Международныйнаучныйжурнал
№5 (100), часть2
«Научный импульс»
Декабрь, 2022
1610
ZIG‘IR –(LINUM USITATISSIMUM) O‘SIMLIGINING BOTANIK TASNIFI VA
AGROTEXNOLOGIYASI
Qayumova Pokiza Hasan qizi
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti Jizzax filliali biotexnologiya
yo‘nalishi II-bosqich talabasi.
Xudoynazarov Shohrux Erkin o'g'li
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti Jizzax filliali biotexnologiya
yo‘nalishi II-bosqich talabasi.
Mamatqulova Iroda Ergashevna
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti Jizzax filliali “Biotexnologiya”
kefedrasi katta o‘qituvchisi
Annotatsiya:
Zig‘ir urug‘i o‘rab oluvchi va ich yumshatuvchi dori sifatida qo ‘llaniladi.
Zig‘ir moyi tibbiyotda, oziq-ovqat sanoatida va texnikada qo‘llaniladi. Zig‘ir moyidan
olinadigan linetol preparati (olein, linol, linolen va boshqa yog‘ kislotalarining etil
efirlarining aralashmasi) va uning kompleks preparati - livian ateroskleroz kasalligini
davolash va oldini olishda hamda kuyganni va nur terapiyasi natijasida zararlangan joylarni
davolashda qo ‘llaniladi.
Kalit so‘z :
livian ateroskleroz, linetol preparati, - Linum usitatissmum, Linaceae,
ksiloza, arabinoza
O‘simlikning botanik tasnifi: Uzun tolali zig‘ir Ukraina, Belorus, Rossiyaning Yevropa
qismining Markaziy va g‘arbiy viloyatlarida, sershox zig ‘ir esa janubiy tumanlarda, g‘arbiy
Sibir va Shimoliy Kavkaz hamda O‘rta Osiyoda o‘stiriladi. Zig‘ir - Linum usitatissmum L.
zig‘irdoshlar - Linaceae oilasiga kiradi. Bir yillik o ‘t o ‘simlik. Poyasi tik o‘suvchi, ingichka,
silindrsimon, yuqori qismi shoxlagan. Bargi lansetsimon yoki 100 chiziqsimon, o‘tkir uchli,
tekis qirrali bo‘lib,
poyada ketma-ket, bandsiz o‘rnashgan. Gullar poya va shoxlari uchida
bo‘ladi. Kosacha bargi, toj bargi hamda changchisi (otaligi) beshtadan,
onalik tuguni esa
besh xonali, yuqoriga joylashgan. Tojbargi zangori, tomiri esa changchi ipiga o‘xshab,
binafsha rangga bo ‘yalgan. Mevasi, urug‘i, yumaloq, quruq ko‘sakcha. lyun-avgust
oylarida gullaydi. Ekiladigan zig‘ir bir necha xil bo ‘lib, uzun tolali hamda sershoxlisi alohida
ahamiyatli hisoblanadi.*1+ Uzun tolali zig‘ir asosan tola, sershoxlisi
esa moy olish uchun
ekiladi. Uzun tolali zig‘irning balandligi 60-120 sm bo‘lib, poyasi ko‘p shox chiqarmaydi,
ko‘saklari pishganda ochilmaydi. Sershox zig ‘irning balandligi 30-50 sm bo‘lib ko‘saklari
pishganda ochiladi.
Kimyoviy tarkibi. Zig‘ir urug‘i tarkibida 30-48% quriydigan moy, 5-12% shilliq
moddalar, 18-33%
oqsil moddalar, 12-26% uglevodlar, fermentlar va karotin bo ‘ladi.
o‘simlikning
hamma
organlarida
(ayniqsa,
maysasida)
linamarin
glyukozidi