|
Ўзг. Вароқ Вароқ ХужжатBog'liq ¡çã. Âàðî Âàðî ÕóææàòЎзг.
Вароқ
Вароқ
Хужжат
Имзо
Сана
bо‘lmaydi. Don tarkibida turli aralashmalar, begona о‘t urug‘lari, tuproq, tosh, metall
aralashmalar, zararkunandalar va boshqalar mavjud bо‘ladi. Bu aralashmalar
tayyorlanadigan mahsulot sifatiga salbiy ta’sir etadi. Bu aralashmalar donni yig‘ib terib
olish, tashish va saqlashda hosil bо‘ladi. (9)
Don tarkibidagi og‘ir aralashmalar, minerallar tosh, qum, kesak, ruda, shisha va
shunga о‘xshash aralashmalarni yuqoridagi izohlangan separatorlarda ajratib bо‘lmaydi.
Chunki bu aralashmalar og‘ir bо‘lganligi tufayli havo oqimi ularni olib ketolmaydi,
о‘lchami donga teng bо‘lgan aralashmalar esa elakda don bilan birga qolaveradi. Donni
bunday aralashmalardan tozalash uchun tebranma pnevmatik separatorlardan
foydalaniladi. Bunda komponentlar elamasdan yoki elab ajratiladi. Toshlarni ajratuvchi
uskunalar elamasdan ishlash xususiyatiga ega. Elash bilan birga ishlaydigan
uskunalarga konsentratorlar kiradi.(5)
Tozalangan don qabul qiluvchi qurilmaga tushiriladi va tarqatuvchi moslama
yordamida tebranma qopqoqqa uzatiladi. Qopqoq nishab xolida bо‘lib, muntazam
ravishda ma’lum yо‘nalish asosida turadi. Bunda minerallar va toshli aralashmalar
yuqoriga qarab harakatlanadi. Quyi qismda berilgan havo oqimi don tarkibidagi yengil
aralashmalarni sо‘ruvchi uskunaga olib ketadi. Bu yerda esa havo filtrdan о‘tkazilib
changva yengil aralashmalar ushlab qolinadi.Tozalangan don esa qopqoqning ikkinchi
tomoniga harakatlanadi.(8)
Gul qobiqli donlarga tariq, jо‘xori, arpa, sholi va boshqa donlar kirib, bu donlarni
pо‘stidan ajratish muhim jarayon hisoblanadi. Donlarning qobig‘idan ajratishning bir
qancha usullari mavjud bо‘lib, bu usullar donning tuzilishi, qobig‘ining mustahkamligi,
don yadrosining mustahkamligi, shuningdek ishlab chiqariladigan mahsulot
assortimentiga bog‘liq xolda tanlanadi.
Don va boshqa omixta yem komponentlariga issiqlik va bug‘ bilan ishlov berish
keyingi yillarda sanoatda keng qо‘llanilmoqda. Issiqlik va bug‘ bilan, ya’ni gidrotermik
ishlov berish quyidagi maqsadlar uchun qо‘llaniladi:
mahsulot tarkibidagi uglevod komplekslari parchalanishini oshirish va kraxmal
gidrolizi natijasida nisbatan sodda birikmalar qand va dekstrinlar hosil bо‘lishini
|
| |