|
Zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiti
|
bet | 1/6 | Sana | 26.07.2024 | Hajmi | 0,5 Mb. | | #268678 |
Bog'liq Musqil ish. Abbos
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITI
Fizika fanidan
Mustaqil ishi
Bajardi: NizomovAbbosjon
Tekshirdi: Karimov Xasan
Toshkent-2024
AKUSTIKA. DOPLER EFFEKTI.
REJA:
1. Akustika.
2. Dopler effekti haqida umumiy tushuncha.
3. Dopler effektining nazariy asoslari.
4. Dopler effektining kundalik hayotdagi misollari.
AKUSTIKA (yun. akustikos — eshitaman) — fizikaning tovush hodisalarini, yaʼni jismda mexanik toʻlqinlarning paydo boʻlishi, tarqalishi va ularni qabul qilish jarayonlarini, tovush hodisasi bilan boshqa fizik hodisalar orasidagi bogʻlanishni oʻrganadigan boʻlimi. Tovushning tarqalish va qaytish qonunlari Yevklid zamonida aniqlangan edi. 17 – a. ga kelib, tonning yuksakligi va tebranishlar soni orasida bogʻlanish borligi aniqlandi. Galiley va fransuz fizigi Mersenn (1588—1648) tovush toʻlqinining havoda tarqalishini ilmiy tushuntirdilar va tovush tezligini oʻlchadilar. Torrichelli vakuumda (havoslz joyda) tovush tarqalmasligini isbot qildi. Reley Akustikaning nazariy asoschisi boʻldi; uning «Tovush nazariyasi» (1877) kitobi bosilib chiqdi.
Akustika quyidagi sohalarga boʻlinadi: umumiy Akustika, fiziologik Akustika, elektr A., meʼmoriy Akustika va qurilish A. si, musiqa Axi, gidroakustika, atmosfera A. si va harbiy A. Umumiy Akustika tovushning paydo boʻlishi va tarqalishini hamda akustik oʻlchash usullarini oʻrganadi. Tovush qisqa vaqt davom etadigan hodisa, uni energiya bilan taʼminlab turibgina uzoq davom ettirish mumkin. Tovush hosil boʻlishi uchun tebranish davom etishi kerak (avtotebranish). Tebranish tebranish amplitudasi, soni, davri, tebranish shakli b-n, tovush toʻlqini toʻlqin uzunligi, toʻlqinlar tarqalish tezligi, toʻlqin energiyasi bilan ifodalanadi. Fiziologik Akustika tovushning eshitilishi, organizmga taʼsiri va h. k. b-n shugʻullanadi. Bunday Akustikaning asosiy tushunchalarini Om va Gelmgols yaratgan. Elektr Akustika tovush energiyasining elektr energiyasiga, elektr energiyasining tovush energiyasiga aylanishi, tovush yozib olish, bino A. si va ultratovush texnikasi bilan shugʻullanadi. Nemis ixtirochisi F. Reys telefon (1861) va ingliz ixtirochisi Akustika Bell (1876) mikrofon ixtiro qilganlaridan soʻng telegraf aloqasi amalga oshirildi. 1900-y. tovushli kino vujudga keldi. 1925-y. dan tovush yozib olishning elektr Akustika usuli joriy qilindi. Elektron lampalar ixtiro qilingandan soʻng elektr Akustika tez taraqqiy etdi. Meʼmoriy Akustika va qurilish Akustikasi binoning hamma joyida tovush va musiqaning yaxshi eshitilishini taʼminlash, tashqi shovqinni kamaytirish masalalari bilan shugʻullanadi. Qurilish Akustikasida reverberatsiyani amerikalik olim U. Sebin (Sabine) tadqiq qilgan va qurilish materiallarining tovush oʻtkazish parametrlarini aniqlagan. Musiqa Akustikasi musiqa hodisalari (tovush, tovushqator, hamohanglik, musiqa tizimlari va b.)ning obyektiv fizik qonuniyatlarini oʻrganib, ularga musiqani idrok etish jarayoni nuqtayi nazaridan yondashadi. Atmosfera Akustikasi va gidroakustika tovushning bir jinsli boʻlmagan va qatlamli muhitlarda tarqalishini oʻrganadi. Dengiz bir jinsli boʻlmagan muhit, unda tovush toʻlqinlari buriladi, yutiladi va sochiladi, bu uzoq, masofadagi kemaning turgan joyini aniqlashni qiyinlashtiradi. Bu hodisalar atmos-feraga ham tegishlidir. Harbiy Akustika tovush tezligini bilgan holda dushman turgan joyni aniqlash, tovush qaytishi yerdamida samolyotlarning uchish yoʻnalishini, kuzatish punktidan uzoqligini va h. k. ni aniqlash b-n shugʻullanadi. Tovush tutish — radiolokatsiya, tovush eshitish — pelengatsiya harbiy ishda keng tatbiq qilinadi. Suv osti kemalari, samolyotlar, akustik minalar ultratovush bilan boshqariladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiti
|