga bo‘linishi, nazorati bo‘lishi; sekin-asta pardalar erishi natijasida dorivor moddalar uzoq ta’sir etishi. Demak, preparatni tez-tez qabul qilishni xojati yo‘q / sutkada 1-2 marta etarli/ ishlatilishi qulay; dori moddalarning terapevtik konsentratsiyasi ko‘z to‘qimalarini oshirib, lekin xech qanday yallig‘lanishga keltirmasligi, sterilligi va boshqalar. Ko‘z pardalari kon’yuktivaga qo‘yilgandan keyin ko‘z yoshi orqali 10-15 sekund ichida namlanadi va 75-90daq. sekin erib ta’sir kuchini ko‘rsatadi.
Ko‘z pardalari tayyorlashda sopolimerlar: akrilamid, vinilpirolidon, kollagen, MS, NaKMS va etilakrilatlar ishlatiladi. Masalan asos sifatida quyidagilar olingan: 60 q akrilamid sopolimeri; 20 q vinilpirrolidon; 20 q etiletakrilat; 50 q plastifikator ( polietilenglikolsuksinat).
KDP farmatsevtik sanoatda tayyorlanish jarayoni quyidagicha:
Polimer eritmasini olish.
Dorivor moddalarni polimer eritmasida tayyorlash. Avval 10% eritma tayyorlanib, keyin moddalar eritiladi va filtrlanadi.
Ko‘z pardalarini xosil qilish. Polimer masa tekis qatlam qilib aloxida zanglamas, tekis metal yuzalarga qo‘yiladi va 20-400C quritiladi. Qolgan namligi 5-7% gacha bo‘lishi mumkin.
Pardalarning olinishi. Tayyorlangan polimer plastinkasidan maxsus moslama yordamida kerakli razmerdagi pardalar olinadi. Ular keyin quritiladi.
Pardalarni joylash, ularni sterillash. Oxirgi bosqichda ko‘z pardalari polivinilxlorid va ZAR (alyumin folga) dan iborat jixozga joylanadi va radiatsiya yoki gazli sterilizatsiya usuli bilan sterillizatsiya qilinadi.
Farmatsevtika sanoati atropin sulfati, apilak gidroxlorid, dikain, neomitsin sulfat, sulfapiridazin-natriy, florenal, kanamitsin ko‘z pardalarni ishlab chiqaradi.
|