|
Ўзг. Вароқ Вароқ ХужжатBog'liq ¡çã. Âàðî Âàðî ÕóææàòЎзг.
Вароқ
Вароқ
Хужжат
Имзо
Сана
-uskuna ishchi jarayonida maydalash darajasini sozlash imkoni;
-uzluksiz va avtomatik ravishda uskunani tо‘ldirish va bо‘shatish;
-uskunaning tez yeyiladigan qismlarini oson almashtirish;
-changning eng kam ajralishi;
-elektroenergiyaning eng kam sarfi.
Omixta yem ishlab chiqarishda mavjud maydalovchi uskunalardan bu talablarga
eng kо‘p javob beradigani tо‘qmoqli drobilkalardir. Chaqmoqli xomashyolarni qо‘pol
maydalash uchun tishli va barmoqsimon valli drobilkalar (toshsindirgich), pо‘stloqli
ekinlarni pachoqlash uchun, masalan suli uchun –valli
pachoqlovchi uskunalar ishlatiladi.
Tо‘qmoqli drobilkalar universal maydalovchi uskunalar hisoblanadi, chunki ularda
omixta yem sanoatida qо‘llaniladigan barcha turdagi oquvchan xomashyoni yanchish
mumkin. Tо‘qmoqli drobilkalar yirik yanchishda ham, mayin yanchishda ham samarali
ishlaydi, qobiqlarni kuchli maydalash mahsulotni sezilarsiz qizdiradi.(13)
Tо‘qmoqli
drobilkalar
konstruksiyalari.
Tо‘qmoqli
drobilkalarning
konstruksiyalari boshqa yanchuvchi uskunalardan kо‘ra soddaroqdir. Tо‘qmoqli
drobilkalarning asosiy ishchi organlari tо‘qmoq, deka va g‘alvir hisoblanadi. Turli
shakldagi tо‘qmoqlar qо‘llaniladi, eng keng tarqalgani tо‘rtburchak shaklli
tо‘qmoqlardir.
Tо‘qmoq zinapoyali, ya’ni past-baland ishchi qirraga va osib qо‘yish uchun
simmetrik
joylashgan
teshikka
ega.
Tо‘g‘riburchak shakldagi plastinkali
tо‘qmoqlarning asosiy afzalliklari-boshqa tipli tо‘qmoqlar bilan taqqoslaganda, ularing
oddiyligidir. Bu amaliy ahamiyatga ega, chunki tо‘qmoqlarning ishlash jarayonida
ularni almashtirish osonlashadi. Boshqa yana bir ahamiyatli afzalligi ishchi yuzasining
imkoni boricha maksimal qо‘llanilishi, agar tо‘qmoqning bir tomoni yeyilganda boshqa
tomoni ishlashi mumkin. Ayniqsa, uchli qirrasi va burchaklari yeyiladi va buning
natijasida drobilkaning unumdorligi keskin tushib ketadi. Yeyilish darajasi
maydalanadigan
mahsulotning
fizik
xossalariga,
shuningdek,
tо‘qmoqlar
tayyorlanadigan material sifatiga bog‘liq.(12)
|
| |