|
Sanoat korxonasi hududini zonalarga ajratish
|
bet | 79/201 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 7,87 Mb. | | #264582 |
Bog'liq Αquv – uslubiy majmuaning tarkibiSanoat korxonasi hududini zonalarga ajratish
Korxonalarni loyihalash va qurish jarayonida yong‘inga qarshi chora-tadbirlar belgilanadi. Bu chora-tadbirlar sanoat korxonasi bosh rejasiga kiritiladi. Ularning eng muhimlaridan biri sanoat korxonasi majmualarini va binolarini bajariladigan ishi va yong‘inga xavfliligini hisobga olgan holda joylashtirishdir. Bunda o‘ta yong‘inga xavfli majmualarni, albatta, hududning shamol yo‘nalishiga qarama-qarshi tomonida joylashtirish taisiya etiladi..
Sanoat korxonalarini zonalashtirishda korxona joylashgan joyning baland-pastligi, shamolning asosiy yunalishi va kuchi hisobga olinadi. Yengil alangalanuvchi suyuqliklarni hududning quyiroq qismlariga joylashtirish tavsiya etiladi. Aks holda yong‘in sodir bo‘lgan taqdirda yengil alangalanuvchi suyuqlik past tomonga oqib, alanganing umuman hamma maydonlariga tarqalib ketishi xavfi tug‘iladi. Sanoat korxonalarini isitish vositalari, qozon qurilmalari, odatda ochiq alanga bilan ishlatiladi va ulardan chiqish mumkin bo‘lgan uchqunlar yong‘in xavfini tug‘diruvchi asosiy vositalardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham bunday vositalar shamol yo‘nalishiga qarama-qarshi tomonda yengil alangalanuvchi suyuq-liklar, suyultirilgan va siqilgan gazlarning o‘rnini hisobga olgani holda joylashtiriladi.
Yong‘in xavfsizligini ta'minlashda zavod hududidagi avtomobils harakatlanish yo‘llarini to‘g‘ri ta'mirlash katta ahamiyatga ega. Chunki yong‘in vaqtida o‘t o‘chirish mashinasi hech qanday to‘siqsiz istalgan joygacha bora olishi muhimdir. Shuningdek, korxona hududidagi yong‘inga qarshi deponi joylashtirish ham ahamiyatlidir.
Sanoat korxonasining bir tomonidan kirish yo‘li, albatta, umumiy foydalanish uchun mo‘ljallangan ko‘chaga chiqadigan bo‘lishi kerak.
Yong‘inga qarshi oraliqlar.Yong‘in bo‘lgan taqdirda alanga bir binodan ikkinchi binoga o‘tib ketmasligini ta'minlash maqsadida yong‘inga qarshi oraliqlar tashkil qilinadi. Bunday oraliqlar belgilanganda asosan yonma-yon joylashishi mumkin bo‘lgan binolarning yong‘inga xavflilik darajasi, toifasi, konstruksiyalarining o‘tga chidamliligi, alangalanish may-doni, yong‘inga qarshi to‘siqlarning mavjudligi, binoning tuzilishi, ob-havo sharoitlari va boshqalar hisobga olinadi.
Yong‘inga qarshi oraliqlar tashkil qilishda binolarning o‘tga chidamliligi darajasini hisobga olish juda muhimdir.
Sanoat korxonalari asosiy binolari yordamchi xonalari, ombor qurilishlari orasidagi normalashtirilgan oraliqlarning binolarning o‘tga chidamlilik darajasiga nisbati quyidagi jalvalda keltirilgan.
jadval
|
| |