KS rivojlanishi yangi asoslarni qo‘llash bilan bog‘liq. Xususan gel xosil qiluvchi. Hozirda ko‘z surtmasini tayyorlashda gidrofil – metilsellyuloza, kollagenli asoslari xam ishlatiladi. 1-5% li oqsil konsentratsiyasiga ega bo‘lgan kollagen eritmasining qovushqoqligi va konsistensiyasi surtma asosi uchun hosdir. Kollagen gidrofob asoslaridan farqli ravishda ko‘zning ichki qavatiga toksik ta’sir ko‘rsatmaydi, shuning uchun kollagen asosidan tayyorlangan surtmalar operatsiyalardan oldingi va keyingi bosqichlarda qo‘llaniladi. 2% kollagen asosidan sulfapiridazin Na 10% va kortizon 0,1% ko‘z surtmalari olinib, tajribada tekshirilganda, shu narsa tasdiqlanganki farmakopeyadagi ko‘z surtmalari uchun mo‘ljallangan asoslarga qaraganda kollagendan tayyorlangan surtmalarda dori moddani ajralib chiqish tezligi yuqoriroq bo‘ladi.
Kollagenning 2% li suvli gelidan tayyorlangan “Sulfakollag” ko‘z surtmasi- rogovitsani yarali qobig‘ini davolashda ishlatiladi.
Tarkibi: 0,1% gidrokortizon atsetat
10% li Na sulfapiridazin
Xozirda akril kislotaning sopolimeri- karbopol geli asosida qator yallig‘lanishga qarshi ( kortizon, deksametazon), antibiotiklar ( tetratsiklin, xlortetratsiklin) vitamin saqlovchi ( B3,B6, B12, A, E, D). Undan tashqari zamonaviy jihoz turlari- ichki yuzasi laklangan metal tubalar va polimerlar asosida tayyorlangan jihozlar. Farmakopeyadagi ko‘z surtmalari uchun mo‘ljallangan asoslarga qaraganda bir qator ustinliklarga ega. (Vazelin: Lanolin 9:1) Vazelin gidrolin absorsion asos.
|