-Poliglyukin qisman gidrolizlangan dekstranning (MM 5500-70000)
6 %li eritmasi. NaCl bilan izotonik xolatiga keltirilgan
-Reopoliglyukin- qisman gidrolizlangan dekstranning (MM 30000-
40000) 10% kolloid eritmasi (0,9% NaCl eritmasida).
-Jelatinol – qisman parchalangan jelatinaning ( mm 20000) 8%
kolloid eritmasi ( 0,9% NaCl eritmasida);
-Reoglyuman, rondeks, neorondeks, reomakrodeks
POLIGLYUKIN
Dekstranningqismangidrolizlangan (s.m.m.-5500-70000)6%li eritmasi.
EritmatayyorlashuchunizotonikkonsentratsiyalieritmaxosilbulgunchaNaClqo‘shiladi.Tayyordoriformasi: germetikyopilgan 400ml flakonlar.pH=4,5-6,5ga teng. Saqlash muddati -5yil. Poliglyukin venaga yuborilganda osmotik xodisa hisobiga suyuqlik oqimi tuqimalardanqon tizimigao‘tadi. Aylanayotgan qon hajmi o‘zgaradi, arterial bosim oshadi va shu xolat saqlanib turiladi. Poliglyukinningorganizmga kiritilishi natijasida organizmdagi oksidlanish jarayoni kuchayadi va bu narsa oqayotgan qondagi kislorodning tuqimalar orqali so‘rilish darajasining oshishiga olib keladi.Shok (karaxt ) xolatda qo‘llaniladi
Shu guruh IE samaradorligi (gemodinamik effekti) ularni tomirlarda suvni ushlab qolish qobiliyatiga bog‘liq. Masalan, 1g dekstran 20-25ml suvni bog‘lash xususiyatiga ega.
Poliglyukin. Plazmaning hajmi oshishi birinchi 90 daqiqa kuzatiladi. 6 soat dan sung dekstranning miqdori qonda 2 marta kamayadi.
Rondeks 6%radializlangan dekstranning (MM 65000 ± 5000) 0,9% NaCl eritmasida. Afzalligi uning qovushqoqligi ( 1,5 marta) pastligi.
REOPOLIGLYUKIN-(m.m.-30000-40000) poliglyukinning analogi bulib,u dekstranning qisman gidrolizlangan 10%li kolloid eritmasi hisoblanadi.Saqlash muddati-4 yil. Eritmasi NaClning izotonik eritmasida tayyorlanadi.pH=4-6,5ga teng.
JELATINOL- jelatinaning qisman gidrolizlangan (m,m.20000_+5000) 8%li kolloid eritmasi 0,9% NaCl eritmasidaXozirda kolloid IE dan gidroksietilkraxmal (GEK) asosidagi eritmalari keng qo‘llaniladi. Ular 60 yildan boshlab qo‘llanib kelmoqda va oxirgi o‘nyillikda ko‘p mamlakatlarda shu gurux IE etakchi o‘rin egallamoqda. Ular toksik emas, nisbatan uzoq vaqt davomida organizmdan eliminatsiyaga uchramaydi, nojuya ta’siri kam, spetsifik reologik va antitrombotik xossalarga ega bo‘lganligi uchun ular mikrotsirkulyasiya va ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va va trombotsit va plazmatik qon quyulishini normallashtiradi. SHuning uchun ular etakchi o‘rinni egallamoqda xozirda. Vakillari: volekam –GEK MM 170.000 eritmasi ( Rossiya), plazmasteril ( Frezenius)- 6% GEK s MM 450000, refortan, stabizol. Ular makkajuxari va kartoshka kraxmali asosida olinadi.
|