|
Konstruktiv qatlamga yotqizishdan oldin asfalyotqizuvchilarda qorishmaning harorati
|
bet | 8/10 | Sana | 26.07.2024 | Hajmi | 8,99 Mb. | | #268669 |
Konstruktiv qatlamga yotqizishdan oldin asfalyotqizuvchilarda qorishmaning harorati
Qorishma turi
|
Bitum markasi
|
Qorishgmaning harorati kamida, 0C
|
YuFM siz
|
YuFM bilan
|
Issiq
|
BND 90/130
|
120
|
100
|
BND 60/90
|
BND40/60
|
Issiq
|
BND200/300
|
80
|
80
|
BND 130/200
|
70
|
70
|
2.5 Issiq asfaltbeton aralashmalaridan qoplamalar qurilishi hujjatlari bilan ishlash va hisobotga kiritish
Asfaltbeton qatlamlarini qurish murakkab muhandislik vazifasidir. Qurilish sifatini boshqarish uchun butun jarayonni bitta maqsad bilan o‘zaro bog‘langan funksional bosqichlarga bo‘lish tavsiya etiladi - butun xizmat muddati davomida transport vositalarining hisobiy tezlikda xavfsiz harakatlanishini ta’minlash. Asfalt-beton konstruktsiyasini shakllantirish jarayonini yo‘naltirilgan nazorat qilish uchun butun texnologik jarayonni beshta asosiy davrga bo‘lish kerak:
1) tayyorgarlik;
2) faol strukturaning shakllanishi;
3) mikro- va makrotuzilmaviy bog‘lanishlarning shakllanishi;
4) ekspluatatsiyaga topshirish uchun zichlangan qatlamda strukturaviy bog‘lanishlarni barqarorlashtirish;
5) ekspluatatsiya jarayoni.
Dastlabki to‘rtta davr asfaltbeton qatlamining strukturasini shakllantirish jarayoni bilan birlashtirilgan. Bu jarayonni texnologik usullar majmuasi tufayli boshqarish mumkin.
Texnologiya - tayyor mahsulot olish uchun ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan xom ashyoni qayta ishlash, ishlab chiqarish, xossalarini o‘zgartirish usullari majmui. Texnologiya asfaltbeton qoplamalar sifatini yaxshilash uchun muhim zaxira bo‘ladi.
Asfaltbeton qoplama texnologiyasining maqsadi - qurilish hududining transport va ob-havo va iqlim sharoitlariga mos keladigan loyiha xususiyatlariga ega bo‘lgan asfaltbeton qatlamini olish.
Tayyorgarlik davri quyidagi ish turlarini o‘z ichiga oladi:
asfalt-beton qoplamasining ish sharoitlarini tahlil qilish va qoplamaning yuqori qatlamlariga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqish;
asfaltbeton tarkibini loyihalash va asfaltbeton qorishmasi komponentlarini tayyorlash.
|
| |