25
Ўзг.
Вароқ
Вароқ
Хужжат
Имзо
Сана
Sohaga yangi texnologiyalarning kirib kelishi qо‘l mehnatini kamaytirdi. Joylarda
ekologik muhitning sog‘lomlashishiga katta tasir kо‘rsatdi,
mahsulot tannarxi
arzonlashdi. Korxonalarda ishlab chiqarish sharoitlari yaxshilanib bormoqda. Tom
manoda don industriyasida modernizatsiyalash ishlari olib borilmoqda. Bu esa
mahsulotlarning sifati yaxshilanishiga zamin yaratib oz fursatda kо‘p mahsulotlarni
ishlab chiqarish imkonini bermoqda.
Unumdorligi 150 t/s bо‘lgan omixta yem ishlab chiqarish korxonasida qо‘ylar
uchun KS-3 retsepti asosida sochiluvchan omixta
yem ishlab chiqarish uchun
texnologik sxemani tanlashda omixta yem ishlab chiqarishga belgilangan qonun
qoidalarga amal qilingan. Korxona tegirmonining un tortish bо‘limlarida kechadigan
texnologik bosqichlar va rejimlar qoidalarga asoslangan holda tuzildi.
Bunda yuqori
unumdorlikka ega bо‘lgan eng yangi uskunalardan foydalanilgan.
Texnologik sxemani va undagi bosqichlarni yem turi va retsepturaga qarab
tanlanadi. Malakaviy bitiruv ishi mavzusiga kо‘ra berilgan omixta yem ishlab chiqarish
bо‘yicha “Qoida”ga asosan xom ashyo tayyorlash,
dozalash, arashtirish va tayyor
mahsulot bо‘limlarining texnologik sxemalarini tanladim.
Tanlangan texnologik sxemalar bо‘yicha jaryonlarni tashkillashtirish va
boshqarishda quyidagi jihatlarni e’tiborga olish lozim:
Donlarni
qabul qilish, joylashtirish va saqlashda samarali operatsiyalar о‘tkazish,
barcha uskunalarning ishlash rejimiga rioya qilish, xom ashyoni tayyorlashda dondan
aralashmalarni unumli ajratib olish va dozalash
jarayonini optimallashtirish,
aralashtirishda xom ashyolarni tо‘g‘ri turkumlash va nazorat qilish jarayonlari.
Tuzilgan texnologik sxemalar quyidagi talabalarga javob berishi lozim:
- о‘rnatilgan uskunalar unumdorligining texnik sharoitlariga va texnologik
bosqichlarining tavsiya etiladigan ketma – ketligiga,
- uskunalarni sxemada qabul qilishni shart bо‘yicha grafik tasvirlanishiga.