23
Ўзг.
Вароқ
Вароқ
Хужжат
Имзо
Сана
qisilishga duch kelib, tashqi issiqlik va mexanik ishlov berishda ajralgan issiqlik
ta’sirida qizib, filerlar orqali о‘tadi va ulardan chiqishda bosimning keskin pasayishi
hisobiga mahsulotdagi isitilgan suyuqlikning keskin pasayishi hisobiga mahsultdagi
isitilgan suyuqlikning birdaniga bug‘lanishi hamda havoning kengayishi sodir bо‘ladi.
Mahsulot hajmi keskin ortadi, mexanik yuklanishlar va issiqlik ta’sirida mahsulotning
asosiy komponentlarining muhim fizika-kimyoviy о‘zgarishlari rо‘y beradi: oqsil
denaturatsiyalanadi (tarkibi buziladi), kraxmalning yelimlanishi va dekstrinlanishi sodir
bо‘ladi.
Ekstruder bir yoki ikki shnekli pressni namoyon qiladi. Bu jarayon bir necha
zonaga bо‘linishi mumkin. Birinchisi-yuklash zonasi bо‘lib, bu yerdan mahsulot
pressning asosiy ishchi qismiga beriladi. Ikkinchisi mahsulotning qisilish zonasi bо‘lib,
bu yerda mahsulotning gomogenizatsiyalanishi (bir jinsli moddaga aylanishi) ga olib
kelib, bunda mahsulot qovushqoq holatga о‘tadi.
Melassani kiritish. Omixta yem zavodlariga melassa temiryо‘l sisternalarida
kelib tushadi. Uni quyib olish uchun berk temiryо‘l izida joylashtiriladigan maxsus
qurilma о‘rnatiladi. Melassali sisterna yertakadga tushadi. Sovuq paytlari yuqoridagi
tuynuk orqali sisternaga burama trubka (zmeyevik) tushirilib, orqali melassani qizdirish
uchun bug‘ uzatiladi. Melassa quyidagi yoki zanjirli nasos bilan sig‘imi 50-60 m
3
bо‘lgan yer osti rezervuariga tortiladi, sо‘ngra nasos bilan tashqi baklarga saqlashga
tortiladi. Sig‘imi 200 m
3
dan bо‘lgan ikkita bak yarim yillik melassa zaxirasini
ta’minlaydi. Melassa yetkazib berishni shunday amalga oshirish kerakki, mavsum
oxirida rezervuarlarning qand pishirishi butunlay tо‘liq bо‘lsin. Melassa extiyojga
qarab, ombordan ishlab chiqarish korpusida joylashgan chiqim sig‘imiga (3-5 m
3
) nasos
bilan tortib chiqariladi.