|
Ўзг. Вароқ Вароқ ХужжатBog'liq ¡çã. Âàðî Âàðî ÕóææàòЎзг.
Вароқ
Вароқ
Хужжат
Имзо
Сана
DTK, DD-vitaminlar, mikroelementlar va tо‘ldiruvchilarni dozalash uchun. Omixta
yem sanoatida hajmiy dozatorlarning boshqa tiplari (shnekli, lentali, vibratsion) ham
qо‘llaniladi. (7)
Tarozili dozalash. Uni qо‘llash omixta yem komponetlarinig yanada aniqroq
nisbatini ta’minlaydi. Tarozili dozalashni tо‘la avtomatlashtirish va ular
bilan berilgan dastur bо‘yicha perfokarta yordamida boshqarish mumkin. Bundan
tashqari tarozili dozalash tuguni butun zavod ishini avtomatik boshqarishning markazi
bо‘ladi. Tarozili dozalashda xar bir komponent uchun batareyaga mahkamlangan
avtomatik ratsion dozatorlar ishlatiladi. Bunda xar bir dozator talab qilingan og‘irlikka
tо‘g‘rilanib, dozatorning bо‘shashi avtomatik ravishda ma’lum vaqt oralig‘ida kechadi.
Eng kо‘p tarqalgani kо‘p komponentli tarazili dozatorlar-turlicha yuk
kо‘taruvchanlikka ega tarozilar bо‘lib, komponentlar berilgan dozatorning maksimal
yuk kо‘tarishiga erishguncha ketma - ket ravishda shnekli pitatellar yordamida uzatib
turiladi. Dozalash jarayonini boshqarish qо‘lda, yarim avtomat va avtomatik holatida
amalga oshiriladi. Dozatorlar, asosan perfokartaga joylashtirilgan dastur bо‘yicha
avtomatik ishlashi kerak. Bunday ishlashda bir retseptdan boshqasiga о‘tish faqat
perfokartani almashtirishga qarab qoladi. Bundan tashqari xizmat qiluvchi xodimining
yо‘l qо‘yishi mumkin bо‘lgan xatosining ta’siri bartaraf qilinadi, dozalashning zaruriy
aniqligi (0,5 %)ta’minlanib, xizmat qiluvchi xodimlar soni qisqaradi, chunki
dozalashning barcha tizimi avtomatik ravishda bir maromda ishlaydi. Omixta yem
tarkibiga kiruvchi turli miqdordagi barcha komponentlarni dozalashning talab qilingan
aniqligiga erishish uchun ikki yoki uch kо‘p komponentli dozator qо‘llaniladi: kichik
yuk kо‘tarishlik dozatorlar omixta yem tarkibiga katta bо‘lmagan miqdorda kiritiladigan
komponentlarning dozalaydi, katta yuk kо‘tarishlik dozatorlarda yesa qolganlari
dozalanadi. Sanoatda bir, ikki, uch tarozili dozatorlardan tashkil topgan KDK - 1, KDK
- 2, KDK - 3, avtomatik tarozili dozalash komplekslari ishlab chiqarilidi. Kompleksga
dozatorlardan tashqari shnekli, pitatellar va boshqarish tizimlari - pultlar kiradi. (4)
Kompleksga sanoatda ishlab chiqariladigan beshta tarozili dozatorlaridan
istalgani kiradi: 6DK-2500, 5DK-200, 5DK -500, 6DK-1000, 10DK-2500, yuk
|
| |