2.3 Texnologik sxemani bayoni
26
Ўзг.
Вароқ
Вароқ
Хужжат
Имзо
Сана
Omixta yemni rejalashtirilgan assortimentda ishlab chiqarish va korxona ishining
uzluksizligini ta’minlash uchun xom ashyoning barcha turlari bо‘yicha ma’lum zahira
tashkil qilinadi hamda sistematik ravishda tо‘ldirilib boriladi. Ishlov beriladigan
xomashyoning asosiy miqdori temiryо‘l transportida va faqat unchalik kо‘p bо‘lmagan
qismi avtomobilda yetkazib beriladi.
Zamonaviy omixta yem zavodlari bir maromda ishlash uchun temiryо‘l transporti
va avtomobil uchun yо‘llar, temir va avtomobil yо‘llaridan xomashyoni qabul qilish
uchun mexanizatsiyalashgan qurilmalar va xomashyoni sochma hamda tara kо‘rinishida
saqlashga mо‘ljallangan omborlar bо‘lishi kerak. Idishlardagi xomashyo oddiy
omborlarda, sochiluvchan kо‘rinishli xomashyo, asosan, silos tipidagi omborlarda va
zaruriyat tug‘ilganda oddiy omborlarda saqlanadi. Sun’iy yо‘llarda xomashyoni idishsiz
holda yetkazib berish ortib borayapti, buning natijasida idish uchun, shuningdek, ishlab
chiqarish joyida xomashyoni idishlarga joylashtirish va iste’mol joyida idishsizlantirish
uchun ketadigan harajat kamayadi.
Zavodda mavjud bо‘lgan omborlarga xomashyoni tо‘g‘ri joylashtirish uchun, ya’ni
ishlab chiqarishga xomashyoning barcha turlarini uzatish imkonini yaratish,
shuningdek, uni saqlashnita’minlash maqsadida xomashyoning joylashtirishning oylik
tezkor rejasi tuziladi. Xom ashyoni joylashtirish sxemasi tuzilganda mavjud omborlar
sig‘imidan ratsional foydalanish zaruriyati, xomashyoning sifatini (masalan, xо‘l
proteinning turlicha miqdorga ega bо‘lgan baliq uni partiyalari alohida shtabellarga
joylashtiriladi) e’tiborga olgan holda joylashtirish, saqlash jarayonida xomashyoni
minimal darajada tashish zaruriyati e’tiborga olinadi. Xom ashyoni joylashtirish rejasini
tuzishda ombor maydonining 10 % ombor yumushlari uchun saqlanadi, elevatorlarda
esa har bir silos osti konveyeri uchun bitta silos zaxira uchun saqlanadi.
Saqlanayotgan xom ashyo uchun doimiy kuzatuv о‘rnatiladi. Saqlashga
chidamsizlari ishlab chiqarishga birinchi navbatda uzatiladi. Sifatining
yomonlashuvi yoki saqlashda о‘z-о‘zidan qizish holati kuzatilganda, uning
chidamliligini ta’minlovchi va xomashyoni omixta yem ishlab chiqarishga qо‘llash
uchun zaruriy chora tadbirlar о‘tkaziladi.
|