|
Ўзг. Вароқ Вароқ ХужжатBog'liq ¡çã. Âàðî Âàðî ÕóææàòЎзг.
Вароқ
Вароқ
Хужжат
Имзо
Сана
Mavzuning amaliy axamiyati.Respublikamiz don mahsulotlari ishlab chiqarish
tarmovi korxonalarida yillik ishlab chiqarish quvvati 3,0 million tonnadan yuqori
bo‘lgan 36 dan ortiq omixta-em zavodlari faoliyat yurgizmoqda. Ular barcha turdagi
hayvonlar, parrandalar va baliqlarni yoshiga mos xolda to‘la ratsionli omixta-em bilan
ta’minlashga qodirdir. Omixta-em zavodlari barcha turdagi iste’molchilarni, ayniqsa
sanoat asosidagi chorvachilik va parrandachilikni sifatli em bilan uzluksiz ta’minlash
uchun respublikamizning barcha regionlariga joylashtirilgan.
Omixta-em ishlab chiqarishda xom ashyo sifatida don va uning chiqindi
mahsulotlari (kepak) asosiy o‘rinni egallaydi.(10)
Binobarin, ularning omixta-em tarkibidagi miqdori keyingi yillarda don taxchilligi
oqibatida ancha kamaydi.
Soya kunjarasi, baliq uni, don va premiks kabi mahsulotlarni keltirish keskin
qisqardi.
Omixta-em tarmoqlarining asosiy ish yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: ishlab
chiqarishni takomillashtirish, ishlab chiqariladigan omixta-emlar assortimentini
kengaytirish va sifatini oshirish hamda oziqaviyligi jihatidan yuqori samarali
mahsulotlar ishlab chiqarishga erishish.(7)
Omixta-em ishlab chiqarish quvvatini oshirish maqsadida respublikamizda yiliga
40 ming tonnaga yaqin mahsulotlar chiqaradigan vitamin-o‘t uni liniyasi barpo etildi.
Vitaminli o‘t unining qishloq xo‘jalik hayvonlari va parrandalari ratsionga kiritilishi
faqatgina emni boyitib qolmasdan balki uning oziqaviylik qiymatini oshiradi, bir
vaqtning o‘zida u mahalliy xom ashyo bo‘lib xizmat qiladi.(10)
Omixta-em ishlab chiqarishda izlanishlarni davom ettirish va qishloq xo‘jaligi
ishlab chiqarishining noan’anaviy resurslari: “Nou Xou” texnologiyasi bo‘yicha olingan
oqsil konsentrati, tut ipak qurti vumbanlari, oziq-ovqat va konserva sanoati chiqindilari
(olma va pomidor turpi, quriq barda) ni jalb etish lozim.Doimo dehqon xo‘jaliklari,
fermer xo‘jaliklari va xususiy korxonalarda qo‘shimcha don sotib olish mexanizmini
takomillashtirish lozim.
|
| |