• Mustahkamlash uchun savollar.
  • 2-MA’RUZA. TA’LIM TO’G’RISIDAGI MILLIY DASTUR. Reja.
  • Ilmiy - tadqiqot faoliyatida




    Download 7,87 Mb.
    bet7/201
    Sana20.06.2024
    Hajmi7,87 Mb.
    #264582
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   201
    Bog'liq
    Αquv – uslubiy majmuaning tarkibi

    Ilmiy - tadqiqot faoliyatida:
    Bakalavr:

    • ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirishda xavfsiz va sog‘lom ish sharoitini tashkil qilish, baholash ishlari jarayonlarini bajarish bilan bog‘liq tadbirlarda qatnashish;

    • hayot faoliyati xavfsizligi sohasidagi maxsus adabiyotlar, ilmiy texnikaviy ma’lumotlar, chet elda va Respublikamizda erishilayotgan fan va texnika sohasidagi yutuqlarni о‘rganish;

    • ilmiy-texnikaviy mavzuviy jurnallarga maqolalarni tayyorlash;

    • ilmiy seminarlar, ilmiy-texnikaviy konferensiyalar ishida ishtirok etish;

    • ilmiy tadqiqotlarni о‘tkazish va ishlanmalarni ishlab chiqishda qatnashish;

    • mavzu (topshiriq) bо‘yicha ilmiy texnik ma’lumotlarni yig‘ish, ishlov berish, tahlil etish va tizimlashtirish;

    • tadqiqot natijalari va ishlanmalarini taxlil kilish qobiliyatiga ega bо‘lishi kerak.



    Mustahkamlash uchun savollar.
    1.Yo’nalishga kirish fanining maqsadi va vazifalarini ayting.
    2.Ta’lim yо‘nalishining tavsifi va unga qo’yiladigan talablar nima?.
    3.5640100 –Hayotiy faoliyat xavfsizligi ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining tavsifini gapiring.


    2-MA’RUZA. TA’LIM TO’G’RISIDAGI MILLIY
    DASTUR.
    Reja.
    1.Ta’lim to’g’risidagi qonun va kadrlar tayyorlashning milliy dasturining maqsadi.
    2. Yo’nalishga kirish fanining kadrlar tayyorlashdagi o’rni.
    3.Fanga qo’yiladigan talablar.

    О‘zbekiston Respublikasi inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishini, jamiyatning ma’naviy yangilanishini, ijtimoiy yо‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishni, jahon hamjamiyatiga qо‘shilishni ta’minlaydigan demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurmoqda.


    Inson, uning har tomonlama uyg‘un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini rо‘yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini о‘zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish О‘zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir.
    Kadrlar tayyorlash milliy dasturi «Ta’lim tо‘g‘risida»gi О‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan bо‘lib, milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mо‘ljalni tо‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bо‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yо‘naltirilgandir.
    Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini rо‘yobga chiqarishni, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta о‘zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida о‘z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi.

    Download 7,87 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   201




    Download 7,87 Mb.