|
Ўзг. Вароқ Вароқ ХужжатBog'liq ¡çã. Âàðî Âàðî ÕóææàòЎзг.
Вароқ
Вароқ
Хужжат
Имзо
Сана
Korxonada ishlovchi ishchilar extiyojlari uchun SNiP 2.09. 04 – 87, SN – 245 – 71
normalariga asosan sanitariya maishiy xizmat kо‘rsatish xonalari hisobiga olinadi. Har 3
– 15 kishiga mо‘ljallangan dush tarmog‘i ishlaydigan yuvinish xonalari bor. Bu xonalar
yonida kiyimlarni saqlovchi shkaflari bо‘lgan kiyinish xonasi mavjud.
Korxonada sog‘liqni saqlash tibbiyot bо‘limi ham mavjud bо‘llib, u yerda bitta
shifokor ish olib boradi. ONTP – 2486 ga asosan korxonada qо‘llaniladigan va
olinadigan moddalarga qarab yong‘in, portlash xavsizligi bо‘yicha 5 kategoriyaga
bо‘lingan. Omixta yem ishlab chiqaruvchi korxonamiz shu kategoriyalaridan B –
kategoriyaga mansubdir.
Korxona xonalari yong‘in xavfsizligi bо‘yicha V – P sinfga mansub korxona
loyixasini tuzish, binolarini qurish uchun eng avvalo maydonni tо‘g‘ri tanlash, olovga,
yomg‘ir – qorga binolarning tomiga “antenali yashin qaytargichlar” о‘rnatilgan. Bu
yashin qaytargichlar yashinni qabul qilib olgandan sо‘ng tok uzatuvchi va maxsus yerga
ulangan simlar о‘tkazib yuboradi.
Yashin urish odatda inshoatlarga ikki xil ta’sir kо‘rsatadi. Agar yashin inshoatga
tо‘g‘ri urilsa, inshoatlarning buzilishiga, yonuvchi moddalarning yonib ketishiga olib
keladi.
IV.Atrof-muxit muhofazasi
Hozirgi kunda ekologik xavfsizlik muammosi milliy va mintaqaviy doiradan
chiqib, butun insoniyatning umumiy muammosiga aylangan. Tabiat bilan inson о‘zaro
muyyan qonunlar asosida munosabatda bо‘ladi. Bu qonunlarni buzish ushlab bо‘lmas
ekologik falokatlarga olib keladi.
Hozirgi vaqtda jahonda fan – texnika taraqqiyoti jadal rivojlanishi bilan tabiiy
zahiralaridan xо‘jalik maqsadlarida tobora kо‘proq foydalanilmoqda. Buning ustiga
dunyo aholisi yildan yilga о‘sib borib kо‘proq miqdorda oziq – ovqat, yoqilg‘i, kiyim –
kechak va boshqalarni ishlab chiqarishda talab qilinmoqda. Bu esa о‘rmonlar egallab
turgan maydonlarning jadal suratlarda qisqarishiga tuproqlarning buzilishiga
atmosferaning buzilishiga yuqori qatlamlarida joylashgan azon qatlamining
|
| |