|
Kadrlar tayyorlashning milliy modeli
|
bet | 9/201 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 7,87 Mb. | | #264582 |
Bog'liq Αquv – uslubiy majmuaning tarkibiKadrlar tayyorlashning milliy modeli
Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iboratdir:
shaxs — kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi;
davlat va jamiyat — ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillari;
uzluksiz ta’lim malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bо‘lib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat kо‘rsatish muhitini о‘z ichiga oladi;
fan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi;
ishlab chiqarish kadrlarga bо‘lgan ehtiyojni, shuningdek ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qо‘yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnika jihatidan ta’minlash jarayonining qatnashchisi.
Davlat va jamiyat uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi barcha uchun ochiq bо‘lishini va hayot о‘zgarishlariga moslashuvchanligini ta’minlaydi.
О‘zbekiston Respublikasi tomonidan inson huquqlari, ta’lim, bola huquqi sohasidagi shartnomalar va konvensiyalarning bajarilishi, kadrlar tayyorlash sohasida jahon ilg‘or tajribasini hisobga olish uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining barcha jihatlariga daxldor bо‘lib, uning rivojlanishi omillaridan biridir.
Shaxs
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog‘liq bо‘lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxs fuqaroni shakllantirishni nazarda tutadi.
*Kadrlar tayyorlash milliy dasturi «Ta’lim tо‘g‘risida»gi О‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan.
Shu tarzda fuqaroning eng asosiy konstitutsiyaviy huquqlaridan biri bilim olish, ijodiy qobiliyatni namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanish, kasbi bо‘yicha mehnat qilish huquqi rо‘yobga chiqariladi.
«Ta’lim tо‘g‘risida»gi Qonun umumiy о‘rta va о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi standartlari orqali sifatli ta’lim olish, shuningdek ta’lim va kasb-hunar jihatdan tayyorgarlikning shakllari va turlarini tanlashni, uzluksiz malaka oshirib borish, zarurat taqozo etsa, tegishli qayta tayyorgarlikdan о‘tish huquqini va keng imkoniyatlarini nazarda tutadi.
Ta’lim xizmatlarining iste’molchisi sifatida shaxsga davlat ta’lim standartlari orqali sifatli ta’lim olish va kasb-hunar tayyorgarligi kо‘rish kafolatlanadi. Ta’lim olish jarayonida shaxs davlat ta’lim standartlarida ifoda etilgan talablarni bajarishi shart.
Shaxs ta’lim xizmatlarining yaratuvchisi sifatida tegishli malaka darajasini olgach, ta’lim, moddiy ishlab chiqarish, fan, madaniyat va xizmat kо‘rsatish sohasida faoliyat kо‘rsatadi va о‘z bilimi va tajribasini о‘rgatishda ishtirok etadi.
|
| |