|
Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигит Андижон давлат университети ф-2-28. – лойиха мавзуси “Легирланган кремний сирти ва ҳажмидаги квант
|
bet | 3/4 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 3,96 Mb. | | #144160 |
Bog'liq 4-mavzu..“Qolpoq“ tipidagi pech - futerovkalangan (yuqori haroratga chidamli) va qo‘zalmas stendga qizdiriluvchi maxsulot o‘rnatilgan bo‘lib, ustidan avval o‘tga chidamli mufel o‘rnatilib, so‘ngra ma’sulotni qizdirish uchun mo‘ljallangan q.e. bilan ta’minlangan “qolpoq“ o‘rnatiladi. Q.e. lar qolpoqning ichki yon devorlariga o‘rnatilgan. Q.e. lar elektr energiyasi manbasiga egiluvchan kabel va shtepsel ajratgichlari yordamida ulanadi. Ma’sulot va “qolpoq” ko‘tarish kranlari yordamida stendga yuklanadi va tushiriladi. Issiqlik energiyasidan foydalanish effektivligi va ishlab chiqaruvchanligini oshirish maqsadida 2-3 stenddagi ma’sulotga issiqlik ishlovi berish uchun bitta “qolpoq“ dan foydalaniladi (birinchi stenddagi ma’sulot qizdirib bo‘lingach, “qolpoq“ kran yordamida ikkinchi va so‘ngra uchinchi stendga olib o‘rnatiladi, bunda ma’sulotni sovutish jarayoni mufel ichida davom ettiriladi va oqibatda bor yo‘i mufel va qolpoqda yiilgan va 10 - 15 % ni tashkil qilgan miqdordagi issiqlik energiyasi yo‘qolishiga erishiladi). Bunday EQP larning ishchi harorati 350 oS dan 1250 oS gachani tashkil etadi. Misol uchun, 1,5 x 2,0 x 6,0 m kattalikdagi va massasi 100 tonna bo‘lgan ma’sulotni qizdirish pechining quvvati 570 kVt ni tashkil etsa, bundan 500 kVt “qolpoq” quvvatini 70 kVt stend quvvatini tashkil etadi.
Elevator tipidagi pech tubi ochiq qo‘zalmas kamera va pastga tushiriladigan qismga (tubga) ega. Kamera silindr yoki to‘rtburchak shaklga ega bo‘lib, 3-4 m balandlikga ega bo‘lgan ustunlarga o‘rnatilgan. Pechning tubi gidravlik yoki elektromexanik ko‘tarish qurilmasi yordamida tushiriladi va yangi ma’sulot yuklangach, kameragacha ko‘tariladi. Pechning ishchi harorati 700, 1000, 1250 oS ni tashkil qiladi, quvvati 600 kVt ni tashkil etadi va o‘nlab tonna ma’sulotga bir vaqtning o‘zida issiqlik ishlovi beradi.
Kamerali pechlar ma’sulotni yuklab, tushirish eshikchasi yon tomondan bo‘lgan turi burchakli kameradan tashkil topgan bo‘lib, ma’sulot asosan qo‘lda yuklab tushiriladi. Kamera tubi yuqori haroratga chidamli plita bo‘lib, unga q.e.lar o‘rnatilgan. Ishchi harorati 1000 - 1800 K, foydali ish koeffitsienti 65 - 70 % ga teng.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигит Андижон давлат университети ф-2-28. – лойиха мавзуси “Легирланган кремний сирти ва ҳажмидаги квант
|