|
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта
|
bet | 2/201 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 7,87 Mb. | | #264582 |
Bog'liq Αquv – uslubiy majmuaning tarkibikasbiy faoliyat turi – ta’lim yо‘nalishiga о‘zgartishlar kiritish maqsadida kasbiy faoliyat obyektiga ta’sir qilishning metodlari, usullari, uslublari va tavsifi;
kompetensiya – ma’lum sohada muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun bilimlar, amaliy malakalar va shaxsiy sifatlarni qо‘llash qobilyati;
modul – tarbiyalash va о‘qitishga yо‘naltirilgan maqsadlar va natijalarga nisbatan muayyan mantiqiy tugallanganlikka ega bо‘lgan о‘quv fani (kursi) yoki о‘quv fanlari (kurslari) qismilarining majmuasi;
ta’lim yо‘nalishi – bitta kasbiy faoliyat doirasidagi turli ta’lim dasturilarining majmui;
kasbiy faoliyat obyekti – predmetlar, voqeliklar, jarayonlar va faoliyat doirasida harakatga yо‘naltirilgan tizimlar;
kasbiy faoliyat sohasi – ilmiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ishlab chiqarishda namoyon bо‘ladigan kasbiy faoliyat obyektlarining majmui;
bakalavriat – oliy ta’lim yо‘nalishlaridan biri bо‘yicha puxta bilim beradigan, о‘qish muddati kamida tо‘rt yil bо‘lgan tayanch oliy ta’lim;
bakalavriatning ta’lim dasturlari (bakalavriat dasturi) – talabalarning tarbiyasi va tayyorgarlik darajasi sifatini ta’minlashga yо‘naltirilgan о‘quv rejasi, о‘quv kurslari, predmetlari, fanlari (modullari)ning dasturlarini qamrab olgan о‘quv-uslubiy majmualari hamda malakaviy amaliyotlar dasturlari, о‘quv jarayoni jadvali va mos ravishdagi ta’lim texnologiyalarini amalga oshirilishini ta’minlovchi metodik materiallar;
profil–asosiy ta’lim dasturining aniq kasbiy faoliyatning muayyan turi yoki obyektiga yо‘nalganligi;
о‘quv-о‘rganish natijalari – о‘zlashtirilgan bilimlar, amaliy malakalar, kо‘nikmalar majmui;
о‘quv sikli–mos ilmiy yoki kasbiy faoliyat doirasidagi bilimlar va amaliy malakalarni о‘zlashtirish va kо‘nikmalarni shakllantirishni ta’minlovchi asosiy ta’lim dasturlaridagi fanlarning majmui;
ARM - axborot resurus markazi;
ITI - ilmiy tadqiqot institutlari;
OTM - oliy ta’lim muassasasi;
|
| |