Ko‘zni namlash va yuvish uchun ishlatiladigan eritmalar.
Bu eritmalarni tayyorlashda xam ko‘z tomchilarning tayyorlanishiga qo‘yilgan talablarga amal qilmoq lozim. Demak, ular xam sterillangan, turg‘un, mexanik iflosliklar bo‘lmasligi , izotonik va ayrim paytda moddaning ta’sir kuchi uzoq davom etishi va boshqalar bo‘lishi kerak.
Ko‘zni namlash yoki yuvish uchun ishlatiladigan eritmalarda ko‘pincha natriy gidrokarbonat, borat kislotasi, furatsilin, etakridin laktati va boshqalar ishlatiladi. Oftalmologiya tajribasida ko‘zni va ko‘z yo‘llarini yuvish uchun xar xil eritmalar ishlatilyapti. Misol qilib, quyidagi oftalmologik eritmasini ko‘ramiz:
Tarkibi:
Natriy xlorid 5,30g
Kaliy xlorid 0,75g
Kalsiy xlorid 0,48g
Natriy atsetati 3,90g
Glyukoza 0,80g
Xlorid kislotasi 0,05%ml
Suv tozalangan 1l gacha.
Bu eritmaning pH=6,5-7,2ga teng.
Tayyorlanishi: xamma berilgan moddalar suvda eritilib, filtrlanadi va 1210C 12daq.Sterillanadi. Saqlash muddati 1 oy.
|