• 52-variant
  • Zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalar universiteti




    Download 143,12 Kb.
    Sana16.05.2024
    Hajmi143,12 Kb.
    #237355
    Bog'liq
    mustaqil ish2





    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL – XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI



    Mustaqil ish
    Kompyuterni tashkillashtirish

    Guruh : 431-22
    Bajardi : Shodibekov J
    Toshkent 2024

    52-variant

    MAVZU:

    PORTLAR VA ULARNING VAZIFALARI

    Reja:


    1.Kirish
    Muqaddima
    Maqsad
    2.Portlar va Interfeyslar
    Portlar haqida umumiy ma'lumot
    Kiritish-chiqarish portlari
    Tarmoqli portlar
    3.Tashqi Qurilmalar va Tashqi Interfeyslar
    Tashqi qurilmalar haqida umumiy ma'lumot
    Tashqi interfeyslar
    4.Interfeyslar
    Foydalanuvchi interfeysi
    Miya interfeysi
    Fizik interfeys
    5.Kompyuter Tarmoqlari
    Tarmoq turli xil bo'lishi
    Tarmoq tuzilishi va turli xil funksiyalari
    6.Protokollar
    Protokollar turlari
    Ba'zi keng mashhur protokollar
    7.Kommunikatsiya Nazariyasi
    Darajalar tuzilishi
    Tarmoqlar orasidagi ma'lumot almashish turlari
    8.Xulosa
    Portlar va interfeyslar ro'yxati
    Tarmoqlar va aloqalar tuzilishi
    Protokollar va ularning ro'yxati
    Kommunikatsiya nazariyasi va uning amaliyoti


    Nazariy qism
    Kompyuterning ichki va tashqi portlari Bu maqolada biz kompyuterning ichki va tashqi portlari haqida ma`lumotga ega bo`lish va ishlash tartibini o`rganish. Kompyuter interfeysi va tarmog`i haqida ko`nikmaga ega bo`lish haqida malumotga ega bo’lamiz.
    Informatsion texnologiyalarda port – bu yuborilayotgan va qabul qilinayotgan axborotlar o`rtasidagi bog`lanishni tashkil etadi (mantiqiy yoki fizik).Odatda quyidagilar:
    Qurilmali (apparatli) portlar – bu asosan kompyuterning fizik qurilmasi bo`lib u asosan vilka yoki kabel yordamida kompyuterga bog`lanadi.Ularga quyidagilar kiradi:
    Parallel port, Davomli port, USB, PATA/SATA, IEEE 1384 (FireWire), PS/2
    Kiritish- chiqarish porti – mikroprotsessorlarda (masalan Intel) qurilmalar yordamida ma`lumotlar almashish imkonini beradi. Kiritish- chiqarish porti dasturga ma`lumotlar berish va uni almashishni tashkil etadi.
    Tarmoqli port – TCP va UDP protokol parametrlari bo`lib u IP formatidagi ma`lumotlar paketi qo`llanilishini aniqlaydi.

    Kompyuterning tashqi qurilmalari bilan axborot almashishi jarayonini, kopmyuterning tashqi interfeysi tashkil qiladi. Tashqi interfey tashqi portlar, shinalar, kopmyuterlar birlashmasi va tashqi qurilmalar jamlamasidan iboratdi. Asosan kopmyuter va tashqi qurilmalarni bir-biriga bog’lashda shinalardan foydalaniladi.
    Kopmyuterga printer, scaner, sichqoncha, klaviatura va shunga o’xshash qurilmalarning kompyuterga ulanishi tashqi interfeysga misol bo’ladi. Tashqi interfeysni amalga oshirish uchun unga apparat va dasturiy ta’minot: tashqi qurilmani boshqaruvchisi (controller) va controller ni boshqaruvchi maxsus dastur, drayver (driver) kerak bo’ladi.
    Har qanda kopmyuterda tashqi interfeys bir qancha portlar, jumladan, LPT, PS/2, COM, USB, … kabilar orqali amalgam oshiriladi. (1-rasmga qarang). Har bir portning o’ziga yarasha vazifasi bor.

    IEEE 1284 (Printer port, parallel port, LPT) – shaxsiy kompyuterga ulashga mo`ljallangan xalqaro parallel interfeys standartiga mos tushuvchi qurilma. “LTP” nomi MS DOS oilasidagi operatsion tizimdagi “LTP1” (Line Printer Terminal yoki Line PrinTer) standart nomidan kelib chiqqan. Hozirgi vaqtda bu interfeys asosan USB interfeysi bilan mos tushadi va u yi`g`ma apparatlarni (skaner – printer - kserokopiya) ulashsh uchun ishlatiladi. Lekin asosan yuqori tezlikda chop etish va printer uchun ishlatiladi. Bu bilan asosan Cetronics, Betronics, HP, Hewlett-Packard firmalari tomonidan ishlab chiqariladi. Ular 1284.3-2000 va 1284.4-2000 standartiga asoslangan. Ishchi rejimlari:

    • SPP (Standart Paralell Port) — bir yo`nalishli port, to`laligicha Cetronics interfeysi bilan mos tushadi.

    • Nibble Mode — SPP rejimida ikki yo`nalishli ma`lumotlar almashinishga asoslangan (4 baytli) qo`shimcha qurilmalar bilan jihozlangan

    • Byte Mode — Ba`zida qo`llaniluvchi IEEE 1284 standartiga asoslangan eski kontrollerlardan ikki tomonlama ma`lumot almashish uchun foydalaniladi.

    • EPP (Enhanced Parallel Port) —ishchi qurilma Intel, Xircom va Zenith Data Systems — firmalariga tegishli ikki tomonlama ma`lumot almashish, 2 Mbayt/sekund tezlikda

    • ЕСР (Extended Capabilities Port) — ishchi qurilma Hewlett-Packard va Microsoft kompaniyalari, qo`shimcha ravishda ma`lumotlarni siqish appatiga ega va DMA rejimida ishlovchi qurilma

    Tarmoq kommutatori (TCP/IP port) yoki svitch (switch- qo`shmoq, qaytaulagich)- kompyuter tizimlarida bir necha uzellarni bir segmentda birlashtirish uchun mo`ljallangan qurilma. Konsentratorlardan asosiy farqi bitta qurilmaga berilgan ma`lumotlar kommutator orqali boshqa kommutatorlarga uzatiladi. Kommutatorlar OSI modelining kanal rejimida ishlaydi va bir- bir biriga MAC adresslari orqali uzellar bir tarmoqqa bog`lanadi. Bir necha tarmoqlarni birlashtirish uchun tarmoq darajali marshrutizatorlardan foydalaniladi.
    Kompyuterning ichki portlari bilan ishlash.
    Kompyuterning ichiki portlari ichiqi qurilmalarning bir-biri bilan aloqasini ta’minlashga xizmat qiladi, xuddi tashqi portlarga o’xshab. Ichiki portlarda ham axborot (signal) lar uzatish uchun qo’llaniladi va har bir portning maxsus raqami mavjuddir. Har qanday ichiki qurilmaning o’zining porti mavjud. Bu portlardan protsessorning buyrug’iga qarab, shu portdan axborot qabul qilishi yoki uzatishi mumkin. Agar microprotsessor ma’lum raqamli portga OUT buyrug’ini bersa, shu portdan ma’lumot uzatish mumkin. Bu ma’lumotning o’lchami 1 yoki 2 bayt bo’lishi mumkin. Agar microprotsesseor IN buyrug’ini bersa, deman shu portdan axborot o’qilishi lozimligini bildiradi.
    Masalan, klaviaturada ixtiyori tugmaning bosilgani holati. Bu holatda darhol natijasi namoyon bo’ladi. Lekin bu jarayon bir necha bosqichlardan o’tadi. Klaviaturanig tugmasi bosilganda markaziy protsessor klaviaturaning portiga IN buyrug’ini beradi. Qaysi tugma bosilgani aniqlanib chiqish portlariga uzatiladi.
    Ichki portlarning 944 (ЗВ0(16))-sidan boshlanadigan bir qancha portlar oq-qora grafikali rejim uchun, 976(3D0(16)) boshlanadiganlari ragli grafik rejim uchun. 1008 (3F0(16)) dan boshlanadiganlari yumshoq disk (floppy) ni boshqarish uchun, 1013(3F5(16)) da esa floppy diskka yozish va floppy diskdan o’qish uchun qo’lladinlar.
    Agar kopmyuterda tashqi portlar mavjud bo’lmasa u kopmyuterda faqat o’zining ichida bor ma’lumotlar bilan ishlash mumkin, ya’ni tashqi qurilmalar ulab bo’lmaydi. Bu esa ancha qiyinchiliklar tug’diradi. Ichiki portlarning mavjud bo’lmasligi mumkin emas. Chunki ularsiz kopmuuter ishlashi emas yonishi qiyin. Insonning qon tomirlari inson tanasini kislorodni eltib bersa, portlar esa kopmyuterning qurilmalarini axborot (berilgan buyruq) ni eltib beradi. Ayonki, insonning qon tomirlari bo’lmasa yashamasligi aniq, kopmyuter ham shundoq portlari bo’lmasa u kopmyuter emas.

    3.Interfeys bu ikki tizim, qurilma yoki dastur orasidagi chegara bo`lib u elementlar orasidagi bog`lanishni tashkil etuvchi yordamchi boshqaruvchi mikrosxemalar yoki bog`lanish qurilmasidir.
    Foydalanuvchi interfeysi – foydalanuvchi bilan qurilmalar o`rtasidagi aloqani ta’minlab beruvchi muhit:
    Buyruqlar qatori interfeysi
    : matnli qator (buyruq) yordami bilan yo`l ochuvchi kompyuter konstruksiyasi;
    Foydalanuvchining grafik interfeysi(graphicaluserinterface, GUI): Monitorning elementlarini taqdim etuvchi dasturiy funksiya;
    Dialogli interfeys;
    Yagona tilli interfeys: foydalanuvchi dastur bilan uning ona tilisida “gaplasha oladi”.
    Miya interfeysi (in english: brain- computer interface) – kompyuter elektordlar va miyaga o`rnatilgan retseptorlar yordamida foydalanuvchi miyasidagi o`zgarishlarga mos ravishda ovoz va nurlanishni boshqarib turishga javobgar bo`ladi.
    Fizik interfeys – bu fizik qurilmalar bilan ishlash muhiti. Bu muhit haqida gapirilganda asosan kompyuter portlari tushuniladi:
    Tarmoqli interfeys;
    Shlyuz (telekommunikatsiya) – mahalliy tarmoqlarni undan kattaroq tarmoqlar bilan, misol uchun Internet, bog`lovchi qurilma;
    Shina(Kompyuter);
    COM interfeys (Component Object Model interface) – mavhum funksiyalar va xususiyatlarni shu interfeys komponentalari orqali boshqa dasturlarda aniq funksiya ko`rinishida qo`llash imkonini beradi;
    Ma’lumotlar almashish uslubiga ko`ra interfeys parallel va interfeyslarga bo`linadi

    4.Kompyuter tarmog`i (hisoblash tarmog`i, ma`lumotlar almashish tarmog`i) – ikki yoki undan ortiq kompyuterlar o`rtasidagi aloqa tizimidir. Ma`lumotlar almashish turli xil fizik hodisalarni qo`llash orqali amalga oshiriladi: elektr signallari yoki elektromagnit nurlanishlarning turli xil ko`rinishlari orqali.
    Kompyuter tarmog`i o`z navbatida ma`lum qoidalar asosida bir necha turlarga bo`linadi.
    Sinflanishi

    1. Hududiy chegaralanishlar va o`lchamlar bo`yicha:

    a) Shaxsiy tarmoq (PAN, Personal Area Network);
    b) Mahalli tarmoq (LAN, Local Area Network);
    c) HomePNA;
    d) Shahar tarmog`i (MAN, Metropolitan Area Network);
    e) Milliy tarmoq;
    f) Xalqaro hisoblash tarmog`i (WAN, Wide Area Network);
    2. Operatsion tizim tarmog`i bo`yicha:
    a) Windows asosida;
    b) UNIX asosida;
    c) NetWare asosida;
    d) Aralashgan;
    3. Funksional qo`llanilishi bo`yicha:
    a) Ma`lumotlarni saqlash tarmog`i;
    b) Serverli fermalar;
    c)
    d) SOHO tarmog`i;
    4. O`zaro aloqadorlik bo`yicha:
    a) Mijoz- server;
    b) Ko`p qatlamli arxitektura;
    c) Nuqta- nuqta;
    d) Bir rangli(bir xillilik);
    5. Tarmoq topologiyasi tipi bo`yicha:
    a) Shina;
    b) Yulduz;
    c) Xalqa;
    d) Panjara;
    e) Aralashgan topologiya;
    f) To`liq aloqadagi topologiya;
    6. Zaruriy holda doimiy aloqani ta`minlash bo`yicha:
    a) Paketli tarmoq, misol uchun Fidonet va UUCP;
    b) Onlayn (online) tarmoq, misol uchun Internet va GSM
    Protokollar steki
    Kompyuter tarmog`ini boshqarish davomida bir necha ko`rinishdagi protokollar to`plamidan foydalanish mumkin. Quyida ulardan bir nechtasi berib o`tilgan:
    ARCNET, DECnet, Ethernet, IP, TCP, UDP, AppleTalk, Token Ring, IPX, SPX, FDDI, HIPPI, Myrinet, QsNet, ATM, IEEE-488, USB, IEEE 1394 (Firewire, iLink), X.25, Frame relay, Bluetooth, IEEE 802.11, Systems Network Architecture, RapidIO
    Kommunikatsiya nazariyasi
    1. Darajalar: 
    a) OSI modeli;
    b) Amaliy daraja;
    c) Axborotni taqdim etish darajasi;
    d) Seansli daraja;
    e) Transportli daraja;
    f) Tarmoqli daraja;
    g) Kommutatsiya;
    h) Marshrutizatsiya;
    i) Kanalli daraja (Ma`lumotlarning bog`lanish darajasi);
    j) Fizik daraja;

    2. Tarmoqlar orasida ma’lumotlar almashish turlari:
    a) Simli (o`tkazgichli) aloqa: PSTN telefon tarmog`i, Modem va kommutatorli aloqa, Belgili liniyalar(Выделенные линии);
    b) Paketlar kommutitatsiyasi (Коммутация пакетов): Frame relay, PDH, Ethernet, RS-232;
    c) Oprik tola bo`yicha ma`lumot almashinish: Synchronous optical networking, Fiber distributed data interface;
    d) Simsiz aloqa
    i) Yaqin radiusli harakat: Bluetooth, Human Area Network;
    ii) O`rta radiusli harakat: IEEE 802.11, Netsukuku
    iii) Uzoq radiusli harakat: Sun`iy yo`ldoshli aloqa, MMDS, SMDS
    e) Mobil telefon yordamida ma`lumotlar almashish: CSD, GPRS, HSCSD, EDGE, UMTS, HSDPA, HSUPA, CDMA, CDPD, Paging networks, DataTAC, Mobitex, Motient;

    Bu ma’lumotlarda kompyuter interfeyslari va portlari haqida juda kengroq ma'lumotlar keltirilgan. Portlar, kompyuter va boshqa qurilmalar o'rtasidagi ma'lumot almashish va uzatishni ta'minlaydigan bog'lanishni tashkil etadi. Ularning qismlari odatda fizikaviy qurilmalar bo'lib, ularni vilka yoki kabel orqali kompyuterga bog'lash mumkin. Misol uchun, parallel portlar, USB portlar, Ethernet portlar va boshqalar kabi portlar kompyuterning tashqi interfeysini tashkil etadi.

    Kiritish-chiqarish portlari kompyuterda ma'lumotlarni kiritish va chiqarish uchun ishlatiladi. Ular klaviatura, qo'ng'iroq qurilmalari, printerlar va boshqa qurilmalar bilan bog'liq bo'lishi mumkin.


    Tarmoqli portlar esa TCP va UDP protokollari bilan bog'liq ma'lumotlar almashishni tashkil etadi. Ularning asosiy maqsadi IP formatidagi ma'lumotlar paketlarini o'z ichiga oladi va uzatadi.


    Tashqi qurilmalar bilan kompyuter arasidagi ma'lumot almashish jarayonini tashkil qiluvchi tashqi interfeyslar va portlar mavjud. Ular shular emas, printerlar, skannerlar, klaviaturalar va boshqalar kabi qurilmalar bilan bog'liq bo'lishi mumkin.


    Interfeyslar kompyuter va boshqa qurilmalar orasidagi aloqani tashkil etuvchi yordamchi boshqaruvchi mikrosxemalar yoki bog'lanish qurilmalari. Foydalanuvchi interfeysi, miya interfeysi, fizik interfeysi kabi turli xil interfeyslar mavjud.


    Kompyuter tarmoqlari, kompyuterlar o'rtasidagi aloqani tashkil etadi. Ular shahsiy tarmoqlardan (PAN) boshlab, mahalliy tarmoqlarga (LAN), shahar tarmoqlariga (MAN), milliy tarmoqlarga, va xalqaro tarmoqlarga (WAN) qadar turli xil bo'lishi mumkin. Tarmoqlar, aloqani kompyuterlar va boshqa qurilmalar orasida yaratish, ma'lumot almashish va u bilan boshqa amallarni amalga oshirish uchun foydalaniladi.



    Foydalanilgan adabiyotlar:

    • Олифер И.Г., Олифер Н.А. Компьютерные сети. Принципы. Технологии. Протоколы. СПб. Питер, 1999.

    • Internet tarmog’i

    Download 143,12 Kb.




    Download 143,12 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalar universiteti

    Download 143,12 Kb.