|
Ўзг. Вароқ Вароқ ХужжатBog'liq ¡çã. Âàðî Âàðî ÕóææàòЎзг.
Вароқ
Вароқ
Хужжат
Имзо
Сана
Ko‘pkina viloyatlarda sutkalik ishlab chiqarish quvvati 300-650 tonna bo‘lgan
omixta-em zavodlari iste’molchilardan uzoq 150-300 km gacha masofada joylashgan.
Pirovardida, yoqilvi va moylovchi materiallarning taxchilligi natijasida trasportning
barcha turlarida tashish ularga qimmatga tushayapti.(5)
Katta va yosh qoramollar uchun oddiy em ishlab chiqarishda xom ashyo sifatida
asosan kepak, un zavodlari chiqindilari, shuningdek yuqoridagi tumanlarda
tayyorlangan donlardan foydalaniladi.
Malakaviy ishini bajarishda asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:
-omixta-em, oqsil vitaminli qo‘shimchalar, premiks, korbamid konsentratlari ishlab
chiqarish bir qancha murakkab texnologik jarayonlarda amalga oshiriladi. Bu jarayonlar
tayyorlanadigan mahsulot va mahsulotni tayyorlashda kerak bo‘ladigan xom ashyoni
turiga bovliq xolda bir marotabali yoki bir qancha texnologik liniyalarni o‘z ichiga
olgan ko‘p marotabali bo‘lishi mumkin. Omixta-em ishlab-chiqarishda quyidagi asosiy
texnologik jarayonlar bajariladi:
-xom ashyoni qabul qilish va saqlash uchun joylashtirish: bunga keltirilgan
yuklarni tushirish, idishlarga joylash, yuklarni tagliklarga joylashtirish, shtabellarni
shakllantirish, bo‘shagan idishlarni joylash, shuningdek mahsulotni sifati, turiga va
ishlatish maqsadiga ko‘ra omborlarga, bunkerlarga, bo‘limlarga va siloslarga
joylashtirish ishlari kiradi;
-keltirilgan xom ashyo partiyasidan namuna ajratib olish va belgilangan
ko‘rsatkichlar bo‘yicha sifatini tekshirish (ishlab chiqarish texnik laboratoriyasi
bo‘yicha);
-hujjatlarni rostlashtirish va xom ashyoni ishlab chiqarishga uzatish;
-separatordan o‘tkazish-xom ashyoni begona va favqulotda aralashmalardan
tozalash, elash, metall aralashmalarni ajratib olish, xom ashyoni keyingi qayta ishlashlar
uchun fraksiyalarga bo‘lish maydalangan mahsulotlar, tayyor sochiluvchan omixta-
emlarning elanganlik sifatini nazorat qilish;
-xom ashyoni bolg’ali maydalagich, toshli maydalagich, kunjara maydalagich,
dezintegrator juvozlar, tishli, shtifli va boshqa zarbali-oshiruvchi mashinalar yordamida
|
| |