O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYMUHA VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI
MUSTAQIL ISHI
Mavzu: O’zbek pedagogikasida ma’rifiy qadriyatlar.
Guruh: 070-19
Bajardi: Durimov Bunyod
Qabul qildi: Azimova.Sh
Toshkent – 2023
Reja:
Olam va dunyoqarash.
Pedagogika(ma’rifat)-kasbiy yetuklikka yetaklash omili sifatida.
O’zbek pedagogikasida ma’rifiy qadriyatlar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Moddiy narsalar odamga jismoniy oziq va quvvat bersa, ma’naviyat unga ruhiy oziq va qudrat bag’ishlaydi. Faqat moddiy jihatdan ta’minlanishi bilan kifoyalanishi – ongsiz va ruhsiz maxluqlarga xos ma’naviyatga intilish esa ruh va ong egasi bo’lmish odamlarga xos fazilatdir. Ma’naviyat – odamning ruhiy va aqliy olamining majmuidir. Tilimizda «ba’mani odam» degan ibora bor. Bu iboraga loyiq bo’lish ulkan baxtdir. Ma’naviyat – jamiyatning, millatning va yoki ayrim bir kishining ichki hayoti, ruhiy kechinmalari, aqliy qobiliyati, idrokini mujassamlantiruvchi tushuncha. Ma’naviyat boyib borsa, jamiyat ravnaq eta boradi. Ma’rifat tabiat, jamiyat va odam haqidagi keng, turli-tuman bilimlar, ma’lumotlar majmuasi bo’lib, u kishilarda insonparvarlik ma’naviyatini shakllantirishga xizmat qiladi. Ma’rifat ma’naviyatga nisbatan ko’proq amaliy ishlar, jumladan, maktabgacha tarbiya, maktab, o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlaridagi o’quv-o’kituv ishlarini uyushtirish va takomillashtirish bilan bog’liq.
Ma’naviyat esa ma’rifatga nisbatan keng qamrovli tushuncha bo’lib, o’vazifalarini ma’rifatga suyangan holda bajaradi, jamiyatning hamma sohalariga bevosita va bilvosita ta’sir etadi. Ma’naviyat dunyoqarash negizidir. Kasb-kori, bilim darajasi, turmushdagi mavqyeidan aloqador bo’laveradilar. Ma’naviyat jamiyat, millat va shaxsning butun ongli hayoti va faoliyati davomida shakllanib, boyib, takomillashib boradi.
Yosh avlodni ma’naviy tarbiyalash avvalo oiladan boshlanadi. Oila mustahkam, tinch va farovon bo’lsagina, jamiyatda barqarorlik vujudga keladi. Ulug’ bobomiz Abu Nasr Farobiy: «Agar inson ezgulikka intilib yashasa, uning umri quvonchli va go’zal kechadi, go’zal hayot esa xalq nazarida ham, xudo nazarida ham yuksakdir», degan edi. Biz yoshlarni ma’naviy qadriyatlar asosida tarbiyalashimiz ular ongida ijobiy o’zgarishlarga ma’naviy va ruhiy jihatdan katta kuch hisoblanadi. O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng ta’lim-tarbiyaning mazmuni va mohiyatida, usullari va shukllarida jiddiy «o’zgarishlar» ro’y beradi. Ta’lim-tarbiyada moddiy qadriyatlarni shakllantirish va rivojlantirish asosiy o’rinni egalladi. Tariximiz, madaniyatimiz, milliy urf-odatlarga e’tibor kuchaydi. Haqiqatan ham, bugungi kunda O’zbekiston mustaqilligini mustahkamlash va kelajakda istiqlol istiqbolini rivojlantirish, avvalo komil insonlarga bog’liq. Chunki bunday insonlar tufayli fan va madaniyat, sanoat va qishloq xo’jaligi rivojlanadi. Zero, axloqiy madaniyat vazifalaridan biri komil insonni voyaga yetkazish, uni tarbiyalashdan iborat.
Komil inson O’zbekiston mustaqilligini mustahkamlashda o’z e’tiqodi, g’ayrat-shijoati, madaniyati, bilimi va ularni tatbiq etish mahorati bilan ajralib turadi. U jamiyatda, jamoada xalqlar va millatlar o’rtasida do’stlik, sog’lom turmush tarzini yaxshilashga qaratilgan muhitni vujudga keltirishga intiladi. Komil insonni shakllantirishda maktabda, oilada, sog’lom ma’naviy muhit barqaro bo’lishiga erishish muhim ahamiyatga ega. Chunki sog’lom muhit natijasidagini axloqiy fazilatlar tarkib topadi. Ota-onalar o’z farzandlarini komil insonlar qilib tarbiyalashi, ularda Vatanga muhabbat, mehnati va fidoyiligi bilan o’zgalarga foyda keltirish, sadoqat, samimiylik kabi xislatlarni kamol toptirishga xizmat qiladi. Farzandlarimizning bunday insonlar bo’lishida oilaning totuvligi, ota-onaning o’zaro mehr-muhabbati ham samarali ta’sir ko’rsatadi. Kishi o’z hayotida axloqiy kamolotga qanchalik ko’p intilsa, shunchalik o’z xato-kamchiliklarini anglab boradi. Turon zaminimiz xalqlari axloqiy tarbiya sohasida boy an’analarga ega. Axloqqa oid dastlabki fikrlar «Avesto» kitobida, qadimgi bitiklarda va boshqa yozma manbalarda o’z ifodasini topgan. Bulardan tashqari, o’zbek xalqi o’rtasidaa keng tarqalgan pandnomalar, o’gitlar va odobnomalarda, xalq pedagogikasida, falsafiy risolalarda, allomalar merosida axloqiy masalalarga keng o’rin berilgan.
Hadisi shariflardagi axloqqa oid ibratli maslahatlar, hikoyatlar, asrlar davomida ajdodlarimiz hayotida tarkib topgan milliy urf-odatlar, an’analar Beruniy, Forobiy, Ahmad Yassaviy, Amir Temur, Navioy, Bobur singari buyuk allamalar, olimlar, yozuvchilarning axloq haqidagi ko’plab fikr-mulohazalari bugungi kunda ham oilaviy hayot uchun, har bir inson uchun qadr-qimmatini yo’qotmagan muhim tarbiyaviy ahamiyatga molikdir. Jumladan, Amir Temur axloqi husniya – yaxshi xulqlar egasi bo’lgan. U oqil va tadbirli sarkarnda sifatida odamlarni ishga tayinlashda ham, vazifasidan ozod etishda ham shoshma-shosharlik va adolatsizlikka yo’l qo’ymagan, balki yetti o’lchab bir kesgan. A.Temur singari jahon ma’naviyati saltanatida o’z o’rinlariga ega bo’lgan buyuk bobokalonlarimizning axloq, go’zal xulq haqidagi fikrlari bugungi kun talabi bilan yozilgandek tuyuladi. «O’g’illarim! Millatning ulug’ martabasini, saodatini saqlamoq uchun sizlarga qoldirayotgan vasiyat va tuzuklarni yaxshi o’qing, aslo unutmang va tadbiq eting.
Millatning dardlariga darmon bo’lmok vazifangizdir. Zaiflarni qo’riqlang, yo’qsillarni boylar zulmiga tashlamang. Adolat va ozodlik dasturingiz, rahbaringiz bo’lsin. Men kabi uzun saltanat so’rmok istasangiz, qilichingizni yaxshi o’ylab chekingiz. Bir daf’a chekkandan so’ngra-da uni ustalik la qo’llangiz, orangizdan nifoq tuxumlari ekilmasligini uchun ko’p diqqat bo’ling. Ularga sodiq qolsangiz tosh boshingizga tushmas». Amir Temurning bu vasiyatlaridan uning o’z xalqiga cheksiz sodiqligini, millatini ulug’laganini, kamtarin, adolat va ozodlik uchun kurashuvchan, axloqiy madaniyati yuksak inson bo’lganligini ko’rish mumkin. Shuningdek, Ismoil Al Buxoriy «Axloqning yaxshi bo’lishi, taomning pokizaligi, rostlik va omonatga xiyonat qilmaslik shart, dunyoviy ishlardan chetta qolgan bo’lsang ham zarari yo’qdir», - deb yozadi.
Urta Osiyo matafakkirlarining axloq haqidagi fikrlari, o’gitlari shunday uchga egaki, ular o’quvchilar qalbida insoniylik urug’larining unib chiqishiga, katta hayot yo’liga olib chiqishga yordam qiladi, ma’naviy kuch-quvvat beradi. Xalqiga va qarindosh-urug’lariga qulidan kelgan barcha yaxshiliklarni qilish, ularning hurmatini joyiga qo’yish kabi insoniy fazilatlarni shakllantiradi. Bu esa iymonli, e’tiqodli, g’ururli, odobli shaxsni voyaga yetkazishning asosiy maqsadidir. Shu bois biz uchun qadrli bo’lgan Abu Nasr Farobiy, Abu Rayxon Beruniy, Yusuf Xos Hojib, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy kabi ulug’ mutafakkirlarning axloqiy qarashlari va qadriyatlaridan mustaqil O’zbekiston istiqlolini mustahkamlada, o’quvchilarning axloqiy madaniyatini shakllantirishda, kundalik turmushimizda keng foydalanishimiz maqsadga muvofiqdir. Shuni aytish kerakki, xalqimiz axloq-odobni qadimdan ulug’lab kelgan. Chunki axloq-odob insonga husn, latofat bag’ishlagan. O’rta Osiyo mutafakkirlari o’z asarlarida axloqiy g’oyalarni doimo tarannum etib, xalqni oriflik, fozillik, komillik darajasiga ko’tarishga chorlaganlar. Bu borada Abu Nasr Farobiyning ijodi diqqatga sazovordir. Farobiyning ijodini o’rganish o’qituvchilarning axloq, ta’lim-tarbiya sohasida olib boradigan ishlariga keng imkoniyatlar yaratadi.
Farobiy inson axloqi haqida gapirar ekan, uning xislatlarini qo’yidagicha ta’riflaydi:
Bunday odamning barcha a’zolari shu darajada mukammal taraqqiy etgan bo’lishi zarurki, u bu a’zolari bilan bajarmoqchi bo’lgan barcha ishlarini osonlik bilan amalga oshira olsin;
Barcha masalani, muhokama va mulohazani tezdan va to’g’ri tushuna oladigan, uning ma’nosini anglay oladigan so’zlovchining maqsadi, aytilgan fikrining chinligi tezda payqay oladigan bo’lsin;
Xotirasi juda baquvvat bo’lsin, ko’rgan, eshitgan, sezgan narsalarining birortasini ham esidan chiqarmay, yodda saqlab qoladigan bo’lsin;
Zehni shu darajada tez va o’tkir bo’lsinki, biror narsaning alomatini sezish bilan bu alomat nimani bildirishligini tezda bilib olsin;
So’zlari aniq bo’lsin, fikrini va aytmoqchi bo’lgan mulohazalarini ravon va ravshan bayon eta olsin;
Bilish va o’qishga muhabbatli bo’lsin, o’rganmoqchi bo’lgan bilimini charchashni sezmasdan osonlik bilan o’zlashtira olsin;
Ovqatlanishda, ichimlik iste’mol qilishda ochko’z bo’lmasin, tabiati qimor o’yinlarini o’ynashdan uzoq bo’lsin va ular keltiradigan xursandchilikdan jirkanadigan bo’lsin;
Haqiqatni va haqiqat tarafdorlarini sevadigan bo’lsin, yolg’on va yolg’onchilarga nafrat bilan qaraydigan bo’lsin;
Ruhining g’ururi va vijdonini qadrlaydigan bo’lsin, uning ruhi va o’z tabiati bilan past ishlardan yuqori va oliy janob ishlarga ishlatiladigan bo’lsin;
O’z tabiati bilan adolatni sevadigan va adolat uchun kurashuvchilarga, adolatsizlikni, jabr, zulm o’tkazuvchilarga nafrat bilan qaraydigan bo’lsin, o’z odamlari va boshqalarga adolatli bo’lsin, go’zal va yaxshi hisoblangan narsalarni barchaga taqdim etgan holda odamlarni adolatga targ’ib etadigan, adolatsizlik oqibatlarini yuqotadigan, ularga yo’l quymaydigan bo’lsin;
Adolatli bo’lsin, ammo qaysar bo’lmasin, adolat oldida qaysarlik qilib, o’zbilarmonlikka berilmasin, lekin har qanday adolatsizlik, pastkashlik oldida lafzli bo’lsin, o’zi zarur deb bilgan narsasini amalga oshirishda qat’iylik ko’rsatsin: qo’rqmas, jasur bo’lsin, qo’rquv va ojizlikni bilmasin.
Forobiyning fikricha insonning axloqli, saxovatli va aql-idrokli bo’lishida bilimlarni egallash muhim ahamiyatga egadir. Inson bilimi orqaligina o’z maqsadiga erisha oladi.
Abu Nasr Forobiy «Insoniy vujuddan maqsad – eng oliy baxt-saodatga erishuvidir; avvalo u baxt-saodat – nima va nimalardan iborat ekanligini bilish, unga erishuvni o’ziga g’oya eng oliy maqsad qilib olishi, butun vujudi bilan maftun bo’lishi kerak. Keyin u baxt-saodatga olib boradigan ish, amal va vositalarning nimalardan iborat ekanligini bilib olishi zarur. So’ngra esa baxt-saodatga erishtiradigan ishlarni shaxsan bajarishga kirishmog’i lozim bo’ladi», deb ta’kidlaydi. Forobiy axloqiy madaniyatning fazilatlaridan hisoblangan saxovat masalasiga alohida e’tibor bergan. U o’z zamonasidagi adolatsizliklarga befarq bo’lmagan. Buyuk allomaning ta’kidlashicha, kishilar o’rtasidagi o’zaro yordam, do’stona va qardoshlik munosabatlari, saxovatli bo’lish, ozodlik, rohat, farog’at kalitidir.
Ibn Sino insonning umumiy fazilati, kishilarda yaxshi va yomon xulqlarning paydo bo’lish sabablarini «Olloh haqida risola» asarida ko’rsatib o’tadi. Olim bu asarida yaxshi va yomon xulqlar odamlarning odatidan, hukumat ahillarining salbiy ta’siridan paydo bo’lishini ta’kidlaydi. Abu Ali ibn Sinoning ma’naviyat va axloq haqidagi qarashlari uning shoh asarlari bo’lmish «Tib qonunlari», «Ash-shifo» va boshqa asarlarida ham o’z ifodasini topgan.
Ibn Sino ta’limotiga ko’ra, odamga do’st tutinishning uch xil yo’li bor: «birinchidan, har qanday qiyinchilik bo’lishiga qaramay, kishi o’z do’stini falokatdan qutqarishini, ikkinchidan, g’oyaviy yaqinlik va dunyoqarashlar umumiy bo’lgan chinakam va doimiy do’stlikni va uchinchidan esa kishining mansabi, puli yoki mavqyeiga qarab o’zining shaxsiy manfaatini qondirish ko’zda tutilgan do’stlik bo’ladi». O’rta Osiyo mutafakkirlaridan biri Yu.X.Hojibning asarlarida ham ma’naviy madaniyat keng o’ring egallagan. Mutafakkir «Qutadg’u bilig» dostonida hokim bilan xalq o’rtasidagi o’zaro munosabatlar masalasiga e’tibor beradi. Uning fikricha, agar beklar tabiatan ezgu bo’lsalar barcha fuqarosi boyiydi, olam guliston bo’ladi, shuningdek: «hamma narsaning qoidasi, tartibi, ta’limi bor, tartib, odob qoidalarini to’g’ri tutsa, kishining yuzi yorug’ bo’ladi» deb ta’kidlaydi. Inson kamolotining fazilatlaridan hisoblangan adolat tushunchasi va adolat tuyg’usi Alisher Navoiy donishmandligining asosini tashkil etadi. uning fikricha, ongning mavjudligi adolatning mavjudligidir. Adolatsiz ong ong emas. Insoniyat tirikligining davomiyligini ta’minlaydigan birdan-bir narsa ham adolatdir. Axloq g’oyasi bolaning ma’naviy tarbiyasi va yetukligining asosi hisoblanadi.
«Odobli inson barcha odamlarning yaxshisidir va barcha xalqlar uchun yoqimlidir. U mansabdor kishilardan go’zalroq va badavlat odamlardan hurmatliroqdir. Odobli odam o’z tengdoshlari orasida ham tahsinga sazovor bo’lib, hyech qanday ehson bermay, kattadan-kichik, hammani shod qiladi, hyech qanaqa hadya qilmay kishilarning g’amini tarqatadi. Odob – kichik yoshlilarni kattalar duosiga sazovor etadi, yoshlar u duo barakasidan umrbod bahramand bo’ladilar. Odob – ulug’lar kunglida yoshlarga mehr uyg’otadi va u odobli yoshga bo’lgan muhabbat kunglida abadiy qoladi. Yoshlarni ko’pga ulug’ qilib ko’rsatadigan fe’l-atvor odobdir, odoblilarning yurish-turishida xalq ulug’vorlik ko’radi.
Odob – kishilar tarafidan qilinishi mumkin bo’lgan hurmatsizlik eshigini berkitadi va odamni hazil-mazaxdan, kamsitishdan saqlaydi. Odob – odam tabiatiga insoniylik baxsh etadi. Odob – mehr-muhabbatning zeb-ziynatidir, odobsizlik – do’stlikka putr yetkazadi. Odob do’stlik oynasiga jilo beradi va ikki oraga yorug’lik bag’ishlaydi. Odob – urug’ini ekkan odamning hosili javohir bo’ladi. Odobli va go’zal xulqli odamlar ko’payaversa, xalqning do’stligi, ularning bir-biriga bo’lgan mehr-muhabbati borgan sari rivoj topadi. Agar kishi odob kabi xulqqa ega bo’lsa, o’zi ham xalqning hurmatiga sazovor bo’ladi. Do’stlar orasida shu kabi suhbat va shu yo’sinda hamjihatlik bo’lsa, qanday yaxshi. Bunday aql, ittifoq, muhabbatli, odobli bo’lish do’stlar uchun baxtiyorlikdir».
Shunday qilib,O’rta Osiyo allomalarining bizga qoldirgan ma’naviy va moddiy qadriyatlari mazmunan boy va shaklan g’oyat rang-barangdir. Xalqimiz tarixida ma’naviy madaniyat ta’limoti doimo rivojlanib takomillashib borgan. XVI-XX asrlar davomida unga salmoqli hissa qo’shgan Turdi, Mashrab, Gulxaniy, Munis Xorazmiy, Muqimiy, Furqat, Abdulla Avloniy, Shakuriy, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Behbudiy va Avaz O’tar kabi qator ilg’or shoir va allomalar haqida ko’p mulohazalar bayon qilish mumkin.
O’rta Osiyo mutafakkirlarining axloq, odob haqidagi fikrlarini, qoldirgan ma’naviy qadriyatlarini o’rganishning amaliy ahamiyati shundan iboratki, unda axloqiy odob madaniyatidan tashqari xalqimizning qadimiy urf-odatlari va udumlari, an’analari ham yaxshi yoritilgan. Tarixning guvohlik berishicha, har bir xalq va millat o’zlarining iptidoiy davrida, o’zligini namoyon qilishga, milliyligini saqlab qolishga va uni toboro rivojlantirib borishga harakat qilib kelganlar. Tarbiyaning bunday ko’rinishlari va uning o’ziga xos shakllari xilma-xildir. Shu o’rinda milliy qahramonimiz Spitamenning vatanparvarlik yo’lida olib borgan mardonavor kurashlari yuqoridagi fikrimizga dalil bo’la oladi.
Ilm-fanda mo’jizalar yaratgan Al Xorazmiy, Forobiy, Ahmad Farg’oniy, Ibn Sino, Beruniy va boshqa ko’plab ajdodlarimiz qaysi zaminda yashamasin, qaysi tilda asarlar yaratmasin, o’z elini, urf-odatlarini unutmaganlar, doimo «o’zbek» degan nomni ulug’laganlar. Milliy an’analarimizni o’rganishda Mahmud Qoshg’ariy va Yusuf Xos Hojib singari mashhur siymolarning ham xizmatlari beqiyosdir.
Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Abulg’ozi Bahodirxon, Nodirabegim, Usmon Nosir, Abdulla Qodiriy kabi yorqin siymolarning sa’y-harakatlarini aytmaysizmi?! Haqiqatdan ham, bu davr elyurtimiz tarixini, madaniyatini va san’atini o’rganishning oltin davrini tashkil etadi. Har bir xalqning ana shu ulkan ma’naviy qadriyatlari chuqur tomir otib ketgan o’q ildizlari bilan jahon madaniyatida o’ziga xos o’rin tutadi.
Turkiston qadim-qadimdan hunarmandchiligi, pazandachiligi, dehqonchiligi, ilm-fani, san’ati va adabiyoti, bir so’z bilan aytganda ma’naviyati yuksakligi jihatidan olamga mashhurdir. Mehnatsevarlik, yerga mehr quyish, kasbiga ixlos, mehmondo’stlik, mehr-shafqatlilik, odamgarchilik, ota-onaga hurmat, kattalarni siylash, aka-uka, opa-singil, qarindoshurug’lar o’rtasidagi mehr-oqibat, peshona teri evaziga topilgan risq-nasibaga qanoat qilib yashash, beva-bechoralarga muruvvatlilik xalqimizga xos odatlardir. Bu urf-odat, an’ana va marosimlarda xalqimizning qator noyob fazilatlari, insonparvarlik xislatlari mujassam.
Odat - xalqlarning ichki munosabatlarini tartibga soluvchi mezon va an’analar majmuasi. «Odat» so’zi udum, urf, an’ana va marosim tushunchalari o’rnida qo’llaniladi. Marosim esa odatning amaliy ko’rinishidir. O’zbek xalqi juda ham boy xilma-xil odat va an’analarga ega.
Milliy urf-odatlar, an’analar tarixiy-ijtimoiy kategoriya bo’lib, ular muayyan millatning tarixiy taraqqiyoti jarayonida avloddan-avlodga o’tib kelgan ishlab chiqarish, tirikchilik, maishat, xulq-atvor va boshqalarda o’ziga xoslikka egabo’lib, rasm-rusumga aylangan munosabatlardir. Urf-odatlar asrlar davomida yashab, kishilarning axloqiy normalariga aylangan holda, ularning qon-qoniga, hatti-harakatiga, kundalik turmushi shakllariga singib ketgan.
Kishilarning o’z xalqi urf-odatlari va an’analariga amal qilmasliklari xalq qadriyatlarini bilmaslikka olib keladi. Chunki, har bir milliy urf-odatlarimiz, an’analarimiz negizida milliy ruh, ma’naviyat, qadr-qimmat kabi ulug’ insoniy fazilatlar yotadi. O’z qadr-qimmatini bilish kishini xudbinlikdan saqlaydi, o’zini boshqalar tomonidan kamsitilishiga yo’l qo’ymaydi. Shuningdek, o’z qadr-qimmatini, izzat-nafsini hurmat qiladigan inson o’zgalarni hurlamaydi, u faqat yaxshilik qilishni o’ylaydi. Inson bolasi yoshligidan yaxshi va yomon odatlarning qaysinisiga ko’nikib, o’rganib qolgan bo’lsa, bu odat uni bir umr tark etmaydi. Shuning uchun ham xalqimizda, «O’rgangan ko’ngil o’rtansa qo’ymas» kabi maqollar bor.
XX asr boshlarida pedagogik fikrlar tarqqiyotining asoschisi A.Avloniy axloqni shunday ta’riflaydi: «Insonlarni yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlikdan qaytarguvchi bir ilmdir. Yaxshi xulqlarning yaxshiligini, yomon xulqlarning yomonligini dalil va misollar bilan bayon qiladurgan kitobni axloq deyilur.
Axloq ilmini o’qub, bilib amal qilgan kishilar o’zining kim ekanini, janobi haq na uchun xalq qilganin, yer yuzida nima ish qilmoq uchun yurganin bilur. Bir kishi o’zdan xabardor bo’lmasa, ilmni, ulamoni, yaxshi kishilarni, yaxshi narsalarni, yaxshi ishlarning qadrini, qimmatini bilmas. O’z aybini bilib, iqror qilub, tuzatmoqqa sa’y qilgan kishi chin bahodir va pahlavon kishidir.» O’zbekistonning mustaqilligi tufayli ma’naviy tarbiya mazmunini tashkil etuvchi xalqimizning milliy ruhiyati, yuksak insoniy fazilatlari, ma’naviyati, ezgu orzu-umidlari yorqin ifodasini topishi uchun keng imkoniyatlar paydo bo’ldi. yangi shakllanib kelayotgan mustaqil O’zbekiston davlatining asosiy maqsadi – jamiyatni ma’naviy yuksaltirish, madaniyatli – barkamol insonni tarbiyalash, yoshlarda ma’naviy madaniyatni shakllantirishdir. O'zbek xalq pedagogikasi' qamrovi nihoyatda keng, bag'oyat serqirra va serjilo tushuncha bo'lib, u shu xalq paydo bo'lgan butun davrni o'z ichiga oladi.
Xalq donishmandligi va odobnomasinig bu nodir sohasi ijtimoit va maishiy- ahloqiy hayotning barcha tomonlarini, xalq og'zaki ijodi, qadrshunosligi, udumshunosligi va marosimshunosligining yetakchi yo'nalishlarini, diniy-ahloqiy ta'limotni qamrab olishi bilan harakterlanadi. Milliy istiqlol mafkurasi kishilar ongiga juda erta, hatto oilada, bolalar bog'chalari va yaslilaridayoq singdirilmog'l yoshlarni xalqimiz og'zaki ijodiyoti, pedagogik an'analri, qadrshunosligi xulosalari asosida tarbiyalash, ahloqiy, ma'rifiy-estetik ruhda kamol toptirish har qachongidan ko'ra ham dolzarbroq muammolardan bo'lib qolmoqda. Xo'sh, bu sohadagi asosiy muammolar, amalga oshirilishi nihoyatda zarur bo'lgan amaliy va nazariy ishlar, tashkiliy izlanishlar nimalardan iborat?
Birinchidan, yosh avlodni milliy odob-ahloqiy tarbiyasida folklor, shuningdek, qadimiy qadriyatlarimizda ifodalangan milliy Na umumbashariy xislat-fazilatlar asosoda tarbiyalashga erishish. Ikkinchidan, maktab, oliy o'quv yurtlari tizimini butunlay o'zgartirib, uni xalqimizning milliy ta'lim-tarbiyasi, milliy an'analari asosida butunlay qayta qurish. Chunki, yoshlarga ahloqiy- mafkuraviy ta'lim-tarbiya beruvchi ta'lim oliygohlari o'z faoliyatlarini milliylashtirmasalar, so'z borayotgan sohada mustaqilligimiz talab qilgan darajada yutuqlarga erishish amri mahol. Uchinchidan, xalq og'zaki ijodi tom ma'nosi bilan odobnoma, xalq pedagogikasining ajralmas qismidir. Demak, xalq og'zaki ijodi odobnomasi, uning ta'lim-tarbiyaviy tomonlaridan kundalik hayotimizda har qachongidan ham ko'proq foydalana bilish - davrimiza talablaridandir. To'rtinchidan, ilmiy nazariy tadqiqodlar va amaliy faoliyatda o'zbek xalq pedagogikasi an'analarining nafaqat ahloqiy, ma'rifiy-estetik jihatlaridan foydalanish, balki uning ulkan qismi - xalq an'anaviy sporti, jismoniy tarbiya va folklor o'yinlarining, shu jumladan, bayram-sayllarining farzandlar jismoniy, aqliy tarbiyasi, baquvvatligi, chaqqonligi, epchilligi, qisqasi, har tomonlama rivojlanishining sinalgan an'analridan maqsadga muvofiq foydalana bilish.
Xulosa
Shunday qilib, o'zbek xalq pedagogikasi an'analar, shu jumladan uning ajralmas qismi - og'zaki ijod namunalaridagi odob-ahloq, ta'lim- tarbiya borasidagi pandnomalar bag'oyat hayotiy, xalqchil va ibratlidir. Xususan an'anaviy xalq dostonlari va ertaklari, qo'shiqlar va maqollar - odobnoma darslari ekanligini, folklorning boshqa katta-kichik janrlari boshdan-oyoq pandnomaligini unutmasligimiz kerak. Darhaqiqat, haqiqiy insonni shakllantiruvchi odob-ahloq haqidagi xalq qarashlari, xalq og'zaki ijodi asarlari, xususan dostonlarda yashab keladi, ularda odob-ahloq mavzusi o'ta donishmandlik bilan keng ishlanganliniga guvoh bo'lamiz.
|