• NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITET KASB Ta’LIMI fakulteti KASB TA’LIMINI O’QITISH METODIKASI kafedrasi
  • 1-MA’RUZA: ”YO’NALISHGA KIRISH” FANINIG MAQSAD VA VAZIFALARI. REJA
  • Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта




    Download 7,87 Mb.
    bet1/201
    Sana20.06.2024
    Hajmi7,87 Mb.
    #264582
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   201
    Bog'liq
    Αquv – uslubiy majmuaning tarkibi


    О‘quv – uslubiy majmuaning tarkibi





    Mundarija

    Bet

    1.

    О‘quv-metodik materiallar ...............................................................

    2

    1.1.

    Ma’ruzalar matni ..............................................................................

    3

    1.2.

    Seminar va amaliy mashg‘ulotlarni bajarishga uslubiy kо‘rsatmalar………………………………………………………...

    217

    2.

    Glossariy ..........................................................................................

    270

    2.1.

    Fan uchun xorijiy va о‘zbek tilidagi adabiyot (elektron shaklda)




    2.2.

    Taqdimotlar (elektron shaklda)




    3.

    Qо‘shimcha о‘quv va ilmiy material (elektron shaklda).




    4.

    Mavzuni о‘zlashtirish uchun materiallar (elektron shaklda)




    5.

    Fan dasturi………………………………………………………..

    278

    6.

    Ishchi о‘quv dastur............................................................................

    290

    NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITET
    KASB Ta’LIMI fakulteti


    KASB TA’LIMINI O’QITISH METODIKASI
    kafedrasi

    HAYOTIY FAOLIYAT XAVFSIZLIGI
    YО‘nalishga kirish

    1. О‘QUV-METODIK MATERIALLAR

    1.1. Ma’ruzalar matni


    1-MA’RUZA: ”YO’NALISHGA KIRISH” FANINIG MAQSAD VA VAZIFALARI.
    REJA:

    1.Yo’nalishga kirish fanining maqsadi va vazifalari.


    2.Ta’lim yо‘nalishining tavsifi va unga qo’yiladigan talablar.
    3.5640100 –Hayotiy faoliyat xavfsizligi ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining tavsifi.

    O’zbekiston kelajakdagi asosiy uch masala: xavfsizlikni qanday saqlab qolish, barqarorlikni ta’minlash va taraqqiyotilidagi ustivor muvozanatni qanday saqlab qolish masalalarini xal qilish lozim.Darhaqiqat, ushbu oddiy xavfsizlik, barqarorlik, ustivorlik so’zlarida chuqur ma’no yashiringan. Bu so’zlar xalqimizni har qanday Favqulodda vaziyatlardan himoyalash muammosiga bevosita aloqador va hozirgi paytda umumdavlat ahamiyatga. egadir. Gap shundaki, XX -asrning oxirgi o’n yilligi bashariyat tarixida — «sovuq» urushning tugashi, ommaviy qirg’in qurollari va birinchi navbatda yadro qurolini ishlab chiqarish, sinash va qo’llashni asta-sekin ta’qiqlashga o’tish bilan belgilanadi.Avvalgi ikki qarama-qarshi siyosiy tizimlarning bir-biriga faol qarshiligi vaqtlarida aholi yad­ro qurolidan himoyalanish ruhida tarbiyalangan bo’lsa, hozir fuqaro muhofazasi yangi — «etarli zarurat» prinsipi asosida tuzilgandir. Bu kontsepsiya markaziy Osiyo hududida yashovchi aholini turli tabiiy ofatlar, avariya, falokatlar va bo’lishi mumkin bo’lgan hududiy urushlar paytida xavfsizligini ta’minlaydi va mablag’ vositalarni tejaydi. Ayniqsa bu yo’nalish, O’zbkiston Respublikasining yer kurrasidagi hududiy joylanishining o’ziga xosligi, yer osti boyliklari, suv havzalari, sanoat va qishloq xo’jaligi milliy boyliklarini saqlash borasida tabiiy, ekologik va texnologik xarakterga ega bo’lgan Favqulodda vaziyatlar oqibatlaridan himoyalashda muhim ahamiyatga ega. SHuning uchun fuqaro muhofazasining maqsad va vazifalari quyidagilardan iboratdir:


    Favqulodda vaziyatlarning paydo bo’lishi va rivojlanishini ogohlantirish; Favqulodda vaziyatlar tufayli yuzaga kelgan talofatlarni kamaytirish;Favqulodda vaziyatlar oqibatini bartaraf qilish. Oliy o’quv yurtlarida talabalarni fuqaro muhofazasiga o’qitishdan asosiy maqsad bo’lajak mutaxasislarni favqulodda vaziyatlarda fuqaro mu­hofazasi chora-tadbirlarini amalda qo’llashga, hamda noharbiy tuzilmalarning komandirlari lavozimida ish tutishga o’rgatishdan iboratdir.Favqulodda vaziyatlarda fuqarolar muhofazasining roli va vazifalari, Fuqaro muhofazasining zamonaviy kontsepsiyasiO’qilayotgan kursning o’ziga xos tomonlaridan biri shundan iboratki, unda maxsus umumdavlat tarmoq va adabiy atamalar ko’plab ishlatiladi. SHuning uchun butun matn davomida bu uch, to’rt so’zlardan iborat atamalarni qisqartma ot sifatida ishlatilsa, maqsadga muvofiq bo’ladi. SHu sababdan bu yerda ularning ayrim eng ko’p uchraydiganlarini keltirishni lozim topdik.
    Favqulodda vaziyat - bu ma’lum hududda avariya, falokat, tabiiy yoki ekologipc ofat epidemiya, epizootiya, epifitotiyalar natijasida sodir bo’lgan yoki bo’lishi mumkin bo’lgan, odamlar o’limiga yoki kasallanishiga olib keluvchi yoki atrof-muhitga zarar keltiruvchi va odamlar hayotiy faoliyatini buzuvchi vaziyatdir. FV larni cheklashda davlatlararo chegaralar to’siq bo’lmaydi. SHuning uchun «hudud» atamasiga FV larni cheklash milliy va davlatlararo dasturlar ishlab chiqish vaqtida ma’lum mazmun beriladi. AHOLI — bu FV yoki uning oqibati ta’siridagi hududda bo’lgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqarolik huquqi bo’lmagan va chet ellik, hamda FV oqibatlarini tugatishda qatnashayotgan fuqarolardir. «Favqulodda» so’zini oddiy xalq tili bilan aytganda odatdagi hayotiy voqealardan chetlatish deb tushuniladi. Biz Yo’nalishga kirish fanidan FV larni keng ma’noda ko’pchilik odamlarning hayotiga va sog’ligiga xavf tug’diruvchi sabablarni tushunamiz. Yo’nalishga kirish fani nazariyasining ayrim belgilarini olaylik: Har qanday faoliyatda yashirin xavf bor va kishining hayotida xavflar uzluksiz xarakterga ega. Xavflarning zamon va makonda noaniqligi, ya’ni bu shunday kuchki, uning yuzaga chiqishi uchun ma’lum sharoit mavjud bo’lishi kerak.Yashirin xavflarni yuzaga chiqish sharoiti sabab deb ataladi, bular har vaqt mavjud va ma’­lum yoki noma’lum bo’lishi mumkin.Sabablarni bilish, ularning o’xshashlik tomonlarini aniqlay olish FV lar oldini olishning asosidir.SHunday qilib, yashirin xavf sabablari tufayli jamiyat uchun noxush tarzida sodir bo’ladigan voqealar oqibatlar (odamlarning » o’limi, moddiy zararlar, ekologik talofotlar va h k.) Favqulod­da vaziyatlar deb ataladi. SHunday ekan, kishilik jamiyati FV larda o’z-o’zini saqlab qolishi zaruratini tushungan holda, oldindan puxta o’ylab, HFXni ta’minlashga qaratilgan tadbirlar qabul qilinadi. FV shunday hodisa jarayonidirki uning alomatlari, rivojlanishining bir necha o’timlari va oqibatlari bo’ladi. FVlardan himoyalanish quyidagi tadbirlar tizimini o’z ichiga oladi:retrospektiv tahlil, ya’ni o’tmishga nazar tashlagan holda tahlil qilish;tayyorgarlik ishlarini o’tkazish; FV davridagi harakatlarga tayyorgarlik ko’rish;oqibatlarni tugatish. FV muammosi ko’p qirralidir. Quyida FV ning hayotiy faoliyat xavfsizligi bilan uyg’unlashgan ayrim masalalarini ko’rib chiqamiz.Tabiiy ofatlar, sanoat avariyalari, transportdagi halokatlar, urush vaqtida dushman tomonidan turli qurollar ishlatishi aholining ko’plab guruhlari sog’ligi va hayotiga xavf tug’diruvchi vaziyat vujudga keltiradi. Bu aytib o’tilgan barcha falokatlarni
    Favqulodda vaziyat nomi bilan atash qabul qilingan.Umumiy holatda FV deganda aholining hayotiy faoliyatiga, jamiyatning iqtisodiga, ijtimoiy sharoitiga va tabiatga sezilarli salbiy ta’sir etadigan va qaror topgan jarayonlarni yoki hodisalari qat’iy o’zgartirib yuboradigan, kutilmaganda sodir bo’lgan vaziyat tushuniladi. Har bir FV o’zining fizik mohiyatiga, faqat o’ziga xos kelib chiqish sabablariga, harakat kuchlariga, rivojlanish xarakteriga, odamga va uni o’rab turgan muhitga ta’sirining o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Bulardan kelib chiqib, FV lar murakkab hodisalarning tabiati va xususiyatiga qarab, har xil xarakterli tomonlarini yorituvchi ko’plab belgilari asosida tizimlashtiriladi. Xususan, amaliy maq sadlar uchun kelib chiqish sabablarining xarakteriga, xavfning tarqalish tezligiga, oqibatlarning og’irligiga qarab, jarohatlovchi omillarning tarqalish hukmiga qarab, FVlar klassifikatsiyasining ust quriimasi qurilishi mumkin.Kelib chiqish sabablariga qarab, FVlarning quyidagi sinflarini ajratish mumkin: tabiiy ofatlar, texnogen falokatlar, antropogen va ekologik falokatlar va ijtimoiy-siyosiy kelishmovchiliklar. TABIIY OFATLAR — bular Favqulodda xarakterga ega bo’lgan xavfli tabiiy hodisa yoki jarayonlardir, bularning natijasida aholining katta qismi kundalik hayotining o’zgarishi, o’lim hodisalari, moddiy boyliklarning yo’qolishi va shunga o’xshash ro’y berishi boshqa holatlar bo’lishi mumkin. Bularga yer qimirlashi, suv toshqini, sunami, vulkanlarning otilishi, sellar, yer surilishi, bo’ronlar va to’fonlar, o’rmon va torflarning yonishi, qor uyumlarining surilishi va bosib qolishi, qurg’oqchilik, surunkali qattiq sovuq, epidemiyalar, hayvonlar orasida, o’simliklar orasida kasalliklar tarqalishi, o’rmon va qishloq xo’jaligi zararkunandalarining ko’payib ketishi va bosh­qa salbiy hodisalar kiradi.Tabiiy ofatlar geologik qatlamlarning juda tez harakati (er qimirlashi, surilishi), yer ichki energiyasining erkinlikka intilishi (vulqonlar, yer qimirlashi), suv sathining ko’tarilishi (suv toshqinlari), qattiq shamol ta’siri ostida (bo’ronlar, tsiklonlar) kelib chiqishi mumkin. Ayrim tabiiy ofat­lar (yong’inlar, yer surilishi, bosib qotishi va sh.o’.) odam faoliyati tufayli bo’lishi mumkin, lekin oqibati hamisha tabiat kuchlari orqali bo’ladi. Har bir tabiiy ofat odamlar sog’ligiga yomon ta’sir etuvchi o’ziga xos jarohatlovchi omili borligi bilan ajralib turadi.Tabiiy ofatlar mamlakat miqyosida ayniqsa hodisa ro’y bergan jarayonlar uchun katta fojeadir. Tabiiy ofatlar natijasida mamlakatning iqtisodi oqsab qoladi sababi ishlab chiqarish korxonalari ishdan chiqadi. Moddiy boyliklar yo’q bo’lib ketadi va eng achinarlisi odamlar halok bo’ladilar, uylari, mol-mulklari vayronaga aylanadi. Tabiiy ofatlardan zarar ko’rgan odamlar soni ko’p bo’lishi, shikkastlar darajasi turli xil bo’lishi mumkin. Odamlar, eng ko’proq suv toshqinlaridan (40%), bo’ronlardan (20 %), yer qimirlashi va qurg’oqchilikdan (15 %) aziyat chekadilar. Qolgan 10 % i esa tabiiy ofatlarning boshqa turlariga to’g’ri keladi.Texnogen falokatlar — bular mashina, mexanizm va agregatlarning kutilmaganda ishdan chiqishi natijasida portlash, yong’in chiqishi, katta hududlarda radioaktiv, kimyoviy yoki biologik zaharlanish, katta guruh odamlarning o’limiga olib kelish hodisasidir. Texnogen falokatlarga ishlab-chiqarish obektlarida, qurilishda, temir yo’l, avtomobil, havo transporti, quvurlarda, suv transportida, yong’in chiqishi, portlash hodisalari kiradi. Bularning natijasida binolarning buzilishi, radioaktiv, kimyoviy va biologik zaharlanishlar, yer va suv sat higa neft mahsulotlari, zaharli suyuqlik va gazlarning oqib chiqishi kuzatiladi. Bu holat, tabiiyki aholiga va atrof muhitga jiddiy xavf tug’diradi. Texnogen falokatlar oqibatlari ko’rinishi avariyaning turiga, uning hajmiga va avariya sodir bo’lgan korxonaning o’ziga xos xususiyatlariga bog’iqdir. Texnogen falokatlarga tashqi tabiiy omillar ta’siri, shu jumladan tabiiy ofatlar, loyiha nuqsonlari, texnologik jarayonning va xavfsizlik texnikasi qoidalarining buzilishi sabab bo’ladi.Antropogen falokatlar — odamning xo’jalik faoliyati tufayli, antropogen omillar keltirib chiqargan biosferaning sifat o’zgarishidir. Bu odamlarga, hayvonot va simlik dunyosiga va atrof muhitga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Atrof jmuhitning tanazzulga (inqirozga, degradatsiyaga) uchrashi, urbanizatsiya, insonning xo’jalik faoliyati hajmi yuqori sur’atlarda ortishi, tabiatdan xo’jasizlarcha foydalanish tufayli yuzaga chiqadi. Ekologik jihatga ega bo’lgan Favqulodda hodisalarga tuproq tarkibining buzilishi va kadimiy, simob va og’ir metallar bilan zaharlanish, atmosferaning zararli kimyoviy moddalar, shovqin, elektromagnit maydonlari bilan ifloslanishi, nurlanishlar, kislota yomg’irlari, azon qatlamining yupqalashishi, yirik sanoat shaharlari ustida chang va tutunlarnini uzoq vaqt ushlanib qolishi, suv havzalarining kambag’allashib ketishi, ifloslanishi va zaharlanishi, odamlarning sog’ligiga tahdid qiladigan boshqa omillar kiradi.Ijtimoiy-siyosiy ixtiloflar (nizolar), davlatlar orasidagi kelishmovchiliklarni zamonaviy qurollar vositasida tanglik (krizis) keltirib chiqarish barobarida hal qilishga urinish o’ta fojeali yo’ldir. Favqulodda vaziyatlar xavfining tarqalish tezligi bo’yicha quyidagi sinflarga bo’lish mumkin:tasodifiy — (er qimirlashi, portlash, transport avariyalari va h k.);shiddatli — (yong’inlar, gidrodinamik avariyalar, o’tkir zaharli gazlar otilib chiquvchi port- lashlar va sh.o’.);mo’tadil (o’rtacha) - suv toshqinlari, vulqonlarning otilib chiqishi; radioaktiv moddalar oqib chiquvchi avariyalar;ravon — sekin asta tarqaluvchi xavflar (qurg’oqchilik, epidemiyalar, tuproqning ifloslanishi, suvning kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi va h k. lar).FV ning tarqalish ko’rsatkichi faqatgina u bevosita ta’sir qilgan hudud maydoni bilan belgilanmaydi, balki zararli hodisaning bilvosita tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa muhim aloqalarga ta’siri bo’lishi mumkin bo’lgan maydonlarni ham qamrab oladi. Bundan tashqari doirasiga oqibatning og’irligi ham kiradi. Ba’zi hollarda favqulodda vaziyat maydoni bo’yicha kichik bo’lishiga qaramay darajani juda og’ir va katta talofatli bo’lishi mumkin. SHuning uchun FV larning kategoriyasini aniqlaganda ta’sir maydoni bilan birga uning og’irligini ham hisobga olish kerak. Bular FV lar tufayli yuzaga kelgan oqibatni yo’qotish uchun muhimdir. Ushbu majmuaviy belgi bo’yicha FV ni beshta turga bo’lish mumkin:cheklangan obektga taalluqli (lokal);mahalliy;milliy; regional (Respublika);global (dunyo miqiyosidagi). CHeklangan — FV lar oqibatlari xalq xo’jaligi obekti hududi bilan chegaralanadi va shu korxona kuchi va mablag’i bilan daf qilinadi. Mahalliy — FV larning oqibatlari aholi yashaydigan punkt (qishloq, shahar va h k.) bilan chegaralanadi. Bunga yirik shahar, ma’muriy jarayon, bir necha jarayonlar, viloyat kirishi mumkin va ularning kuch va mablag’lari hisobiga bartaraf qilinadi.Respublika — FV ning oqibatlari bir necha viloyat yoki iqtisodiy jarayon bilan chegaralanadi va respublika kuch va mablag’lari hisobiga bartaraf etiladi.Transchegarali — FV ning oqibatlari bir necha iqtisodiy rayon yoki respublika miqyosida bo’lishi mumkin, lekin davlat chegarasidan chiqmaydi. Bunday FV larning oqibatlarini bartaraf etish davlat mablag’i hisobiga, aksariyat hollarda xorijiy yordam hisobiga amalga oshiriladi.Dunyo miqyosidagi (global) — FV ning oqibatlari mamlakat chegarasidan chiqib, boshqa mamlakatlarga ham yoyiladi. Bu oqibatlar har bir mamlakatning ichki kuchlari bilan va xalqaro hamjamiyat tashkilotlari mablag’lari hisobiga yo’q qilinadi.Ko’rsatib o’tilgan barcha FV larning turi va sinflari chegaralari shartlidir. Yuqorida ko’rsatilgandek ayrim ofatlar — yer siljishi, sahroga aylanishi, yer qimirlashi, o’rmon va torf yong’inlari va h k. lar kelib chiqishi bo’yicha tabiiy hamda tabiiy-antropogen bo’lishi mumkin. FV larni boshqa belgilariga qarab tizimlashtirishda ham shunga asoslanish maqsadga muvofiq keladi. FV lar oqibatlari turli-tuman bo’lishi mumkin. Ular FV laming turiga, xarakteriga va tarqalish hajmiga bog’liqdir. FV lar oqibatining asosiy turlari: o’lim, odamlarning kasallanishi, inshootlarning buzilishi, radioaktiv ifloslanishlar, kimyoviy va bakterial zaharlanishlardir. SHuni alohida qayd qilish kerakki, FV laming ko’pgina holatlarida boshqa zararli omillar bilan birga ruhiy jarohatlovchi holatlar mavjud bo’ladi. Bu paytda o’ta kuchli ta’sirlar odamning ruhiy holatini buzilishiga olib keladi. Bu ta’sirning xavfi shundaki, depressiv ruhiy holat faqatgina shu ta’sir hududidagina emas, undan chiqqandan so’ng ham davom etishi mumkin. FV larda xavfli va zaharli omillarni hisoblab chiqish, oldindan aniqlash ehtimoli mavjud bo’lsada, lekin uning ruhiy ta’sirini real holatda aniq aytish muammo hisoblanadi. Ayrim hollarda u boshqa omillar ta’sir doirasidan ham katta bo’lishi mumkin. FV laring zararli va xavfli omillari ta’siri ostida joylashgan aholi, hayvonlar, bino va inshootlar, injenerlik kommunikatsiyalari, barchasi birgalikda shikastlanish o’chog’i deyiladi. SHikastlanish o’chog’lari oddiy (bir turli) va murakkab (qurama) bo’lishi mumkin. Oddiy shikastlanish o’chog’i deb, faqat bir shikastlovchi omil ta’siri natijasida paydo bo’lgan o’choqqa aytiladi. Masalan, portlash, yong’in natijasidagi buzilish, kimyoviy yoki bakterial zaharlanish shular jumlasidan. Murakkab shikastlanish o’chog’i FV larning bir necha shikastlovchi omillari ta’sirida yuzaga keladi. Masalan: kimyo korxonasidagi portlash, binolarning buzilishi, yong’in, kimyoviy zaharlanishi kabi oqibatlarga yer qimirlashi va qattiq bo’ron, inshootlarning buzilishidan tashqari suv toshqini, yong’inlar, elektr tarmoqlarining ishdan chiqishi, zaharli gazlarning chiqishi natijasida zaharlanish va h k. larga olib kelishi mumkin. SHikastlanish o’chog’i shakli (tuzilishi) xavfli omil tabiatiga qarab doira shaklida — yer qimirlaganda, portlaganda, tasma shaklida — bo’ron, to’fon, suv toshqini, sel oqimi, vulqon oqimlari va boshqalar, noaniq shaklda — yong’in, yer siljishi sifatida namoyon bo’ladi.Izoformizm tushunchasidan foydalanib (formalarning o’xshashligi), FV larning tavakkali (ko’rilgan zararning qiymati sifatida) ularning kelib chiqishi tabiatidan qat’iy nazar quyidagi formu­la bilan ifodalanadi: T = F (Ra, Rv, S) Bu yerda: F — operator (FV simvoli, uning asosiy oqibatini xarakterlaydi); Ra — shu klassdagi FV larning kelib chiqishi statistik ehtimoli; Rv — Favqulodda vaziyatlarning ko’ngilsiz sifat o’zgarishiga olib keluvchi ehtimolligi; S —- Favqulodda vaziyatlarga nisbatan tashqi omillar (xalq xo’jaligi obekttarining qurilish va joylashtirish xarakteri, obekt joylashgan yerning xarakteri, iqlim sharoitlari, aholining zichligi va uning FV lar paytida harakat qilish tayyorgarligi va h k.). FV lardan himoyalanishning asosiy sharti, sharoitni baholay olish, keltirib chiqargan sababini va uning mexanizmini bilishdir. Jarayonning mohiyatini bilib, uning oqibatini oldindan aytib berish mumkin. O’z vaqtida va aniq aytilgan ma’lumot samarali himoya uchun o’ta muhimdir.Favqulodda vaziyatlar quyidagilar natijasida paydo bo’ladi:og’irlik kuchlari, yer aylanishi yoki haroratlar farqi ta’siri ostida paydo bo’ladigan, tez kechadigan tabiiy jarayonlar;konstruktsiyalar yoki inshootlar ashyolarining zanglashiga yoki eskirishiga, fizik-mexanik ko’rsatkichlarning pasayishiga olib keladigan tashqi tabiiy omillar ta’siri;inshootlarning loyiha, ishlab chiqarish nuqsonlari (qidiruv va loyiha ishlaridagi xatolar, quri­lish ashyolari, konstruksiyalar sifatining pastligi, qurilish ishlarining sifatsiz bajarilganligi, qurish va sozlash ishlarida texnika xavfsizligiga rioya qilmaslik va h k.);ishlab chiqarish texnologik jarayonlarining inshoot ashyolariga ta’siri (me’yoridan ortiq kuchlanishlar, yuqori harorat, thrashlar, kislota va ishqorlar ta’siri, gaz-bug’ va suyuq agressiv muhitlar, mineral moylar, emulsiyalar ta’siri);sanoat ishlab chiqarish texnologik jarayonlarining va inshootlarni ekspluatatsiya qilish qoida larining buzilishi (bug’ qozonlarining, kimyoviy moddalarning, ko’mir changi va shaxtalarda metanning, yog’och ishlab chiqarish korxonalarida yog’och changlarining, elevatorlarda don changlarining portlashi va hk.); Kelib chiqishi va turidan qat’iy nazar, FV laming rivojida to’rtta xarakterli bosqichlarni ajratish mumkin:uyg’onish, paydo bo’lish, dunyoga kelish bosqichlari; — rivojlanish, avj olish bosqichi;Eng yuqori darajasi, eng yuksak darajasi bosqichi;pasayish, o’chish bosqichi (oqibatni lugatish). Uyg’onish bosqichida bo’lg’usi FV ning zamini uchun sharoit yaratiladi: noxush tabiiy jarayonlar faollashadi, inshootlarning loyiha ishlab chi­qarish nuqsonlari yig’ila boshlaydi va ko’plab texnik nosozliklar yuzaga chiqadi, uskunalar ishida, injener-texnolog xodimlar ishida nuqsonlar paydo bo’ladi va h k.Uyg’onish bosqichi davomiyligini aniqlash uchun, bu ham juda katta taxmin bilan seysmik, meteorologik, sellarga qarshi va boshqa stantsiyalarning kuzatuvlarini juda sinchiklab o’rganish va muntazam yozib borish orqaligina bajariladi.Rivojlanish, avj olish bosqichida inson omili asosiy o’rnini egallaydi. Statistik ma’lumotlar 60% dan ortiq avariyalar inson xatosi tufayli ro’y berganligini ko’rsatadi.Eng yuqori darajadagi bosqichida esa odamlar va atrof muhitga xavf solib turgan modda yoki energiyaning ozod bo’lishi, ya’ni Favqulodda hodisa kuzatiladi. FV ning o’ziga xosligi shundaki, u zanjirsimon xarakterga ega. Unda energiyaga tola, zaharli va biologik faol komponentlarning qo’shilib ketishi tufayli rivojlanishi ko’p martalab (gohida yuz martalab) ortib ketadi. Boshqacha aytganda, bu modda va energiyani vayron qiluvchi bo’shalishi zanjirsifat jarayondir. Pasayish, o’chish bosqichiga vaqt bo’yicha xavf manbaining jilovlab olish davridan boshlab to uning oqibatini bevosita va bilvosita bartaraf qilguncha ketgan vaqtdir. Bu bosqichning davomiyligi yillar, gohida o’n yillar davom etishi mumkin.FV larni shikastlanish sabab-oqibat zanjirini muayyan sharoitda bilish bunday vaziyatning oldini olish ehtimolini oshiradi va oqibatlarini tezroq tugatishga yordam beradi.O’zbekiston Respublikasi hududida bo’lishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlar, avariya va falokatlarning tasnifiO’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 455-qaroriga binoan bizning respublikamizda bo’lishi mumkin bo’lgan quyidagi yetti FVlar tasdiqlangan:Zilzilalar; Sel, suv toshqinlari va boshqa gidrometeorologik hodisalar;Kimyoviy xavfli obektlarda avariya va falokatlar (O’ZM - o’tkir zararli moddalar ajralib chiqishi ham kiradi);Portlash va yong’in xavfi mavjud obektlardagi avariya va falokatlar; O’ZM larni lemir yo’l va boshqa transport vositalarida tashish paytidagi avariya va falokatlar; Xavfli epidemiologik sharoitlarning vujudga kelishi; Radioaktiv manbalardagi avariyalar. Ularning qisqa tavsifnomalarini odamlarga va xalq xo’jalik inshootlariga (XXI lar) ta’sirini ko’rib chiqamiz.1. Zilzilalar — bularga eng xavfli va vayron qiluvchi tabiiy ofatlarga kiradi. Zilzila bu yer osti zarbasi va yer ustki qatlamining tebranishi bo’lib, tabiiy, asosan texnologik sabablardan ro’y beradi. Yer ostki zarbasining paydo bo’lish o’chog’i yerning ostki qatlamidagi uzoq vaqt yig’ilib qolgan energiyaning ozod bo’lish jarayoni tufayli yuzaga keladi. O’choqning markazidan shartli ravishda nuqta tanlab olinadi, buni gipottsntr deyiladi. Gipottsentrning yer yuzasiga tushirilgan proektsiyasi EPITTSENTR deyiladi.Zilzila epitsentri. Ilgari barcha zilzilalarning o’chog’i yerning ustki qatlamida 8-64 km chuqurlikda paydo bo’ladi, deb tushunilar edi. Lekin, hozirgi paytda fanga ko’pgina zilzilalarning paydo bo’lish o’choqlari uning 2900 km qalinlikdagi, qattiq holatdagi mantiya qatlamida vujudga kelishi ma’lum. Mantiyadagi katta bosim yoki portlashlar tufayli zilzila o’chog’i paydo bo’ladi va u katta kuchlanishlarni yaratadi, bular o’z navbatida yerning ustki qatlamining tebranishiga olib keladi. Gipottsentrdan hamma tarafga elastik, seysmik to’lqinlar tarqaladi, ular asosan uzunasiga va ko’ndalang turlarga bo’linadi. Er ostidan uzunasiga tarqalayotgan to’lqinlar o’z yo’nalishi bo’yicha navbatma-navbat yer po’stlog’ini siqib va tortib turadi va yer yuzasiga chiqqanda tovush chiqaradi. Yer ostida chivillash va gumburlash tovushlarini paydo qiladi. Ko’ndalang to’lqinlar yer yuzasiga chiqib zilzila to’lqinrarini vujudga keltiradi, ular epittsentrdan barcha taraflarga tarqaladilar.Ko’ndalang to’lqinlar uzunasiga yo’nalgan to’lqinlarga nisbatan xavfliroqdir, ular yer yuzasidagi barcha narsalarni vertikal va gorizontal yo’nalishlar bo’yicha tebratgani tufayli ko’proq vayronliklarga olib keladi. Zilzila o’chog’lari har xil chuqurlikda paydo bo’lishi mumkin. Ko’proq yer po’stlog’ining 20-30 km ida, ba’zan esa yuzlab km chuqurliklarda bo’lishi mumkin (masalan 1997-yildagi Moldaviya va Ruminiyadagi zilzila— 150 km chuqurlikda bo’lgan).Zilzila kuchini o’lchashning bir necha usullari bor. O’zbekistonda MSK-64 (Medvedev, Shpon xoer, Karnik) xalqaro o’lchov shkalasi qo’llanadi. Bu shkalada zilzilaning jadalligi ballarda o’lchanadi. Ball yer yuzasining titrash darajasi bilan xarakterlanadi.Bundan boshqa keng qo’llanadigan shkala ham bor. Bu Rixter shkalasi. Rixter shkalasi zilzila­ning yer yuzasidagi emas, balki gipottsintrdagi jaddalligini, ya’ni zilzila o’chog’idagi haqiqiy jadalligini bildiradi. Uning o’lchov birligi ballarda emas, balki magnitudadir. Magnituda — bu zilzila gipottsentrdagi ajralib chiqqan energiyaga proporsional kattaligidir. Bu qiymat 8,7 gacto chegarada bo’ladi. MSK-64 va Rixter shkalasi orasidagi farq takriban 2,5 ni tashkii etadi.Magnituda shkalasi dastlab 1935-yili Amerika seysmologi CH. Rixter tomonidan taklif qilingan va 1941-1945-yillarda B. Bumerang bilan hamkorlikda nazariy jihatdan asoslangan. SHaharlar, aholi yashaydigan punktlar va XX yilarni zilzilaga bardoshliligini oshiruvchi asosiy tadbirlar quyidagilardir: Seysmik rayonlashtirish va inshootlarning zilzilaga bardoshliligini oshirish bo’yicha tadbirlar majmuasini ishlab chiqish; zilzilaviy, geologik va geofizik kattaliklarni tahlil qilish, oldindan qaerda va qanday kuch bilan zilzila bo’lish ehtimoli borligini aniqlashdan iboratdir.
    Bizning respublikamizda ham seysmik rayonlashtirish xaritasi ishlab chiqilgan va barcha loyihalashtirish tashki-lotlariga asosiy hujjat sifatida tarqatilgan. Respublikamiz ayrim hudud- laridagi maksimal seysmilik 8-9 ballni tashkii etadi. 9 balli zonaga CHotqol tog’ tizmasi, Naman gan va Farg’ona viloyatlari, Surxondaryo viloyatining shimoli va Toshkent viloyati kiradi. Mamlakatimiz tarixida ko’plab kuchli zilzilalar qayd etilgan. Masalan: 1902-y. Andijon, CHotqo zilzilasi, 1976 - Gazli, 1984 - Gazli 9 baldan ortiq, 1966-aprel, 1980-dekabr - Toshkent 7-8 ball. Qadimgi tarixdan 818-yili Xorazmda 77 kunlik zilzila bo’lgani ma’lum, 1209-yili. 1490-yili Sa- marqandda, 1602-yili Farg’onada kuchli zilzilalar bo’Igan va Sirdaryo suvi qirg’og’idan chiqib ketgan. 1797-1798-yillarda Urgut qit’asi butunlay vayron bo’lganligi ma’lum.
    Atamalar, ta’riflar, qisqartmalar
    Mazkur standartda О‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim tо‘g‘risida»gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi hamda oliy ta’lim sohasidagi xalqaro hujjatlarga mos ravishda atamalar va ta’riflardan foydalanilgan:

    Download 7,87 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   201




    Download 7,87 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта

    Download 7,87 Mb.