1
Ўзг.
Вароқ
Вароқ
Хужжат
Имзо
Сана
О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA О‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI MUHANDISLIK-IQTISODIYOT INSTITUTI
“Texnologiya” fakulteti
“Kimyo” kafedrasi
5321000- Oziq ovqat texnologiyasi (don mahsulotlari) bakalavriat ta’lim
yo’nalishi talabasi
Do’smurodov Baxriddin Do’smurod o’g’lining
BITIRUV MALAKAVIY ISHI
Mavzu: Quvvati 150 t/sutka bo’lgan KC-1 retsept asosida baliqlar
uchun granulali omixta yem ishlab chiqarish texnologiyasini tashkil etish
Bajardi:
Do’smurodov B
Rahbar:
Xolmurodova Z
Himoyaga ruxsat etildi:
Texnologiya fakulteti
dekani
_________Sh.Axmedov
«____»
________2018yil
“Kimyo” kafedrasi mudiri
_______A.Axmedov
«____» _______2018 yil
Qarshi – 2018
2
Ўзг.
Вароқ
Вароқ
Хужжат
Имзо
Сана
Kirish
Respublikamizda don mahsulotlari ishlab chiqarish tarmog‘i 30 dan ortiq omixta
yem korxonalari faoliyat yurgizmoqda. Hozirgi kunda omixta yem ishlab chiqarish
tarmoqlarida texnologik
jarayonlarni takomillashtirish, omixta yemlar assortimentini
kengaytirish, ularni sifatini va oziqaviyligini oshirish dolzarb masalalardan biri
hsoblanadi.(3)
Omixta yem sanoatining о‘ziga xos xususiyati
xilma-xil komponentlaridan, turli
xil retseptlardan foydalanib, jonivorlarning turi va yoshini
hisobga olgan holda tayyor
omixta yem mahsulotlarini ishlab chiqarishdir. Omixta yem-bu jonivorlarni tо‘liq
oziqlanishini ta’minlaydigan, ilmiy asoslangan retseptlar bо‘yicha chiqarilgan bir xil
tarkibli murakkab aralashmadir. Qishloq xо‘jaligida chorvachilik,
yilqichilik,
qoramolchilik, parrandachilik, quyon boqish, mо‘ynachilik
va baliqchilik sohalarini
rivojlantirishda omixta yem sanoatining о‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Omixta yem
mahsuloti jonivorlar uchun nihoyatda zarur bо‘lgan uglevodlar,
oqsillar, moylar,
vitaminlar, mineral moddalar bilan ta’minlaydi hamda yetishtirilayotgan gо‘sht-sut,
tuxum va boshqa turdagi muhim oziq-ovqat mahsulotlarining sifatiga bevosita ta’sir
etadi.(1)
Bugungi kunning asosiy talablaridan biri-eng zamonaviy ilg‘or texnologiya va
jixozlardan foydalanib, korxonaga kelayotgan turli-tuman xom ashyolarni (oziq-ovqat,
qand, kraxmal, patoka, spirt, pivo, gо‘sht va baliq sanoatining chiqindilarini)
oqilona
qayta ishlash orqali belgilangan retseplar asosida sifatli omixta yem mahsulotlarini
ishlab chiqarish hisoblanadi. Omixta yem mahsulotini oziqaviyligini oshiruvchi oqsil-
vitaminli qо‘shimchalar va mineral moddalar jonivorlarning
mahsuldorligini keskin
oshishiga hizmat qiladi. Shuning uchun omixta yem korxonalarining о‘zida bunday
biologik faol moddalarni ishlab chiqarish maqsadga muvofiqdir.(4)
Mamlakatimiz rahbari mustaqilligiga erishish, don mahsulotlariga bо‘lgan
talab-
ehtiyojni respulikaning о‘zida yetishtirilgan hosil hisobiga qondirish masalasini muhim
strategik vazifa qilib qо‘ydilar. Bu esa donni qayta ishlash