|
Ўзг. Вароқ Вароқ ХужжатBog'liq ¡çã. Âàðî Âàðî ÕóææàòЎзг.
Вароқ
Вароқ
Хужжат
Имзо
Сана
Omixta yem sanoatida xomashyo sifatida ishlatiladigan pо‘stloqli ekinlar orasida
suli va arpa eng keng tarqalgan. Ular yuqori ozuqaviylik qiymatiga ega, ammo pо‘sti
kо‘p miqdorda kletchatka saqlaydi. Shu sababli jо‘ja, chо‘chqa bolalari va boshqa
hayvonlar ratsioniga arpa va sulini pо‘stsiz kiritish, pо‘stloqli ekinlar pо‘stini ajratish
kо‘zda tutilgan. Pо‘stloqni ajratishda donga ta’sir qilishning turli usullari bilan bir
qatorda uskunalarning ma’lum konstruksiyalari qо‘llaniladi. Qobiq ajratuvchi uskunalar
ishchi organlarining donga kо‘rsatadigan mexanik ta’siri va ularning qobiqqa beradigan
deformatsiyasi tavsifiga bog‘liq holda bu uskunalarni uch guruhga bо‘lishi mumkin.
Zamonaviy chorvachilikda shunday omixta yem ishlab chiqarish talab qilinadiki, u
tabiat va hayvonlarni birlashtiruvchi bо‘g‘inga aylansin. Bu hayvonlarning keyingi
vaqtda atrof-muhitdan ajralgani, kо‘pligi yil davomida yopiq joylarda boqilishi bilan
tushuntiriladi.
Oqsil vitaminli qо‘shimchalar ishlab chiqarish jarayoni 5 ta liniyadan iborat:
1. Don kepaklari tayyorlash liniyasi.
2. Oqsilli xomashyolarning tayyorlash liniyasi.
3. Mineral xomashyolarni tayyorlash liniyasi.
4. Mikroqо‘shimchalar bilan boyitish liniyasi.
5. Dozalash va aralashtirish liniyasi.
О‘simliklar va hayvonlardan kelib chiqqan ozuqalar chorvachilik uchun kerakli
bо‘lgan ozuqa moddalarni tо‘liq miqdorda qoplamaydi. Shuning uchun
omixta yem va ozuqa ratsionlariga biologik faol modda (BFM)larning kiritilishi
yemlarning samaradorligini oshiradi. Natijada hayvonlarning mahsuldorligi oshadi,
sog‘ligi yaxshilanadi.
Texnologik liniyalar barcha turdagi qishloq xо‘jaligi hayvonlari uchun premikslar
ishlab chiqarishga imkon beradi. Tо‘ldiruvchini tayyorlash liniyasi uni qabul qilish,
begona va metallomagnit aralashmalardan ajratish, quritish va maydalashga
mо‘ljallangan. Metallomagnit aralashmalar elektromagnit separatorlarida yoki magnit
kolonkalarda, begona aralashmalar esa elovchi uskunalarda ajratiladi.
|
| |