|
Ўзг. Вароқ Вароқ ХужжатBog'liq ¡çã. Âàðî Âàðî ÕóææàòЎзг.
Вароқ
Вароқ
Хужжат
Имзо
Сана
bо‘lishi, ikkinchi tomondan esa barcha komponentlar yaxshilab aralashtirilgan bо‘lishi
kerak.(10)
Dozalash-bu retseptda о‘rnatilgan omixta yem komponentlari porsiyalarini
о‘lchash yoki hajmiy о‘lchab berishdir. Tayyorlangan (tozalangan va maydalangan)
komponentlar maxsus dozalovchi uskunalar dozatorlarga uzatiladi. Ishlash prinsipiga
kо‘ra, dozalashning ikki usuli mavjud: hajmiy va о‘lchanadigan.
Hajmiy dozalash komponentlarni uzluksiz о‘lchashni ta’minlaydi, tortiladigan esa
dozatorlar konstruksiyasidan bog‘liq holda davriy va uzluksiz о‘lchashni ta’minlaydi.
Hajmiy prinsip bо‘yicha dozalovchi uskunalar mahsulotni vaqt birligi oralig‘ida teng
hajmda beradi, uskunalar esa komponentni talab qilingan miqdorda davriy yoki uzluksiz
о‘lchaydi.
Hajmiy dozalash. Eng keng tarqalgani barabanli va tarelkasimon dozatorlardir.
Barabanli dozatorlar retseptga katta miqdorda qо‘shiladigan komponentlar uchun,
tarelkasimoni esa kam miqdorda kiritiladigan komponentlar uchun qо‘llaniladi.
Uzluksiz harakatlanuvchi ODZ-2 xajmiy dozatori hajmiy dozalash tamoyili bо‘yicha
ishlaydi, uning unumdorligi barabanning aylanish chastotasi о‘zgarishi bilan
boshqariladi.(5)
Mahsulot dozator usti bunkeridan chiqib, yumshatkich bellari bilan yumshatilib,
baraban yacheykasini tо‘ldiradi, qaysiki, aylanish natijasida uni dozatorning pastki
qismiga yо‘naltiradi. Mahsulot harakatlanib, doimiy magnit yoyi orqali о‘tadi va
metallomagnit aralashmalardan tozalanadi. Mahsulot dozatorning pastki qismidan
yig‘uvchi zanjirli yoki vintli konveyerga qо‘yiladi..
Tarelkasimon tipidagi dozatorlar, avvalo, mineral va qiyin oquvchan
komponentlarni dozalash uchun qо‘llaniladi. Bu dozatorlar mahsulotni bir tekisda,
uzluksiz uzatilishini, yanada aniqroq dozalashni ta’minlaydi, namuna olishning
qulayligi va uning nosozligini bartaraf qilishdagi oddiylikni hamda ta’mirlash
qulayligini ta’minlaydi.(4)
Sanoatda tarelkasimon dozatorlarning bir necha xil modifikatsiyasi ishlab
chiqariladi: DDT-turli komponentlarni dozalash uchun; DT, MTD-3a-minerallar uchun;
|
| |