|
Asfaltbeton qorishmalarini tayyorlash texnologik jarayonlari haqida ma’lumot to‘plash va tahlil qilish
|
bet | 6/10 | Sana | 26.07.2024 | Hajmi | 8,99 Mb. | | #268669 |
2.2 Asfaltbeton qorishmalarini tayyorlash texnologik jarayonlari haqida ma’lumot to‘plash va tahlil qilish
Tabiiy organik bog‘lovchi materiallar (bitum, asfalt) qadimdan ma’lum bo‘lib, bundan 4000 yil burun Vavilon va Misrda qurilish materiali sifatida qo‘llanilgan.
Bir asrdan sal ko‘proq vaqt oldin shaharning toshli ko‘chalari va yo‘llari asfaltlangan. Asfaltning o‘zi qadimgi davrlarda ma’lum bo‘lgan. Qadimgi rimliklar uni "bitum" deb bilishgan, Bobilda uni "smola" deb atashgan. O‘sha kunlarda u asosan qurilishda, masalan donni saqlash uchun omborlarda - u erda ular pollarni qoplagan, shuningdek, kema qurilishida suvdan himoya qilish uchun qatron o‘rniga ishlatilgan. Qadimgi Misrda u mumiyalashda ishlatilgan, idish-tovoq yuzasiga surtilgan va hatto shifobaxsh xususiyatlarga ega bo‘lgan. Keyinchalik, asfaltning yuqori bog‘lovchi xususiyatlarini qadrlab, tosh devorlarni yotqizishda bog‘lovchi sifatida ishlatilgan.
Suvga chidamlilik. Asfaltbeton qoplamalar uzoq namlanishda strukturali bog‘lanishning kuchsizlanishi natijasida mineral donalarning bo‘shalishi hisobiga buzilishi mumkin, bu qoplamalarda yuqori darajadagi yemirilish va ko‘chishi paydo bo‘lishiga olib keladi. Asfaltbetonning suvga chidamliligi uning zichligi va adgezion aloqalarning barqarorligiga bog‘liqdir. Suv barcha mineral materiallarni yaxshi namlaydi, bu esa bitum bilan ishlov berilgan mineral donalarning uzoq kontaktida, bitumli qobig‘da suv diffuziyasi bo‘lish ehtimolligini bildiradi.
Suv asfaltbeton strukturasining mikrodarzliklariga kirib, yuza energiyalarini pasayishi xisobiga material mustahkamligini pasayishga olib keladi
Sovuqqa chidamlilik. Qishda asfaltbeton g‘ovaklarida suv muzga aylanadi va u 8 – 9% hajmida ko‘payadi. Bu esa ularda 20 MPa dan yuqori bo‘lgan bosim xosil qiladi. Asfaltbeton buzilishiga bahor va kuzda kuzatiladigan muzlash va erishlar katta ta’sir o‘tkazadi. Bu o‘zgaruvchan temperaturalar yoriqlar paydo bo‘lishga olib keladi. Asfaltbetonda ishlatiladigan bog‘lovchilar suvga ko‘proq chidamli bo‘ladi. BND 60/90 markali BND 90/130 markaligacha bo‘lgan bitumlar qovushqoqligi pasayganda ham sovuqqa chidamlilik pasayishi kuzatiladi. Asfaltbetonning sovuqqa chidamliligi ham bitumni mineral materiallar bilan o‘zaro ta’siri xususiyati bilan o‘zaro bog‘langan.
|
| |