• Менюлар номи Якка хато Якка баҳо Тўғри жавоб
  • Laboratoriya mashgulotini olib borish texnologiyasi
  • 25a. Excel dasturi va uning imkoniyatlari
  • Укувчилар 3-4 та гурухларга булинади




    Download 7,45 Mb.
    bet50/97
    Sana07.01.2024
    Hajmi7,45 Mb.
    #131537
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   97
    Bog'liq
    Лаборатория машгулоти

    Укувчилар 3-4 та гурухларга булинади

    Хар бир гуруҳ “Microsoft Word” сўзига доир кластер тузиш топширилади, мухокама қилиниб умумлаштирилади.





    Блиц технологиягиси.
    Word дастури гаризонтал меню сатрларининг кетма-кетлигини аниқлаш.



    Менюлар номи

    Якка хато

    Якка баҳо

    Тўғри жавоб

    Гуруҳ хатоси

    Гуруҳ баҳоси

    Сервис







    6







    Файл







    1







    Правка







    2







    Формат







    5







    Вставка







    4







    Окно







    8







    Вид







    3







    Таблица







    7







    Справка







    9








    Laboratoriya mashg'ulotini olib borish texnologiyasi



    Talabalar soni:

    Vaqti -2 soat

    Dars shakli

    Laboratoriya mashg'uloti

    Mavzu:

    Excel dasturi va uning imkoniyatlari

    Laboratoriya mashg'uloti
    rejasi

    1. Excel dasturi tarixi

    2. Excel dasturi ahamyati va nimada ishlatilishi

    3. Excel dasturi asosiy imkoniyatlari

    4. Excel dasturining yangi va eski versiyalari

    Dars maqsadi: Talabalarni Excel dasturi va uning imkoniyatlari bo’yicha ko'nikmalarini shakllantirish

    Pedagog
    vazifalari:
    • Excel dasturini xayotiy misollarda tushuntirish
    • Excel dasturi bilan ishlash
    • Mavzu yuzasidan baxs-munozara va taqdimot tashkil etadi.

    O'quv natijalari:

    • Excel dasturida misollar tuzish.


    • Excel dasturi ahamyati va nimada ishlatilishi tushinadi.


    • Excel dasturi asosiy imkoniyatlariga doir misollar tuzadi.



    O'qitishning usul, texnikasi:

    suxbat, baxs-munozara muhokama qilish, fikr almashish,

    O'qitish vosita- lari:

    Tarqatma materiallar, kompyuterlar

    O'qitish shakli:

    Individual, kichik guruhlarda hamkorlikda ishlash texnologiyasi.

    O'qitish shart - sharoitlari:

    Texnik vositalarni qo'llashga mo'ljallangan auditoriya. kompyuterlar

    Monitoring va baholash:

    Og'zaki so'roq, savol-javob, kompyuterda natija olish va natijalar tahlili

    « Excel dasturi va uning imkoniyatlari » mavzusidagi laboratoriya darsiga texnologik karta



    Faoliyat bosqichlari



    Faoliyat mazmuni

    pedagog

    talaba

    1-bosqich. Kirish (10 daqiqa)

    1.1. Auditoriyaning va talabalarning darsga tayyorlik darajasi tekshiriladi.
    1.2. Faollashtiruvchi savollar bilan talabalarga murojat etadi.

    Саволларга жавоб берадилар.

    2-bosqich. Asosiy bosqich (60 daqiqa)

    2.1. Excel dasturiga misollar tuzish.
    2.2. Excel dasturida nimani qilish mumkinligini o'rganadi. Excel dasturiga doir masalalarni yechadi. 2.3. Tarqatma materialda keltirilgan ma'lumotlar o'rganilib, berilgan topshiriqni bajarish shartlari bilan tanishtiradi. Excel dasturi asosiy imkoniyatlari
    ga doir misollar tuzadi. 2.4. Vazifani bajarilaganlik darajasiga ko'ra baholash me'zonlari bilan talabalarni tanish-tiradi. Taqdimotni e'lon qiladi Har bir guruh taqdimotini taqqoslash faoliyatini tashkil etadi va eng yaxshi grafik obekt yaratgan talabalarni rag'batlantiradi

    Tarqatilgan nazariy ma'lumot bilan tanishib, guruhlarga bo'ligan holda mustaqil ravishda topshiriqni bajaradilar. Taqqoslay-dilar va tahlil qiladilar

    3-bosqich Yakuniy. ( 10 daqiqa)

    3.1. Mavzu bo'yicha yakuniy xulosalarni aytib o'tadi. 3.2. Talabalarning dars davomidagi faoliyatini tahlil etadi va baholaydi. 3.3 Mustaqilish beradi

    3.1.Savol beradilar.


    25a. Excel dasturi va uning imkoniyatlari

    Hisoblash elektron jadvalining dastlabki dasturi 1979 yili Visicals (Visiblencalculators-ko’rinib turuvchi kal’kulyator) nomi bilan Software Arts firmasida yaratilgan. Bu dastur Apple II komp’yuteri uchun ishlab chiqilgan va ko’p jihatdan uning bozorda ommabopligi aniqlangan. 1981 yili IBM PS komp’yuteri paydo bo’lishi bilan bu tipdagi komp’yuterlar uchun elektron jadvallar ishlab chiqila boshlandi. Visicals va Supercals dasturlarining yangi ko’rinishlari paydo bo’ldi, shu bilan birgalikda Microsoft-Multiplan firmasining birinchi amaliy dasturi paydo bo’ldi va u elektron jadvallar yangi avlodining yorqin yulduziga aylandi.


    Hisoblashlar natijalarini ko’rgazmaliroq tasvirlash uchun joylashtirilgan grafik rejimlarining paydo bo’lishi bu elektron jadval rivojlanishining navbatdagi qadami bo’ldi. 1983 yil LOTUS firmasining 1 – 2 – 3 paketlari chiqib, kutilgandan ham ziyodroq muvaffaqiyatga erishdi. Ammo 1997 yil Microsoft firmasi tomonidan EXCEL dasturi taqdim etildi, u hozirgi kunda ham o’z sinfidagi eng quvvatli dastur hisoblanadi. Bu dastur ixtiyoriy axborotni (matnlar, sonlar, sana va hokazolarni) qayta ishlab chiqish va saqlash imkonini beribgina qolmasdan, balki qilgan ishingiz natijasini bezash, ko’rgazmaliroq ko’rsatish va chop etish imkoniyatini beradi. Bunda Word dasturidagi tahrirlash vositalaridan foydalanish mumkin. EXCELning ommaviy imkoniyatlarini o’zlashtirish qiyin emas, ammo dasturning murakkabligi va imkoniyatlarining juda kengligi sababli, ular bilan tanishish uzoq davom etishi mumkin, binobarin, aynan ish jarayonida uning yangi - yangi imkoniyatlarini ko’rish mumkin.
    EXCEL bugungi kunda mashhur elektron dasturlash jadvallaridan biridir. Undan ishbilarmonlar, o’qimishli kishilar, hisobchilar va jurnalistlar foydalanadilar. Uning yordamida turli xildagi riyxatlar, kataloglar, jadvallar, moliyaviy va statik hisobotlar, jamoa fikrini hisobga olish biznes korxonalarini rejalashtirish, ilmiy eksperimentlar natijasini ishlab chiqish, prezentasion materiallar tayyorlash mumkin. Xullas, EXCEL qulay elektron jadvaldir.
    Jadvallarni jihozlash turli xil bo’ladi, formatlashda berilgan imkoniyatlar xuddi yaxshi matn prosessordek, shriftlarni o’zgartirish mumkin, rasm chizishni, qatorlar ajratishni, qatorli yoki alohida yacheykalardagi matnni rang bilan ko’pincha (agar sizda rangli printer bo’lsa) ramkali va chiziqli, oblastlarni ranglash, berilgan jadvallarda grafik va diagramalar ko’rish, jadvallarga rasmlar quya bilish va hokazolarni bajarish mumkin. Shuni aytish lozimki, bu dastur haddan tashqari kuchli, imkoniyatlari juda ko’p, ko’pincha, oxirgi versiyalar (5.0 va 7.0 WINDOWS 95 uchun) miqyosida berilgan. Biz, albatta o’zimizga kerakli bo’lgan tushunchalarni ko’rib chiqamiz, shuningdek, uning ishlash prinsipini ham, boshqa qolgan juda ko’p ma’lumotlarni ham kerakli vaqtda biz kengaytirilgan holatdagi EXCEL tizimidan qidirishimiz mumkin.
    MS Excel 2007 dasturi MICROSOFT OFFICE paketiga kiradi. U WINDOWS operasion qobig’i boshqaruvida elektron jadvallarni tayyorlash va qayta ishlashda ishlatiladi. EXCEL hujjatlari, ya’ni qayta ishlash ob’ektlari bo’lib ixtiyoriy nomli, *.XLS kengaytmali fayl hisoblanadi. Excel 2007, Excel 2010, Excel 2013 dasturlarida yaratilgan ishchi kitobning kengaytmasi *.XLSX. Bunday fayl ishchi kitob deb ataladi.
    Har bir XLS fayliga 1 dan 255 tagacha elektron jadvallar joylashtirish mumkin, ularning har biri ishchi varaq deb ataladi. Ishchi varaq va hujjat bir ma’noda ishlatiladi.
    MS Excel 2003 dasturida elektron jadval komp’yuter xotirasida joylashgan 1 dan 65536 gacha raqamlangan satrlardan va lotin harflari A, B, ..., Z, AA , AB, ... deb raqamlangan 256 ta ustundan iborat edi.
    MS Excel 2007 dasturida esa 16384 ustun va 1 mln.dan ortiq satr mavjud!
    Ustun va satrlar kesishish joyida yacheyka (katak) joylashgan. Ixtiyoriy katakka boshlang’ich qiymatlar son yoki matn, shuningdek, ixtiyoriy axborotni hisoblash uchun formula kiritish mumkin. Ustun kengligi va satr balandligini o’zgartirish mumkin.
    EXCELni komp’yuterga o’rnatishda, o’z talabi va shaxsiy komp’yuter quvvatidan kelib chiqib, foydalanuvchi o’rnatishning bir yoki bir nechta variantlarini tanlashi mumkin, bo’lar minimal, tanlanma, standart, to’la.
    MS Excel 2007 dasturida qo’llash mumkin bo’lgan asosiy imkoniyatlar:
    - katta hisoblash ishlarini talab qiluvchi masalalarni echish; (hisobotlar yaratish, natijalarni tahlil qilish);
    - diagramma yaratish;
    - ro’yhatlari tashkil etish (murakkab tuzilishdagi ro’yhatlarni yaratish va foydalanish);
    - boshqa turdagi ma’lumotlar bilan ishlash (har xil turdagi manbalardan ko’plab ma’lumotlarni import qilish);
    - rasmlar va sxemalarni yaratish (SmartArt shakl va ob’ektlari);
    - murakkab masalalarni bajarishni avtomatlashtirish (makroslar yordamida).
    Excel 2007 dasturidagi yangi imkoniyatlar quyidagilar:
    - lenta va vkladkalar ko’rinishidagi yangi foydalanuvchi interfeysi;
    - katta hajmdagi ishchi varoq (satrlar soni - Excel 2003 dagi 65 536 o’rniga 1 048 576 ta; ustunlar soni Excel 2003 dagi 256 o’rniga 16384 ta);
    - ma’lumot darajalarning sonini ortishi (64 gacha), formulada ishtrok etgan darajalar (64 gacha), funksiya argumenti (255 gacha), yacheykada ko’rinishi mumkin bo’lgan belgilar soni (32 000 tagacha) avtofil’trda joylashishi mumkin bo’lgan ro’yhat elementlari soni (10 000 tagacha);
    - yangi formatdagi hujjat (.xml format asosida);
    - ishchi varoqdagi jadvallar (ish vaqtida yangi jadvallar bilan ishlash imkoniyatini kengaytirish);
    - ko’rinish(stil) va mavzular(tema) (jadvallarni mutlaqo boshqa ko’rinishda jihozlash), ishchi kitob uchun yangi ko’rinishdagi foydali shablonlarni yaratish va qo’shish;
    - diagramma va grafiklarning mukammallashtirilgan ko’rinishi;
    - «Razmetka stranisi» mukammallashgan rejimi;
    - shartli formatlash imkoniyatining kengaytirilganligi (yacheykadagi ma’lumotning mohiyatiga ko’ra, shartlarning chegaralanmagan soniga ko’ra uning ko’rinishini o’zgartirish);
    - SmartArt vositasi (chizma va rasmlarni joylashtrishda ishlatiladi);
    - formulalarni avtoto’ldirish (yacheykaga formulalarni yozish) va formulani kiritish vaqtida uning o’lchamini o’zgartirish;
    - funksiyalar ro’yhatiga kiritilgan yangi funksiyalar (5 ta yangi funksiya);
    - ishchi varoqlar masshtabini o’zgartirishning yaxshilanganligi;
    - hujjat xavfsizligini boshqarish (aniq faylda o’zgartirishlarni amalga oshirishdagi cheklanishlar;
    - Excelning boshqa versiyalari bilan mutanosibligini tekshirish.
    Excel 2003 va Excel 2007-2013 dasturlaridagi farqlarini quyidagi jadvalda keltiramiz:


    Download 7,45 Mb.
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   97




    Download 7,45 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Укувчилар 3-4 та гурухларга булинади

    Download 7,45 Mb.