6
Ўзг.
Вароқ
Вароқ
Хужжат
Имзо
Сана
ashyolarni (oziq-ovqat, qand, kraxmal, patoka, spirt, pivo, go‘sht
va baliq sanoatining
chiqindilarini) oqilona qayta ishlash orqali belgilangan retseplar asosida sifatli omixta
em mahsulotlarini ishlab chiqarish hisoblanadi. Omixta em mahsulotini oziqaviyligini
oshiruvchi oqsil-vitaminli qo‘shimchalar va mineral
moddalar jonivorlarning
mahsuldorligini keskin oshishiga hizmat qiladi. (5)
Chorvachilikni sanoat negizida yanada rivojlantirish xo‘jaliklarda vujudga
keltirilayotgan ozuqa bazasining faqat miqdorini emas,
balki sifat tarkibini ham
yaxshilashni talab qilmoqda.(6)
Ozuqa bazasi tarkibida barcha kerakli biologik aktiv va oziq moddalar bo‘lgan,
mollarni to‘ydirib boqishni ta’minlaydigan yuqori sifatli em-xashakdan iborat bo‘lishi
kerak. Mollarni to‘yimli va sifatli emlar bilan boqishni va em-xashakdan foydalanish
samaradorligini oshirishni tashkil etish chorva mollari mahsuldorligini oshirishning eng
yaxshi natija beradigan omilidir. Chunki mahsulot etishtirish uchun qilingan sarflar
tarkibining 60% ini va undan ham ko‘proq qismini em-xashak tashkil etadi.
Turli ozuqalardan to‘vri tanlab olingan omixta emlar to‘la qimmatli bo‘ladi, chunki
bir xil ozuqada bo‘lmagan moddalar ikkinchi xil ozuqada bo‘ladi va shunday qilib, bir-
birining o‘rnini to‘lvizib, to‘la qimmatli ozuqa hosil qiladi va bu aralash emning oziqlik
qiymati ayrim ozuqadan yoki bir xil aradashma ozuqadan yuqori bo‘ladi.
Omixta em aniq ko‘rsatma asosida tayyorlanadi. Barcha omixta emlar ikki guruhga
bo‘linadi: to‘la rayionli va konsentrat omixta emlar.(9)
Konsentrat
omixta emlar daval, shirador (sersuv) va boshqa mahalliy ozuqalarga
qo‘shishga mo‘ljallangan, ular bir xil sochiluvchan massa, briket va granula (dona-dona
qilib maydalangan) shaklda tayyorlanadi. (9)
To‘la rayionli omixta emlar o‘zlashtirilishi (oziqligi) jihatidan to‘la qimmatli
bo‘ladi, mollarga boshqa narsa qo‘shmasdan beriladi hamda ko‘pincha briket va granula
shaklda tayyorlanadi.
To‘la rayionli omixta emlar bo‘yi 160-170 mm, eni 70-80
mm va qalinligi
(balandligi) 30-60 mm bo‘lgan odatdagi visht shaklida tayyorlanadi.(11)