|
Ўзг. Вароқ Вароқ ХужжатBog'liq ¡çã. Âàðî Âàðî ÕóææàòЎзг.
Вароқ
Вароқ
Хужжат
Имзо
Сана
Bо‘r, tuz va boshqa minerallar boshqa turdagi xomashyolardan ajratilgan holda
alohida yopiq binolarda saqlanadi. Tuzlarni saqlashda shuni nazarda tutish kerakki, u
namiqib, devor suvog‘i, beton devor va pollarni yemiradi. Shu sababli tuz uchun
mо‘ljallangan omborlarning poli va devori yog‘och taxtalar bilan qoplanadi. Sо‘tali
makkajо‘xori atmosfera namligi tushmaydigan ayvonga yoki omborlarga joylashtirilgan
holda saqlanadi. Sо‘tali makkajо‘xorini bevosita yerda saqlab bо‘lmaydi.
Moy ishlab chiqarishda yuqori haroratli va past namli shrot olinadi. Bunday holda
shrot saqlashga chidamsiz va hattoki, tashishda namlikni jadal yutishi о‘z-о‘zidan qizish
jarayonining rivojlanishiga, haroratning ortishiga olib keladi, bu esa о‘z-о‘zidan
yonishiga, ma’lum sharoitlarda, hattoki portlashga sabab bо‘lishi mumkin.
Xom ashyoni qayta ishlashga tayyorlash. Zaruriyat bо‘yicha omborda
saqlanayotgan xom ashyo qayta ishlashga beriladi.
Xom ashyoni tozalash va ajratish
Omixta yem korxonalariga kelib tushadigan xom ashyolar tarkibida sezilarli
darajada aralashmalarga ega. Shuning uchun ularni tarkibidan begona aralashmalarni
tozalash jarayoni amalga oshiriladi. Don massasi tarkibida asosiy ekin turi (bug‘doy,
makkajо‘xori, arpa, suli)dan tashqari organik va mineral kelib chiqishli, shu bilan birga
metallmagnit aralashmalar xam mavjud. Omixta yem ishlab chiqarishda don massasini
о‘lchamlari va aerodinamik xossalari bilan farq qiluvchi begona aralashmalardan
tozalash uchun havo-elakli separatorlardan foydalaniladi. Yengil aralashmalar esa xavo
yordamida tozalaniladi.
Yirikligi bо‘yicha bо‘r, tuz, ohak uni va fosfatni nazorat qilish uchun A1-
DSM markali elovchi uskunalar qо‘llanadi). Mahsulot g‘alvirga tushgandan keyin
aylanma harakat bilan g‘alvir yuzasining butun kengligi bо‘yicha tarqaladi.
G‘alvirning qiya holati (3-4
0
) mahsulotni uskunani bо‘shatish qismi tomon
harakatlanishini ta’minlaydi. Bunda elanadigan mahsulotning yirik qismlari qatlam
yuzasiga kо‘tarilgan holda mayda qismchalar esa g‘alvirga tushib, uning teshiklari
orqali pastga ketadi.
|
| |