Matematik modelning dasturiy ta’minoti




Download 0.75 Mb.
bet14/20
Sana20.05.2023
Hajmi0.75 Mb.
#62305
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Bog'liq
Yo‘ldoshev Ibrohim Husan o‘g‘li
TTP TEST — копия (1), Кумуш, eshitish, 1-Amaliy ish Kompyuter arxitekturasi (2), Nature, 4y, ventilation, atrabotka, qabul parametrlari, Datagaze DLP уз, Chizma geometriya, 1684316989, открытый урок, Iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqwarilishi va uning zaruriyati

2.4 Matematik modelning dasturiy ta’minoti


Dasturiy ta’minotning ayrim qismi gidrogeologik tadqiqotlar olib borilishi davomida yig‘ilgan dastlabki ma’lumolarni fayllardan o‘qib olishi rejalashtirilgan, ayrim qism dasturning xarakterli xususiyati amaliy hisoblarni bajarish uchun foydalanishga mos bo‘lgan bo‘limi, qolganlari esa ma’lumotlar massivlarini bir yoki ikki o‘lchov ko‘rinishiga o‘tkazuvchi ko‘p funksional dasturiy vositalarni yaratishdan iborat.


Dastur visual-basic dasturlash tilida tuzilgan bo‘lib, kompyuter resurslariga juda kam talab qo‘yadi. Gw-basic protseduraga yo‘naltirilgan til hisoblanadi, ya’ni katta hajmdagi dasturlarni qism dasturlarga bo‘lib, xotiradan kam joy olishini ta’minlaydi. Ushbu dasturlash tilining yana bir qulayligi shundaki, bir marta e’lon qilingan protseduraga bir necha marta murojaat qilish imkonini beradi.
Yer osti suvlari gidrosferasini shakllanish qonuniyatlarini aniqlash maqsadida mufassal tahlillar; obektlarning tuzilishi yoki taqsimlanishi, shuningdek ularning vaqt bo‘yicha va o‘zgarish xususiyatlari; bir necha qavatli suv tutuvchi qatlamlarning alohida xususiyatlarining taqsimlanishidagi o‘zaro bog‘lanishning mavjudligi va ularning turlari; vaqt mobaynida hodisalarning rivojlanish tendensiyasi ta’minotida va suv sarfi shartlariga asosan aniqlanadigan (oqib ketishi, o‘simliklar bug‘lantirishi va parlanishlar) aeratsiya hududlarida yer osti suvini tartibga solish kabi masalalar echilgan.
Tarkibiy tuzilishidan ko‘rinib turibdiki asosiy modul –dasturni ishga tushiradi va nazorat qiladi hamda u boshqaruvchi modul va unga yordamchi bo‘lgan bir nechta moduldan tashkil topgan. Bu modullar quyidagilardan iborat [96, 105]:
- Iteratsion jarayonni tashkil qiluvchi va amalga oshiruvchi modul;
- O‘zgaruvchi yo‘nalishli hisoblashlar moduli;
- Idenifikatsion masalalarni hisoblashdagi aniqliklarni baholash moduli;
- Ma’lumotlarni haqiqiy qiymatga o‘zgartirish moduli;
- Lingvistik ta’minot interfeysi moduli;
- Geoaxborot tizimlar muhitida ma’lumotlarni geostatistikasi va interpolyasiyasini hisoblash moduli.
Boshqaruvchi modul – boshqa modullarni ishlashga chaqirishni amalga oshirib, o‘z navbatida 7 ta bo‘limdan tashkil topgan [14, 41, 42, 115]. Bular quyidagilardir:

  • Modellash usulini tanlash moduli;

  • Ma’lumotlarni kiritish va tekshirish moduli;

  • Xos parametrlarni hisoblash va o‘lchovsiz shaklga o‘tish moduli;

  • Bir o‘lchovli massivlarni shakllantirish moduli;

  • Er osti va usti suvlarini o‘zaro bog‘liqligini hisoblash moduli;

  • Suv sathi va harakati yo‘nalishini hisoblovchi modul;

Chegaraviy shart, tashqi yoki ichki nuqtalarni aniqlash, hududning axborot massivini olish (tanib olish) moduli.
Bir va ikki qavatli yer osti suv qatlamlardagi vaqt bilan uzviy bog‘liqli geofiltratsiya jarayonlarini tavsiflovchi chegaraviy masalalarning sonli echilishida blok-sxema (2-rasm), algoritmlar asosida amaliy dasturiy paketlar ishlab chiqildi [39, 45, 98, 104], hamda belgilangan hudud bo‘yicha matematik modellash jarayoni o‘tkazilib ko‘psonli eksperiment natijalari olindi.
Amaliy dasturiy paket asosiy dasturdan tashqari 9 ta turli vazifalarni bajaruvchi modullardan tashkil topgan bo‘lib, modullarni vazifalari 3-rasmda keltirib o‘tilgan. Asosiy dastur boshlang‘ich ma’lumotlarni 2 ta matnli fayldan oladi (dasturda bu fayllar K1 va K2 deb nomlangan). Natijalarni esa mos ravishda K3, K4 va K5 deb nomlangan uchta matnli fayllarga yozadi. Boshlang‘ich ma’lumotlar va natijalar uchun matnli faylni tanlashimizdan asosiy maqsad, foydalanuvchi ma’lumotlarni ixtiyoriy matn muharriri yordamida ko‘rish va o‘zgartirish mumkin [37, 39].

Rasm. . Dasturiy ta’minotning umumiy ko’rinishi
Dastur ishlashi uchun foydalanuvchi DT-vaqt bo‘yicha qadam (masalan: 30 kun), TK – vaqtning oxirgi tugashi davri (masalan: 1 yil yoki 360 kun),
DP – natijani chop qilish vaqti (masalan: 30 kun), DPP – chop qilish qadami (masalan, har 30 kundan keyin) qiymatlari kiritishi kerak bo‘ladi.
K1 fayldan ko‘rish mumkinki n ning qiymati 16 va m ning qiymati ham 16 ga teng. Quduqlar soni 24 ta (ya’ni, N2 ning qiymati 24 ga teng). Agar yer yuzasining usti tekis bo‘lmasa EYU o‘zgaruvchining qiymati 1 ga teng bo‘ladi, aks holda 0 ga teng. SHunday shartlar asosida suv o‘tkazmaydigan qatlam, filtratsiya koeffitsenti kabi ma’lumotlar kiritiladi.
Dastur asosan “Ikki o‘lchovli bosimli nostatsionar masalani” echishga, ya’na o‘ng‘aylik jihatlari boshlang‘ich ma’lumotlar berilgan fayldan qiymatlarni o‘qib oladi. O‘z navbatida chiqish fayli hosil qilinadi va chiqish K3 fayliga birinchi navbatda boshlang‘ich ma’lumotlar, tekshirish va nazorat uchun ya’na qayta yoziladi. yer osti suvlari sathi chiqish fayliga: i-qator qiymat1, qiymat2 ... qiymat N shaklida yoziladi.
Axborot massivini birinchi navbatda K1 faylidan INFMAS massiviga to‘liq o‘qib olinadi. K3 natija fayliga esa mos ravishda: i-qator qiymat1 qiymat2 ... qiymatN ko‘rinishida chop etiladi [107]. Dastur axborot massivni chop etgandan so‘ng, 9-modulga murojaat etadi. 9-modul esa faylga quduqlar joylashishini matn shaklida, maxsus belgilar orqali ifodalab beradi. Keyingi qadam boshlang‘ich K1 fayldan T massivga filtratsiya koeffitsentini o‘qib oladi. Geofiltratsiya koeffitsientini hisoblab o‘z navbatida K3 natija fayliga yozib boradi. Dastur keyingi qadamda quduqlar sarfini hisoblaydi. Boshlang‘ich faylda quduqlar sarfi 5 soni bilan ifodalangan. Bizning misolimizda quduqlar soni 24 ta deb olingan va bu 24 ta quduq sarfini massiviga o‘qib oladi.


Download 0.75 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Download 0.75 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Matematik modelning dasturiy ta’minoti

Download 0.75 Mb.